- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MILLIY IQTISODIYOTDA KICHIK BIZNESNING ROLI
Zokir SODIKOV (Muallif)Bu maqolada kichik biznesning milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga, ishlab chiqarishning kengayishiga, tovar va xizmatlar sifati yaxshilanishiga, bandlik darajasining oshishiga, eksport salohiyatini kuchaytirishga, importni samarali tashkil etishga ta’sirlari ko’rsatib berilgan. Shuningdek, bu borada mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar va erishilayotgan natijalarning asoslari tahlil qilingan. Bundan tashqari, kelajakda qilinishi talab etiladigan vazifalar va takomillashtirish yo’nalishlari tavsiya berilgan. Mamlakatimizda zamonaviy ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor jihatlaridan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kuchaytirishdan iborat. Iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda va kichik biznesning rolini oshirish maqsadida tizim barpo qilindi. Tadbirkorlik faoliyatini kafolatlovchi huquqiy-meʼyoriy asoslar va tadbirkorlarga koʼmaklashuvchi tuzilmalar shakllantirildi. Kichik biznes subyektlari yirik kapitalsiz yangi ish joylarini tashkil etish va ayrim tovarlar taqchilligini kamaytirish, hatto, ularni toʼliq taʼminlash imkoniyatiga ega.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlashda va aholi farovonligini oshirishda ustuvor ahamiyat kasb etayotgan kichik biznesning rolini mamlakatimiz shart-sharoitlaridan va imkoniyatlaridan kelib chiqib muntazam ravishda tahlil qilib, ular borasida istiqbolli xulosalarni o’rtaga tashlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ayni paytda jadal amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning jamiyatdagi natijasini asoslash va yanada takomillashtirish uchun milliy iqtisodiyotning barcha bo’g’inlari qatori kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish jarayonini muntazam o’rganish talab etiladi. Aynan mazkur maqola ana shu maqsadlarga qaratilgan vazifalarning bajarilishi hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotda kichik va o’rta biznesni rivojlanishi, xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ishlab chiqarishni jadallashtiradi hamda iste’mol bozori tovarlar bilan barqaror ta’minlanadi. Natijada mamlakatda aholining bandlik darajasi ortadi va mavjud ishchi kuchining qiymay yaratish imkoniyati vujudga keladi. Mazkur jarayon milliy daromadni ko’paytiradi va aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadning o’sishiga olib keladi. Ushbu tendensiya ta’sirida milliy iqtisodiyot rivojlanadi, aholining turmush farovonligi yaxshilanadi va xalqaro miqyosda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy qudrati hamda siyosiy mavqeyi mustahkamlanadi. Shu bois bugungi kunda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni muttasil rivojlantirish, sohada faoliyat olib borayotganlarni muntazam ravishda moliyaviy rag’batlantirish va tashkiliy-huquqiy jihatdan imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida soha bilan bog’liq jarayonlarni izchil tadqiq qilish va uni yanada rivojlantirish borasida ilmiy takliflar berish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
157 - 1662502404-07-2026
