- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
BURHONUDDIN MARG‘INOYNING “HIDOYA” ASARINING MUSULMON FIQHINING RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
Mavlidin GADJIYEV (Muallif)Annotatsiya. Ushbu maqola XII asrda yozilgan Burhoniddin al-Marginoniy tomonidan “Hidoya ” asariga bag'ishlangan bo‘lib, hanafiy mazhabi rivoji va islom huquqshunosligida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fundamental asar huquqiy me'yorlarni tizimlashtirib, tartibga solib, taxminan 4800 huquqiy masalani qamrab olgan. “Hidoya" 4 jilddan iborat bo'lib, har biri huquqiy tadqiqotlarning turli jihatlariga bag'ishlangan: ibodat masalalari, ijtimoiy va tijorat munosabatlari, jinoiy huquq va adolat, shuningdek, qasamlar, urush va tinchlik, vasiyat va meros. Asar sodda va tushunarli tilda bo ‘lib, и nqfaqat huquqshunoslar, balki talabalar uchun ham tushunarli holda yo ‘zilgan. “Hidoya ” musulmon huquqshunoslari va talabalar uchun muhim bilim manbai bo ‘lib qolmoqda va huquqiy bilimlarni yangi muammolarga moslashtirishga yordam beradi. Ushbu asar chuqur tahlil vafanlararo yondashuvning namunasidir, musulmon olimlari va huquqshunoslari о ‘rtasida muloqot va о ‘zaro anglashuvni rivojlantirishga hissa qo ‘shadi.
Maqolada mazkur asarning afzalliklari vafarqlari tahlil qilingan, uning zamonaviy dunyodagi roli ochib berilgan. Maqolada "Hidoya"ning o'zgaruvchan dunyoda islom huquqini rivojlantirish va moslashtirishga ко ‘maklashuvchi davomiy huquqiy bilim manbai sifatida ahamiyati ta 'kidlangan. Shunday qilib, Burhoniddin al-Marginoniy “Hidoya ” asari islom huquqshunosligida muhim asar ho ‘lib qolmoqda, huquqshunoslik an 'analarining davom etishiga ко ‘maklashadi va zamonaviy huquqiy masalalarni hal qilish uchun zarur bilimlar bilan huquqshunoslar va talabalar uchun manba sahaladi. Ushbu asar ilmiy ishlarning huquqiy madaniyat va zamonaviy jamiyatdagi qaror qabul qilish jarayonidagi ahamiyatini ко ‘rsatadi. Maqola “Hidoya "ning zamonaviy huquqni qo ‘Hash va huquqiy nazariyaga ta sirini, global kontekstda uning ahamiyati va tez о ‘zgarish sharoitida yuzaga keladigan muammolarni hal qilishga yordam berishini e ’tiborga oladi.44-512683701-04-2026 -
ISLOMDA GAROV MASALALARINING KLASSIK VA ZAMONAVIY TALQINI: «MAJALLA AL-AHKAM AL-ADLIYA» VA AAOIFI SHARIAT STANDARTLARI MISOLIDA
Ilhomjon BEKMIRZAYEV, Iroda NOROVA (Muallif)Mazkur maqolada islom huquqidagi garov (rahn) institutining klassik va zamonaviy talqinlari о ‘rtasida huquqiy-qiyosiy omillar tahlil qilingan. Tadqiqot obyekd sifatida XIX asrda Usmoniylar davlati tomonidan qabul qilingan ilk kodifikatsion hujjat - «Majalla al-ahkom al-adliya» kodeksidagi garovga old qoidalar hamda AA OIFI tomonidan ishlab chiqilgan 39-sonli «Garov (rahn) va uning zamonaviy amaliyotda qo 'llanilishi» nomli shariat standard tanlab olingan. Tadqiqot mazmunan ushbu hujjatlarning matnlariga tayanilgan holda, garov obyektining tabiati, egalik shakllari, tomonlar huquq va majburiyatlari, shartnomaning ijro etilishi kabi mezonlar asosida farqlarni aniqlashga qaratilgan. Tahlil natijalariga ко ‘ra, har ikki manba garov (rahn)ni ishonch asosidagi, shariatga muvofiq ta 'minot vositasi sifatida tan olgan bo ‘lsa-da, ularning yondashuvlarida zamon, huquqiy muhit va amaliy ehtiyojlar bilan bog ‘liq muhim tafovutlar mavjud.
Mazkur maqolada klassik fiqhiy merosning zamonaviy moliyaviy standartlar rivojiga asos bo ‘Igani yoritilib, Garov (rahn) institutining hozirgi islom moliyaviy amaliyotdagi ahamiyad ochib berilgan.4-94702517-05-2026
