- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
OROLBO‘YI HUDUDI IJTIMOIY-DINIY VA TARIXIY MANZARASI SHAKLLANISH GENEZISI
Aydos YAKUPOV (Muallif)Annotatsiya. XIX asr Orolbo‘yi xalqlari diniy an 'analarini tadqiq qilishda mintaqadagi diniy tnanzara shakllanish bosqichlarini о ‘rganish muhimdir. Bu davrda Orolbo ‘yi xalqlari, xususan, Qoraqalpoqlar, о ‘zining og ‘zaki ijodiyotiga juda boy xalq bo ‘Igan. Xalq ijodi, lining g ‘oyasi, shakllari va janrlari xilma-xil bo ‘lib, asrI ar davomida xalq о ‘zining qayg ‘u-hasratlarini va orzu-armonlarini badiiy shakllarda ifodalagan. Bu ijodning ta sirchanligi xalqning mentaliteti, tafakkuri va turmush tarziga mos ravishda yanada qimmatlidir Aynan badiiy adabiyot orqali xalq о ‘z tarixini, milliy xususiyatlarini va dunyoqarashini yozma adabiyot vositasida tasvirlab bergan. Berdaq kabi buyuk mutafakkirlar bu jarayonni rivojlantirib, xalqning falsafiy qarashlarini, madaniy merosini hamda dunyoqarashini о ‘z asarlarida aks ettirgan.
1970-80-yillarda arxeologik tadqiqotlar Orolbo‘yi va uning atrofidagi yodgorliklarni, jumladan, qadimiy ko'chmanchilarning qabristonlari va diniy marosimlar о‘mi kabi obidalarni aniqladi. Ustyurttagi Duana, Jeti asar va Kardar kabi arxeologik yodgorliklar bu hududlarda yashagan ко ‘chmanchi xalqlarning diniy tushunchalari va dqfn marosimlarini о‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu joylarda topilgan kulol namunalari va keramika buyumlari, xususan, qabrlarning ichidagi olov qoldiqlari, о ‘likni xotirlash marosimlari va suyaklarni yoqish kabi usullarni о ‘rganish orqali о ‘sha davr madaniyati haqida batafsil ma ’lumotlar olish mumkin.60-663262801-04-2026 -
FONOLOGIK O‘ZGARISHLARNING SO‘Z TUZILMASIGA TA’SIRI
Sadiq Hilal Abdul-Razek (Muallif)Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslik tadqiqoti fonetik qonuniyatlar va morfologiya o'rtasidagi chuqur bog 'liqlikka e ’tibor qaratiladi. Chunki so ‘z yasalishini fonetika va uning qoidalaridan ajratib о ‘iganish mumkin emas. Bu bog ‘liqlikning eng yaqqol namunasi Qur ’onning sahih qiroatlaridagi farqlarda ko'zga tashlanadi. Bu morfologik farqlar ikkita asosiy omil bilan bog ‘liq: Fonetika qonunlari, ya ’ni tovush uyg ‘unligini fa ’miniash, talaffuzdagi harakatni qisqartirish va bir so ‘z ichida tovushlarning о ‘xshashligi yokifarqliligidan kelib chiqadigan qiyinchiliklardan qochish; Lahjaviy farqlar. Bu farqlar esa nutq organlarining fizik xususiyatlari, ayrim til hodisalariga sodiqlik (madaniy omillar), va qo ‘shni xalqlarning ta ’siridan kelib chiqadigan geografik omillar kabi fonetik sabablarga borib taqaladi.
Tadqiqot Qur ’on ma nolarini izohlovchi manbalarga asoslangan bo ‘lib. sahih qiroatlardagi farqlar va ularning sabablari tahlil qilingan. Tadqiqotda bu sabablarga zamonaviy fonetika yondashuvi bilan izoh beriladi. Shuningdek, buyruqfe'liningyasalishi. ifta'ala va tafa“ala vaznlaridagi o'zgarishlar, va fonetik ta’sir ostidagi fe’l bablari kabi morfologik masalalar yoritilgan.
Tadqiqotda tavsifly metoddan foydalanilgan — til hodisalari fonetik qonunlar asosida kuzatilib, tadqiq va tahlil qilingan.
Tadqiqot yakunida, so ‘z yasalishi (isteqoqdan tashqari) aslida nutq sohibi ongli ravishda emas, fonetik qonunlarni tabiiy qo ‘llashi natijasidayuzaga keladigan tovush farqlariga asoslangan, degan xulosa ilgari suriladi.37-431362601-04-2026
