- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MALAYZIYA TARIXIDA DINIY SINKRETIZM VA MILLIY O’ZIGA XOSLIKNING SHAKLLANISHI
Guzal SHARIPOVA (Muallif)Ushbu maqolada Malayziyada diniy sinkretizmning evolyutsiyasi va uning ibtidoiy kommunal tizimdan postkolonial davrgacha bo ‘Igan tarixiy davomiylik bo'yicha milliy o'ziga xoslikning shakllanishiga ta’siri о ‘rganilgan. TadqiqotKota Tampan, Nya vaSungai Batudan topilgan arxeologik dalillar, jumladan, assimilyatsiya, migratsiya va madaniyatlararo almashinuvning dastlabki mexanizmlarini ко ‘rsatuvchi artefaktlar bilan tasdiqlangan ko‘p madaniyatli muhit dinamikasiga qaratilgan. Bu jarayonlar Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq bilan savdo aloqalari orqali hinduiylik, buddaviylik va islom bilan animistik qarashlarning sintezini osonlashtirdi.
Maqolada milodiy I-V asrlarda qabila jamiyatidan Ganga Negara va Langkasuka kabi dastlabki davlat shakllanishiga o'tish batafsil bayon etilgan, bu yerda urbanizatsiya va ijtimoiy tabaqalanish diniy sinkretizmni rag'batlantirgan. Mustamlakachilikdavrida, XVI-XIXasrlar oralig ’ida, xitoylik, hind va yavalik migrantlarning oqimi bilan etnik xilma-xillik kuchaydi, ammo 1874-yilgi Pangora shartnomasida mustahkamlangan sultonlarning diniy avtonomiyasi tufayli bag ’rikenglik an ’analari saqlanib qoldi. 1957-yildan beri mustaqillikdan keyingi davr konstitutsiyaviy islohotlar, Yangi iqtisodiy siyosat va mo ‘tadil shofiiy mazhabi, dinlararo uyg'unlik va malaylashtirish asosida o'ziga xoslikni mustahkamlagan va ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishga yordam bergan Rukunegara dasturi bilan tavsiflanadi.
Tadqiqotning metodologik asosi tarixiylik, qiyosiy tarixiy va tizimli tahlil, muammo-xronologik usul va fanlararo yondashuv tamoyillariga asoslangan. Bu esa о z navbatida, Majid Z., Higham C., AndayaB. va boshqalar kabi mutaxassislarning asarlarini, shuningdek, arxiv manbalarini integratsiyalashga yordam beradi.
Tadqiqot natijalari mandakatning IK.IM va SYARAK kabi davlat institutlarining rolini, mamlakatning tashqi siyosat strategiyalarini vaASEANdagi ishtirokini ta 'kidlaydi. ZOPFAN konsepsiyasiga va lining ко ‘p madaniyatli birga yashashning barqaror modelini ta’minlashdagi roliga alohida e ’tibor qaratish lozim. Yuqoridagi barcha omillar Malayziyaning hozirgi paytda uyg ‘unlik va tinchlik asosiy maqsadlar bo ‘Igan rivojlangan davlat tizimiga ega mamlakat sifatidagi mavqeiga hissa qo ‘shadi.58-6521623-05-2026
