- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLARDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI (INDONEZIYA, MALAYZIYA VA TURKIYA MISOLIDA)
Mirodil KHAYDAROV, Jasurbek ABDUKADIROV (Muallif)Bugungi kunda har bir sohani isloh qilish bilan birga, yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqish yangilanayotgan O’zbekiston davlatining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar mamlakat iqtisodiyotini, aholi turmush tarzini, shuningdek, O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’sini oshirishga xizmat qiladi. Ana shunday sohalardan biri turizmning “Ziyorat turizmi” tarmog’idir.
2020 yilda O’zbekistonga 1 mln 504 ming turist tashrif buyurib, ularga 261 mln dollarlik xizmat ko’rsatilishiga erishildi. O’zbekiston dunyoga qadimiy va ekzotik shaharlari bilan ziyorat turizmi infratuzilmasini barpo etish, sayyohlar uchun barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratish, ziyorat turizmi brendini ishlab chiqish bo’yicha yetarli salohiyatga ega mamlakat hisoblanadi.
O’zbekistondagi ko’plab madaniy yodgorliklarning YuNESKO tomonidan butunjahon madaniy meroslari sifatida ro’yxatga olingani e’tirofga loyiqdir.
Bugungi kunda Dunyoning Halol turizm boyicha ixtisoslashgan yetakchi tashkilotlaridan biri Crescent Rating taxminiy ma‘lumotlariga ko‘ra 2026-yilga kelib ziyorat maqsadida sayohat qiluvchilarning soni 230 mln. kishini tashkil etishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu esa kelajakda ziyorat turizmi jahon turizmining yetakchi yo‘nalishlaridan biriga aylanishi hamda ziyorat turizmi tarmog‘i dunyo davlatlari iqtisodining ajralmas bir qismiga aylanib borayotganligini ko‘rsatadi. Jumladan, Islom hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlarda ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘l harakati strategiyasi” nomli qo‘llanmaning nashr qilinganligi ham so‘zimiz isbotidir.
Maqolada Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda xalqaro ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati, xususan, mamlakatlardagi ziyorat turizmi rivoji uchun zarur bo‘lgan tarixiy sharoit, uning bugungi ziyorat turizmi obyekti sifatidagi o‘rni, bu boradagi o‘z yechimini kutayotgan vazifalar va istiqboldagi natijalar asosiy muhomaka mavzusi hisoblanadi. Jumladan, IHT ga a’zo Indoneziya, Malayziya va Turkiya davlatlarida ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlarning bayoni keltirilgan. Shuningdek, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
127 - 1341942106-07-2026
