- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
АХЛОҚИЙ ВОРИСЛИК – ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ, ТАРИХИЙ ҲОДИСА СИФАТИДА
Matlyuba QAHHOROVA, Mavluda RAXIMSHIKOVA (Muallif)Мазкур мақолада фалсафий қонуниятлардан бири ворисликнинг ўзига хос жиҳатлари, унинг хулқ-одоб қадриятларини шакллантиришдаги ўрни ва роли тадқиқ этилган. Ижтимоий тараққиёт ва ворислик қонунияти, ворисликка қонуниятига кўра диалектик ҳамда синергетик ривожланиш масалалари ёритилган. Ворисликнинг асосий турларидан бири ахлоқий қадриятлар ворислиги, унинг мазмун-моҳияти, ривожланиш қонуниниятлари ҳамда замонавий жамият ҳаётидаги аҳамияти маънавий-ахлоқий мерос асосида таҳлил қилинган. Мақолада диалектик, синергетик, тарихий-маданий таҳлил, ворисийлик, фанлараро ёндашув, анализ, синтез ҳамда этнопедагогик усуллардан фойдаланилган. Шунингдек, ахлоқшунослик (этика) категориялари, унинг мезоний тушунчалари, ахлоқий принциплар, ахлоқий норма ва меъёрлар, хулқ, одоб, ахлоқ тушунчаларининг нисбати, уларнинг мазмун моҳияти ва ахлоқий қадриятларнинг жамият ҳаётидаги аҳамияти ворислик қонунияти асосида очиб берилган. Ворисликнинг позитив ва негатив жиҳатлари, уларнинг авлоддан-авлодга ўтиб бориши натижасида жамият муҳитининг шаклланиши ва унинг маънавий қиёфасининг намоён бўлиш тенденциялари таҳлил этилиб қиёсий таҳлил этилган. Мақолада келтирилган натижалар асосида ворислик категориясининг тарихий жиҳатдан объектив, реал идрок этиш, унга назарий ва амалий жиҳатдан тўғри ёндошиш, жамиятда рўй бераётган воқеликни оқилона англашга имкон яратиши асосланган. Муаллиф ахлоқий тараққиётининг негизида ҳам ворислик қонунияти ётиши амалий мисоллар билан изоҳлаб берган. Шу билан бирга унда хулқ-одоб қадриятлари борасидаги ворислик (инсон ахлоқий камолоти) аждодлар яратган маданиятни, маънавиятни ўрганиш, инновацияларни ривожлантириш, ҳаётга татбиқ этишдаги узвийликни ташкил этиши, авлодлар ўтмиш меросини маълум қонуниятлар асосида қабул қилиши ва ўзидан кейинги авлодларга узатиши жараёнлари таҳлил қилинган.
102-1122892102-07-2026 -
XIX АСР ИККИНЧИ ЯРМИ – ХХ АСР БОШЛАРИ БУХОРО АМИРЛИГИДА ВАҚФ МУЛКЛАРИ
Nargiza ISMATOVA (Muallif)Мақола XIX аср иккинчи ярми – XX аср бошларида Бухоро амирлигидаги вақф мулклари тарихига бағишланган. Тадқиқотда бирламчи манбалардан саналган тарихий ҳужжатларга таянган ҳолда вақф қилинган мулклар, функционал хусусиятига кўра уларнинг турлари, ҳолати хусусида сўз юритилади.
Мавжуд маълумотлар асосида вақфга бериладиган ер мулклари ҳажмининг қисқариб бориши, бунга сабабчи бўлган омиллар очиб берилади. Тадқиқ этилаётган даврда шаҳарларда ер мулки билан бир қаторда савдо муассасаларини, дўконларни ҳам вақф қилиш ниҳоятда оммалашиб борганлиги, бунинг ижтимоий-иқтисодий сабаблари ёритилади.
Кўчар хусусиятига эга бўлган китоб, пул маблағлари вақфи хусусида ҳам маълумотлар берилади. Хусусан, пул маблағининг Бухорода вақф объекти сифатида таъсис этилишининг ўзига хос хусусиятлари таҳлилга тортилади.
Тадқиқ этилган архив ҳужжатларига кўра, Бухоро амирлигида ўрганилаётган даврда ер асосий вақф мулкларидан бири сифатида таъсис этилган. Бироқ қатор ички ҳамда ташқи омиллар сабабли унинг ҳажмида сезиларли қисқаришлар бўла бошлади. Шунингдек, вақфга берилган мулклар қаторида ҳунармандчилик ускуналари, дўконлар ҳамда савдо расталари сингари кўчмас мулклар ҳам кўп учраган.
Китобларни вақф cифатида таъсис этиш аввалдан давом этаётган анъана саналган. Уларни вақф этишдан асосий мақсад китобларни асраб˗авайлаган ҳолда келажак авлодларга тўла етказиш ва бу орқали илм узлуксизлигини таъминлаш бўлган.
Таъкидлаш жоизки, пул маблағини вақф қилиш шариатга кўра ихтилофли масалалардан бўлган. Дастлаб бу ҳолат аксарият уламолар томонидан маъқулланмаган бўлса-да, бироқ кейинчалик бунга ижозат берувчи махсус фатволар қабул қилинган. XIX аср иккинчи ярмидан бошлаб минтақада пулни вақф қилиш жараёни ортиб борди. Амирликда таъсис этилган пулдан фойдаланиш асоси мазкур маблағга ер, дўкон каби кўчмас мулк турларини сотиб олиш тарзида намоён бўлган.
37-432662118-07-2026 -
MALIKUSHSHUARO BAHORNING HAYOTI VA IJODI
Feruza NIZAMOVA (Muallif)Ushbu maqolada XIX asr adabiyoti taniqli namoyandasi, shoira Malikushshuaro Bahorning ijodini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – XIX asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa biroz e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham mavjud. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir. XIX asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.XIX asrda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.
