- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
INSON FAOLIYATIDA AXLOQIY MEZON VA ME’YORNI SHAKLLANTIPISH TAMOYILLARI
Matlyuba KAKHKHAROVA, Bakhtiyor ABSATTOROV (Muallif)Ushbu maqolada bugungi kun kishisidagi odob, xulq-atvor qoidalari asrlar davomida tarkib topib, takomillashib borganligi va uning o‘ziga xos kumulyativ jihatlari asoslangan. Soddaroq qilib aytganda, insonning hatti-harakati, xulq-atvori va yurish-turishi hamda ularni doimo nazorat qila olish darajasi, kishilar o‘rtasidagi muomala madaniyati munosabatlarining asosiy belgilari va harakatlantiruvchi indikatorlari tizimlashtirilgan. Maqolada axloqiy madaniyat va insonning o‘z xatti-harakatlarining me’yorini anglash bosqichiga oid ilmiy xulosa munozaraga tashlangan bo‘lib, inson o‘z xatti-harakatini me’yorlarini tanlash jarayonidagi axloqiy tanlov masalasi muhokama qilingan. Axloqiy tanlov – insonning har qanday faoliyati sohasida muhim bosqich va bir vaqtning o‘zida shaxs uchun jiddiy sinov. Uning mohiyati shundaki, individ ichki ishonchiga ko‘ra, gohida avtomatik tarzda qadriyatlar tizimiga nisbatan g‘oyalar va ularni aniq bir xatti-harakat yoki butun xulqiga qanday tatbiq qilishni o‘zi uchun belgilab olishi bilan izohlanadi.
Maqolada huquqiy va axloqiy mezon va me’yorlarning ob’yektlari bir-biriga juda yaqinligi qiyosiy tahlil qilingan. Huquqiy normalar birinchi navbatda jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni tartibga keltiradi ishlab chiqarishni tashkil etishning yuridik asoslarini, shuningdek, ijtimoiy hayotning barcha jihatlari barqarorligini ta’minlasa, axloqiy mezon va me’yorlarning obyekti ham huquqiy normalarniki bilan bir xil, biroq ularning ta’siri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni manzilli tartibga solishga qaratilganligi bilan asoslanadi. Bu ikki normativ tizimning xususiyatlari bir-birlaridan nafaqat tartibga solish obyektlari, balki uni amalga oshirish usullari bilan ham farq qilishi izohlangan.
Bundan tashrari yangi tipdagi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi jarayonida axloqiy mezon va me’yorlarning roli ortib borishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mualliflar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida ayniqsa, ichki, o‘z-o‘zini boshqarish xatti-harakatlarda axloqiy talablarga asoslanish (tashqi regulyatorlarning, ya’ni, huquqiy, ma’muriy va tashkiliy normativlarning insonlar xatti-xapakatlariga ta’sirining susayishi hisobiga amalga oshmasligi) muhim ahamiyatga ega bo‘lishi tahlili amalga oshirilgan.
27-382802416-07-2026
