Maqolalarga qo'yiladigan talablar
“Islom ziyosi” jurnaliga maqolalar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:
Maqola o‘zbek, rus, ingliz tillarida nomi; tadqiqot maqsadi, metodologiyasi va natijalarini o‘z ichiga olgan annotatsiya (250-350 so‘zdan iborat), tayanch iboralar (8-10 ta) va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (kamida 30 ta) berilgan bo‘lishi, asosiy matn hajmi 15 sahifadan kam bo‘lmasligi kerak;
Maqolaning kirish qismida tadqiqot maqsadi va muammosini aniq ifoda qilish lozim. Maqola kirish, uslublar, natija, muhokama, tahlil va xulosadan iborat bo‘lishi kerak.
Maqola nazariy-uslubiy jihatdan puxta, ishonchli manbalar, asosli xulosalar va tavsiyalarga boy, nashr xususiyatidan kelib chiqqan holda ilmiy-tahliliy bo‘lishi lozim;
Maqolalar Word dasturida, “Times New Roman” shriftida, 14 shrift o‘lchamida, 1,5 intervalda, bosma va elektron shakli bilan qabul qilinadi;
Maqolaga muallif ism-sharifi to‘liq lotinchada, ish joyi, manzili, lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni ingliz tilida, muallif e-maili, telefon raqami haqidagi maʼlumotlar ilova qilinishi shart;
Masalan:
Islom Islomovich HAYDAROV
INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY ОF UZBEKISTAN,
UNESCO chair on religious studies and
the comparative study of world religions,
doctor of philosophy PhD, docent
islom_haydarov@iiau.uz
11, A.Кadiri, Tashkent, 100011, Uzbekistan.
Tel: 243-00-00 uy, (90) 430-00-00 mobil. 244-00-56 ish.
Maqolaning ilmiy apparati maqola ichida, iqtibos keltirilgan joyda ARA tizimida quyidagicha berilishi lozim;
Masalan: (Islomov Z., 2019:8) tarzida.
Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (kamida 25 ta mahalliy, kamida 6 ta chet el) original tilida va lotin alifbosida alifbo tartibida quyidagi tarzda berilishi zarur:
- muallif va asar nomi;
- asar chop etilgan shahar va nashriyot;
- nashr etilgan yili.
Masalan:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asqarov A. (2007). O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Universitet.
Rahimjonov D, Muratov D, Obidov R, Alimova M. (2013). Hadisshunoslik: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Toshkent islom universiteti
REFERENCES
Asqarov A. (2007). O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Universitet.
Rahimjonov D, Muratov D, Obidov R, Alimova M. (2013). Hadisshunoslik: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Toshkent islom universiteti.
Maqolani elektron tarzda journals.iiau.uz da ro‘yxatdan o‘tib, The Light of Islam jurnaliga taqdim etiladi.