49-572721818-09-2026 -
IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL” ASARIDA XRISTIANLIK OQIMLARI TARIXI
Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)Musulmon sharqida dinlarni o‘rganish an’analari boy tajribaga va o‘ziga xos uslubiyat hamda tamoyillariga ega bo‘lib, bu sohaning keyingi rivojiga, uning ko‘p tarmoqli yaxlit fanga aylanishiga mustahkam asos sifatida xizmat qilgan. XIX asr o‘rtalarida G‘arb dinshunosligi vujudga keldi va mustaqil fan sohasi sifatida e’tirof etildi. Natijada, ko‘pgina manba va adabiyotlarda dinshunoslik fani Yevropa mamlakatlarida paydo bo‘lgan, degan fikr ommalashib ketgan. Yevropada dinshunoslik XIX asrga kelibgina shakllana boshlagan bir paytda musulmon sharqi bu borada anchagina taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, boy tajribaga ega edi.
Ushbu maqolada musulmon olimlarining Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabati, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarida xristianlikdagi firqalar tarixi va ta’limotlari yoritilgan. Shuningdek, xristianlik haqida ma’lumot beruvchi asarlar orasida bu asarning tutgan oʻrni tadqiq qilingan. Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fi-l-milal va-l-ahva va-n-nihal” sari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va obyektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar tahlil etilgan. Ibn Hazm Andalusiy xristianlik firqalarini funksional uzluksizligiga qarab tasniflaganligi, Xristianlik bilan o‘zaro munosabatda shakllangan firqalar haqidagi qarashlari, Ibn Hazm xristianlik firqalarining asoschilari, ularning tarixiy taraqqiyoti va qaysi hududlarda ta’sir ko‘rsatganligi haqida ma’lumot berish bilan birga, manbalarda uchramaydigan ba’zi firqalarning qarashlarini ham tushuntirgan.
Shuningdek, Ibn Hazm ushbu asarida Xristianlik Oriyoniylik(Arianizm), Bulyoniyya(Paulizm), Makedoniylik(Makedonius), Barbariylik(Barabarizm), Nasturiylik (Nestorianizm), Ya’qubiylik(Yakobizm), Marqyuniylik(Markanizm), Maruniylik(Maronizm) firqalari tarixi va eʼtiqodlari haqida qimmatli maʼlumotlar bergan.
40-482642316-09-2026 -
PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISHDA PSIXOLOG KASBIY-ETIKAVIY TAMOYILLARGA AMAL QILISHINING AHAMIYATI
Nilufar RASULOVA, Dildorakhon ULMASOVA (Muallif)Bugungi kunda insonlarning psixolog hamdapsixoterapevtgamurojaatiyanahamommalashmoqda. Odamlar har kuni stressga tushiradigan, o’zi hal qilishi qiyin bo’lgan turli muammolar bilan to’qnash kelmoqdalar. Inson har doim ham o’zini qiynayotgan muammolarni yaqin insonlariga ayta olmagani bois psixologik xizmatga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham bugun yurtimizda ham psixologik xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirishha alohida e’tibor qaratilmoqda. xususan, Yoshlar ittifoqi muassisligda ham psixologik xizmat ko’rsatish markazlari tashkil etildi. vaziralar Mahkamasining 472-son 07.06.2019-yildagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra Respublikada bosqichma-bosqich reja asosida aholiga psixologik xizmat ko’rsatish sifatini oshirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilishi belgilab qo’yildi. Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatlarning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash uchun “Psixologik xizmat” konsepsiyasini yaratish, bolalar, kattalar ruhiyatidagi o‘zgarishlarni tezda aniqlash, bunga olib kelgan sabablarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida psixolog mutaxassislarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari huzurida “Psixologik xizmat ko‘rsatish labaratoriyalari”ni tashkil etish hamda ular uchun o‘quv va metodik adabiyotlar yaratilishini tashkil etish kabi chora tadbirlari ishlab chiqildi. Maqolada psixologik xizmat ko’rsatishning sifatli hamda samarali bo’lishi bevosita psixolog faoliyatiga bog’liqligi tadqiq etilgan. Psixolog faoliyatining samaradorligi uning shaxsiy sifalari, kasbiy malakasi hamda etikaviy tamoyillarga qanchalik amal qilgani bilan o’lchanadi. Etika masalasi psixologiyaning terapiya va tadqiqotlar bilan bog’liq bo’lgan sohasida muhimdir. Patsientlar bilan ishlash va psixologik tadqiqotlar o’tkazish turli xil axloqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Amerika psixologlar assotsiatsiyasining etikaviy kodeksi psixologiya sohasida ishlaydigan mutaxassislar ish jarayonida axloqiy dilemmalarga duch kelganda nima qilish kerakligi haqida yaxshiroq ma’lumotga ega bo’lishlari uchun ko’rsatmalar beradi. Etikaviy tamoyillar psixologlar duch keladigan ko’pgina holatlar va umumiy qoidalarni qamrab olish orqali ularni turli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishini ta’minlashga mo’ljallangan. Eng yuqori xulq-atvor standartlariga intilish har bir psixologning shaxsiy burchidir. Shuning uchun ham ushbu maqolada Amerika psixologlar assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 5 asosiy punktdan iborat psixologning etikaviy tamoyillari tizimli tahlil etiladi. Bundan tashqari turli olimlar ilmiy izlanishlari asosida psixologik maslahat jarayonida psixolog ega bo’lishi lozim bo’lgan shaxsiy sifatlar hamda kasbiy malakalar bayon etiladi.
192-2001932303-07-2026
