- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
“МАЪРИФАТ ВА ДИНИЙ БАҒРИКЕНГЛИК” РЕЗОЛЮЦИЯСИНИНГ МАЗМУН-МОҲИЯТИ ҲАҚИДА
Saidafzal SAIDJALOLOV (Muallif)Мақоланинг мақсади: “Маърифат ва диний бағрикенглик” резолюциясининг мазмуни, моҳияти ва аҳамиятини очиб беришдир. Мақолани ёзишда қиёслаш, анализ, синтез, индукция ва дедукция каби методлардан фойдаланилди. Мақолада бағрикенгликнинг моҳияти, даражалари ва турлари таҳлилий баён қилинган. Жумладан, “Бағрикенглик тамойиллари декларацияси”га асосланган ҳолда бағрикенгликнинг моҳияти изоҳланган. Бағрикенгликнинг уч даражаси, унинг гендер, ирқий, миллий, лисоний, диний, мулкий ва ижтимоий каби турларининг таърифлари келтирилган.
“Маърифат ва диний бағрикенглик” резолюциясининг муқаддимаси, хатбошилари ва барча моддалари моҳияти очиб берилган. Резолюциянинг ҳуқуқий асослари бўлмиш Бирлашган Миллатлар Ташкилоти томонидан бағрикенглик борасида қабул қилинган декларация, резолюция ва ҳисоботлар ҳақида маълумотлар тақдим қилинган. Резолюцияни қабул қилиш ташаббуси айнан Ўзбекистонга тегишли экани изоҳланган. “Маърифат ва диний бағрикенглик” резолюциясининг дунёдаги тинчлик, барқарорлик ва ҳамжиҳатликни таъминлашдаги ўрнини очиб бериш муаллифнинг асосий мақсадидир.
26-343262126-06-2026 -
UNITWIN AKADEMIK DIPLOMATIYA VA MADANIYATLARARO MULOQOT PLATFORMASI SIFATIDA
Nurulloh TURAMBETOV (Muallif)Maqolada UNESCOning UNITWIN va UNESCO kafedralari dasturi zamonaviy globallashuv sharoitida akademik diplomatiya, madaniyatlararo muloqot hamda tinchlikni mustahkamlash vositasi sifatida tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi 1992-yilda UNESCO tomonidan universitetlararo hamkorlik mexanizmi sifatida tashkil etilgan ushbu dastur qanday qilib diniy bag‘rikenglik va tinchlik madaniyatini rivojlantiruvchi “yumshoq kuch” kanaliga aylanganini aniqlashdan iborat.
Maqolada UNESCO hujjatlari, Buxoro deklaratsiyasi hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha UNESCO kafedrasi materiallari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi akademik diplomatiya va dinlararo hamkorlikning amaliy namunasi sifatida ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqot natijalari UNITWIN/UNESCO kafedralari dasturi nafaqat ta’lim va ilmiy faoliyat, balki diplomatik va tinchlikparvarlik vazifalarini ham bajarishini ko‘rsatadi. UNESCO kafedralari dinlararo muloqotni rivojlantirish, global fuqarolikni targ‘ib qilish hamda barqaror xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada universitetlar va xalqaro akademik tarmoqlar zamonaviy dunyoda tinchlikni mustahkamlash hamda madaniyatlararo o‘zaro tushunishni rivojlantirishning muhim subyektlari ekanligi haqida xulosa qilingan.
50-571652124-07-2026 -
XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDAISLOM OMILI VA YAQIN SHARQMINTAQASIDAGI GEOSIYOSIYJARAYONLARNING O‘ZIGA XOSXUSUSIYATLARI
Kamronbek ABDULAZIMOV (Muallif)Bugungi kunga kelib xalqaro munosabatlar tizimida islom omili va uning ta’siri ortib bormoqda. Jahon siyosatida yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, eng ko‘p murojaat etilayotgan mavzulardan biri bu islom omili va xususan Yaqin Sharq mintaqasi hisoblanadi.
Maqola mazmun jihatidan asosan ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismida islom omili ahamiyatining ortishi; e’tiqod qiluvchilarining demografik o‘sishi, musulmon davlatlarining iqtisodiy, ilmiy, siyosiy jihatdan rivojlanayotganligi; bu davlatlarda islomning siyosiylashuvi, so‘nggi yillarda arab davlatlari orasida bo‘lib o‘tayotgan voqealar izohlanadi.
Ikkinchi qismda geosiyosat tushunchasiga ta’rif berish, Yaqin Sharq mintaqasiga kiruvchi davlatlarning turli siyosiy maktablar tomonidan turlicha belgilanishiga urg‘u berilgan bo‘lsa, undan keyin mintaqaning geosiyosiy jihatdan shakllanishida muhim o‘ringa ega bo‘lgan AQSH, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning pozitsiyalarini aniq asoslarga ko‘ra yoritishga harakat qilingan. Yaqin Sharq mintaqasi oxirgi ikki asr davomida turli tashqi kuchlar ta’sir doirasining muhim obyektiga aylandi. Mintaqadagi geosiyosiy vaziyat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tashqi kuchlar mintaqadagi diniy konfessiya va millatlararo ziddiyat, qarama-qarshiliklardan mohirona foydalanganlar.
So‘nggi paytlarda ushbu tashqi kuchlarning o‘z manfaatlari yo‘lida olib borayotgan geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobati mintaqadagi vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keldi. Bularga misol sifatida “Arab bahori”, Suriya va Yamandagi qurolli mojarolar, Isroil va Falastin o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, AQSHning Eronga nisbatan hozirgi munosabatlarini ko‘rsatish mumkin.
23-303192122-06-2026
