- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
FORS TILIDA PREFIKSLI FE’LLARNING MA’NO GURUHLARI VA ULARNING FUNKSIONAL EKVIVALENTLARI برداشتن) [bar-dāštan] fe’li misolida)
Zokir ARIFDJANOV (Muallif)Maqolada tildagi variantlashuv hodisasida muhim o‘rin tutadigan funksional ekvivalentlik munosabatlari haqida so‘z yuritiladi. Mavzu doirasida yetuk tilshunos olimlarning fikrlari keltiriladi, tahlil qilinadi va xulosalar beriladi. Funksional ekvivalentlar tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda asosiy rollardan birini o‘ynashligi haqida ta’kidlanadi va fors tilidagi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan prefiksli fe’llardan biri sifatida برداشتن [bar-dāštan] fe’li tadqiqot obyekti sifatida keng tadqiq qilinadi, uning leksik-semantik variantlari aniqlanadi. Leksik-semantik variantlari klassifikatsiya qilinib, ma’no guruhlariga ajratiladi va har bir ma’no guruhining funksional-ekvivalentlari aniqlanadi. Aniqlangan funksional ekvivalentlar manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida برداشتن [bar-dāštan] prefiksli fe’lining 18ta leksik-semantik variantlari aniqlanib, ularni to‘rt ma’no guruhiga ajratilada va har bir ma’no guruhining funksionalekvivalentlari taqdim etiladi. Keyingi o‘rinda maqola hajmidan kelib chiqgan holda faqatgina uning ma’nolarining birinchi – “olish” ma’no guruhiga tegishli bo‘lgan (joyidan) olmoq, (joyidan ko‘tarib) olmoq, (qo‘liga) olmoq ma’nosidagi funksional ekvivalentlari to‘g‘risida batafsilroq so‘z yuritiladi. Tadqiqot so‘ngida natijalardan kelib chiqqan holda fors tilida sodda va qo‘shma fe’llarga nisbatan soni ancha kam hisoblangan prefiksli fe’llar ham ko‘pma’nolilik hususiyatiga ega ekanligi haqida xulosa qilinadi.
68 - 742622427-06-2026 -
خواستن [XĀSTAN] FUNKSIONAL EKVIVALENTLARI VA ULARNING FORMAL INVARIANTLARI
Zokir ARIFDJANOV (Muallif)Maqolada xāstan sodda fe’lining leksik-semantik variantlari asosida aniqlangan ma’no guruhlari, ularning funksional ekvivalentlari tadqiq qilinadi. Xāstan sodda fe’lining besh ma’no guruhi taklif qilinadi hamda maqola hajmi cheklanganligidan kelib chiqgan holda faqat uning ikkinchi ma’no guruhiga oid bo‘lgan so‘ramoq, iltimos qilmoq; talab qilmoq ma’nolarida qo‘llaniladigan variantlari haqida so‘z yuritiladi. Funksional ekvivalentlar mo‘tabar manbalar asosida aniqlanadi va turli xil adabiyotlardan keltirilgan misollar orqali tahlilga tortiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra har bir funksional ekvivalentlar ma’nosini o‘zida jamlovchi invariant ma’nolar ya’ni iltimos qilmoq ma’nosining turli ma’no ottenkalarini o‘z ichiga olgan umumiy ma’no hamda so‘ramoq, iltimos qilmoq, talab qilmoq ma’nolarini ifodalashdagi funksional ekvivalentlari tomonidan ifodalanadigan barcha ma’no ottenkalarini o‘z ichiga olgan umumiy, ya’ni invariant ma’nolar aniqlanadi va taklif qilinadi. Invariant ma’no funksional ekvivalentlardan birida mujassam bo‘lishi, ya’ni mazkur fe’llar ushbu ma’no guruhlaridan har birida o‘z invariantiga ega bo‘lishi biroq ushbu fe’llar vositasida ifodalanayotgan ma’no ottenkalariga ko‘ra bo‘lingan ma’no guruhchalarining barchasida ham ma’noni ifodalovchi asosiy so‘z vazifasida kela olmasligi haqida so‘z yuritiladi, xulosalar keltiriladi hamda misollar orqali asoslanadi.
163 - 1703171729-06-2026
