- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
FORS TILIDA PREFIKSLI FE’LLARNING MA’NO GURUHLARI VA ULARNING FUNKSIONAL EKVIVALENTLARI برداشتن) [bar-dāštan] fe’li misolida)
Zokir ARIFDJANOV (Muallif)Maqolada tildagi variantlashuv hodisasida muhim o‘rin tutadigan funksional ekvivalentlik munosabatlari haqida so‘z yuritiladi. Mavzu doirasida yetuk tilshunos olimlarning fikrlari keltiriladi, tahlil qilinadi va xulosalar beriladi. Funksional ekvivalentlar tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda asosiy rollardan birini o‘ynashligi haqida ta’kidlanadi va fors tilidagi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan prefiksli fe’llardan biri sifatida برداشتن [bar-dāštan] fe’li tadqiqot obyekti sifatida keng tadqiq qilinadi, uning leksik-semantik variantlari aniqlanadi. Leksik-semantik variantlari klassifikatsiya qilinib, ma’no guruhlariga ajratiladi va har bir ma’no guruhining funksional-ekvivalentlari aniqlanadi. Aniqlangan funksional ekvivalentlar manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida برداشتن [bar-dāštan] prefiksli fe’lining 18ta leksik-semantik variantlari aniqlanib, ularni to‘rt ma’no guruhiga ajratilada va har bir ma’no guruhining funksionalekvivalentlari taqdim etiladi. Keyingi o‘rinda maqola hajmidan kelib chiqgan holda faqatgina uning ma’nolarining birinchi – “olish” ma’no guruhiga tegishli bo‘lgan (joyidan) olmoq, (joyidan ko‘tarib) olmoq, (qo‘liga) olmoq ma’nosidagi funksional ekvivalentlari to‘g‘risida batafsilroq so‘z yuritiladi. Tadqiqot so‘ngida natijalardan kelib chiqqan holda fors tilida sodda va qo‘shma fe’llarga nisbatan soni ancha kam hisoblangan prefiksli fe’llar ham ko‘pma’nolilik hususiyatiga ega ekanligi haqida xulosa qilinadi.
68 - 742622427-06-2026 -
ABDULQOHIR JURJONIY VA MUSTAFA G‘ALAYNIY ASARLARIDA HARFLARNING NAZARIY VA FUNKSIONAL TALQINI: QIYOSIY TAHLIL
Nodir TALIPOV (Muallif)Maqolada arab nahv ilmining muhim kategoriyalaridan biri bo ‘Igan “half’ tushunchasining nazariy asoslari, grammatik funksiyalari hamda metodik talqinlari klassik va zamonaviy ilmiy yondashuvlar doirasida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida Abdulqohir Jurjoniyning “ asari hamda
Mustafa G'alayniyning kit obi tanlanib,
ushbu manbalar arab grammatik tafakkurining turli tarixiy bosqichlarini aks ettiruvchi asosiy ilmiy dalil sifatida o'rganilgan. Jurjoniy asari klassik nahv nazariyasining konseptual poydevorini ifodalasa, G ‘alayniy asari zamonaviy ta'lim ehtiyojlariga moslashtirilgan tizimli grammatik modelni namoyon etadi.
Maqolada harf kategoriyasining “отН" nazariyasidagi о ‘rni alohida tahlil qilinib, uning i ‘rob tizimini shakllantirishdagi boshqaruvchi funksiyasi grammatik misoliar asosida asoslab berilgan. Xususan, ismlarning qaratqich kelishigida, fe’llarning mansub holatda va ismlarning tushum kelishigida kelishini talab qiluvchi haifiar hamda fe'darning majzum shaklda qo ‘llanishini ta 'minlovchi grammatik vositalarning gap tirukturasi shakllanishidagi roli, sintaktik boshqaruv tizimidagi funksional о‘mi va semantik munosabatlarni belgilashdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ко 'rsatadiki, harflar nafaqat yordamchi grammatik birlik sifatida, balki gap ichidagi sh’ukturaviy bog ‘lanishlarni tartibga soluvchi asosiy yordamchi sintaktik boshqaruv vositasi sifatidafaoliyat yuritadi.
Shuningdek, Jurjoniyning nazariy-analitik metodo-logiyasi bilan G ‘alayniyning didaktik va amaliyyo ‘naltirilgan yondashuvi qiyoslanib, iilarning о 'xshash va farqli jihatlari aniqlangan. Ushbu qiyosiy tahlil asosida zamonaviy arab till ta 'limida harf kategoriyasini о 'qitish jarayonini takomillashtirish bo yicha metodik xulosalar ishlab chiqilgan. Natijada maqola arab grammatik merosini zamonaviy lingvodidaktik talablarga mos ravishda integratsiya qilish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan asoslab berilgan.33-403723622-05-2026
