- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ERON ADABIYOTI MALIKASI
Feruza NIZAMOVA (Muallif)Eronning jahon miqyosida shuhrat qozongan badiiy soʻz ustalari orasida xotin-qiz shoiralar ham kam emas edi. Maqolada ana shu shoiralar osmonining yorqin yulduzlaridan biri Parvin Eʼtisomiyning merosini oʻrganilib, tadqiq qilingan. Parvin Eʼtisomiy 1907-yil 15-martda Tabriz shahrida mashhur adib Yusuf Eʼtisomiy oilasida tugʻildi. Boʻlgʻusi shoiraning otasi oʻqimishli kishi boʻlib, adabiyotga ixlosi baland edi. Maqolaning maqsadi shoira sheʼriyatidagi mafkuraviy va badiiy usulni oʻrganish, mahoratini aniqlash, shuningdek, uning ijodini tahlil qilish orqali eron adabiyoti tarixida uning asarlari oʻrnini aniqlashdan iboratdir. Eron adabiyotshunoslari Rashid Yosimiy, doktor Notil Parviz Xonlariyning aytishlaricha, Parvinning otasi tarjimon va isteʼdodli stilist ham edi. Uning adabiyot sahnasidagi xizmatlaridan biri – “Bahor” jurnalini nashr ettirganligidir. Parvin Yusuf Eʼtisomiyning yagona qizi edi. Yoshlik chogʻida ota-onasi va akasi bilan birga Tehronga koʻchib kelgan Parvin qizlar oʻrta maktabiga kirib oʻqiy boshlaydi. Maktabda Parvin oʻzining favqulodda isteʼdodi, qunti, odobi va kamtarligi bilan ajralib turardi. Maktabni muvaffaqiyat bilan tugatgani tufayli sinfdoshlari orasida yolgʻiz Parvin oʻqituvchilikka tavsiya etiladi. Parvinning dunyoqarashining shakllanishiga, ajoyib talantining gullab-yashnashiga otasi Yusuf Eʼtisomiy katta taʼsir koʻrsatadi. U otasidan fors va arab adabiyoti boʻyicha ham koʻp maʼlumot oldi. Otasi rahbarligida Parvin oʻz xalqi yaratgan boy adabiyot va sanʼatni qunt bilan oʻrgandi. Fransuz, ingliz, turk va arab tillarini yaxshi bilgan Parvin Yevropa va jahon adabiyoti bilan tanishadi. Ana shunday sharoitda ulgʻaygan Parvin yoshligidanoq sheʼr yoza boshlaydi. Eʼtisom-ul-mulkning uyida koʻpgina shoirlar yigʻilishib turardi. Ana shunday yigʻilishlarda qatnashgan Eron shoirlari Malik-ush-shuaro Bahor, Muhammad Qazviniy, Said Nafisiy va boshqalar isteʼdodli shoira Parvinning yangi ijodidan bahramand boʻlardilar. Bu sheʼrlarga ular tomondan berilgan yuksak baho va tahsinlar kamtarin xislatli, uyatchan Parvinni magʻrurlantirmasdan, aksincha isteʼdodli shoirani yanada koʻproq qunt bilan ishlashga undardi. Maqolada Parvin Eʼtisomiyning faoliyati va merosi qator olimlarning tadqiqotlari oʻrganilib, tahlil qilingan.
68-772892006-07-2026
