- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MUSULMОN DINSHUNОSLIGIDА ISRОILIYОT QISSАLАRINING TАDQIQ ETILISHI
Dilorom MUMINJONOVA (Muallif)Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, maʼrifiy tarixini o‘z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. Dinshunoslik fanining yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr Sharqida ham alohida o‘rganilgan va bu fanning ilk asoschilari aynan Sharq zaminidan yetishib chiqqan. Sharq musulmon jamiyatida, dinlarni qiyosiy o‘rganishdagi omillardan biri, rost va yolg‘on xabar va rivoyatlarni ajratish hisoblangan. Bu borada ikki xil qarash mavjud bo‘lib, birinchi qarashga ko‘ra, islom dinini haq din ekanligini isbotlash bo‘lsa, keyingi qarashga ko‘ra, islom dini,xususan, Qur’on tafsirlari va hadislarga kirib kelgan isroiliyot rivoyatlarini tekshirish, ularning ishonchliligini aniqlash uchun yahudiylik va xristianlik manbalari o‘rganilgan. Shu sabablarga asoslangan holda, musulmonlar tomonidan yozilgan asarlarda isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada Qur’on tafsirlari va hadislarni kengroq sharhlash maqsadida yahudiylik va nasroniylik manbalari asosidagi isroiliyot qissalarining kirib kelish sabablari o‘rganilgan. Isroiliyot qissalarining islom dini manblariga kirib kelishining asosiy sababi, Qur’onda zikr etilgan qissalarni kengroq o‘rganish va tahlil qilish hisoblangan. Sahobalar davrida isroiliyot rivoyatlari, Qur’onda keltirilgan qissalarni kengroq tushunish uchun Madinada istiqomat qiluvchi yahudiy va nasroniylardan yoki islom dinini qabul qilgan, dastlab e’tiqod qilgan dinlarining muqaddas manblaridan xabardor bo‘lgan musulmonlardan so‘rab o‘rganishlik natijasida kirib kelgan. Tobeinlar davriga kelib, ishonchsiz xabarlar va qissalardan foydalanish natijasida, keyinchalik barcha isroiliyot roviylari tomonidan rivoyat qilingan qissalardan foydalanilgan tafsirlar ishonchlilik darajasini yo‘qotgan. Ammo, bunga qaramasdan yahudiylik, xristianlik va islom dinlarning asosi va ildizlari bir bo‘lganligi sababli, ushbu dinlarning muqaddas manbalarini qiyosiy tahlil etishda isroiliyot qissalari muhim hisoblanadi.
Musulmon olimlari tomonidan isroiliyot qissalari uch qisimga ajratilgan:
- Mavquf xabarlar. Ularning sahihligi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) hadislari orqali tasdiq etilgan bo‘lib, bunga misol sifatida Qur’ondagi Muso payg‘ambar bilan solih kishi qissasidagi shaxsning Xizr payg‘ambar ekanligi Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda keltirilgan.
- Sukut qilinadigan xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma'lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va ibrat uchun hikoya qilingan. Lekin ularning sahihligiga iymon keltirilmaydi, yolg‘onga ham chiqarilmaydi.
- Inkor etiladigan xabarlar. Bunday xabarlar islom dini aqidasiga zid kelganligi sababli bunday rivoyatlar tasdiq etilmaydi. Bunga misol sifatida, Iso payg‘ambarning xochga mixlangani haqidagi rivoyat.
Maqolada, shuningdek, Qur’on tafsirlarida keng foydalanilgan, isroiliyot qissalari va ularni rivoyat qilgan roviylar haqida ma’lumot berilgan. Bir necha isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
49-585116-09-2026
