- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
خواستن [XĀSTAN] FUNKSIONAL EKVIVALENTLARI VA ULARNING FORMAL INVARIANTLARI
Zokir ARIFDJANOV (Muallif)Maqolada xāstan sodda fe’lining leksik-semantik variantlari asosida aniqlangan ma’no guruhlari, ularning funksional ekvivalentlari tadqiq qilinadi. Xāstan sodda fe’lining besh ma’no guruhi taklif qilinadi hamda maqola hajmi cheklanganligidan kelib chiqgan holda faqat uning ikkinchi ma’no guruhiga oid bo‘lgan so‘ramoq, iltimos qilmoq; talab qilmoq ma’nolarida qo‘llaniladigan variantlari haqida so‘z yuritiladi. Funksional ekvivalentlar mo‘tabar manbalar asosida aniqlanadi va turli xil adabiyotlardan keltirilgan misollar orqali tahlilga tortiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra har bir funksional ekvivalentlar ma’nosini o‘zida jamlovchi invariant ma’nolar ya’ni iltimos qilmoq ma’nosining turli ma’no ottenkalarini o‘z ichiga olgan umumiy ma’no hamda so‘ramoq, iltimos qilmoq, talab qilmoq ma’nolarini ifodalashdagi funksional ekvivalentlari tomonidan ifodalanadigan barcha ma’no ottenkalarini o‘z ichiga olgan umumiy, ya’ni invariant ma’nolar aniqlanadi va taklif qilinadi. Invariant ma’no funksional ekvivalentlardan birida mujassam bo‘lishi, ya’ni mazkur fe’llar ushbu ma’no guruhlaridan har birida o‘z invariantiga ega bo‘lishi biroq ushbu fe’llar vositasida ifodalanayotgan ma’no ottenkalariga ko‘ra bo‘lingan ma’no guruhchalarining barchasida ham ma’noni ifodalovchi asosiy so‘z vazifasida kela olmasligi haqida so‘z yuritiladi, xulosalar keltiriladi hamda misollar orqali asoslanadi.
163 - 1703171729-06-2026
