- الرئيسية
- إبحث
إبحث
إبحث ضمن النتائج
-
FIQHIY MAZHABLARDA OHOD XABARNING HUJJAT SIFATIDAGI O‘RNI
Nigora Alisherovna KHAKIMOVA، Soliha Obidjon qizi YODGOROVA (Muallif)Mazkur maqolada ohod xabar tushunchasi va uning fiqhiy mazhablarda hujjat sifatidagi o‘rni va uni qabul qilishdagi metodologik mezonlar ilmiy-nazariy jihatdan keng qamrovli tahlil qilingan. Ohod xabar (xabar al-vohid) islom huquqi manbalari tizimida zonniy (ehtimoliy) dalil sifatida baholanishiga qaramay, amaliy-shar’iy hukmlarni chiqarishda muhim o‘rin egallashi ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqotda hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhablarining ohod xabarni qabul qilish mezonlari va metodologik yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Ohod xabarni qabul qilishning beshta ittifoq qilingan sharti (roviyning musulmon, oqil, adolatli, rostgo‘y va zabt sohibi bo‘lishi) hamda hanafiy va molikiylarning qo‘shimcha talablari batafsil yoritilgan. Molikiylar Madina ahli amaliyotiga (amal ahli Madina) zid bo‘lgan xabarlarni rad etgan bo‘lsalar, hanafiylar xabarning umum al-balvo (har bir musulmonga tegishli masala bo‘lib uning hukmini bilishga butun jamiyat muhtoj bo‘lishi) doirasida bo‘lmasligi, roviyning faqih bo‘lishi, rivoyatning qat’iy sobit bo‘lgan shar’iy asoslarga zid bo‘lmasligi kabi qo‘shimcha shartlarni ilgari surganlar. Shofeiy va hanbaliy mazhablari esa sahih isnodni asosiy shart deb bilgan holda, ohod xabarni nisbatan kengroq doirada qabul qilganlar.
Shuningdek, maqolada ahli ra’y va ahli hadis maktablari o‘rtasidagi metodologik farqlar atroflicha yoritilgan. Ohod xabarning qiyos bilan o‘zaro munosabati, xususan, hanafiy mazhabida Karxiy va Dabusiy o‘rtasidagi roviy faqihligi haqidagi nazariy ixtiloflar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida, mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflarning hadisni inkor etishdan emas, balki uni talqin qilish va huquqiy dalil sifatida qo‘llashdagi yondashuvlardan kelib chiqqani asoslab berilgan.
Natijada, ohod xabar islom huquqi manbalari tizimida muhim dalil sifatida o‘z o‘rniga ega ekani va mazhabdagi tafovutlar fiqhiy qarashlarning boyligini namoyon etishi xulosa qilingan.
17-222642324-07-2026 -
MUSULMON OLIMLARINING DINLARNI TADQIQ ETISHDAGI USLUBLARI
Muborakxon IBROHIMOVA (Muallif)Ushbu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari tarixiy, nazariy va metodologik jihatdan keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan dinshunoslik yondashuvlarining manbalari, rivojlanish bosqichlari hamda ularning zamonaviy dinshunoslikfanidagi о ‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Xususan, Qur’on va hadisda boshqa dinlarga munosabat masalasi, ilk musulmon olimlarining ilmiy xolislik va bag ‘rikenglik tamoyillariga asoslangan qarashlari tadqiq etilgan.
Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy, Shahristoniy, Ibn Hazm, Farobiy, Ibn Sino kabi buyuk musulmon mutafakkirlarining asarlari asosida tarixiy-taqqoshlash, manbashunoslik, filologik-tahliliy, ratsional-falsafiy, empirik va fenomenologik uslublarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida qo ‘llangan empirik va qiyosiy metodlar, Shahristoniyning «Al-Milal va-n-nihal» asaridagi tizimli tasniflash uslubi, Ibn Hazmning matnshunoslikka asoslangan tanqidiyyondashuvi alohida ilmiy tahlil qilingan. Musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari G'arb dinshunosligi metodlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, ularning zamonaviy diniy tadqiqotlar, konfessiyalararo muloqot va diniy bag ‘rikenglikni ta ’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bugungi globallashuv sharoitida diniy ekstremizm va mutaassiblikka qarshi ilmiy yondashuvlarni rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kash etadi.
Mazkiir maqola dinshunoslik, islomshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda mutaxassislar uchun ilmiy-uslubiy manba ho ‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ushhu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari keng qamrovli va ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan metodologik yondashuvlar, xususan, isnod va rivoyat tanqidi, usul al-fiqhga tayangan matn tahlili, maqosid ash-shari'a konsepsiyasi, bahs va munozara madaniyati hamda polemik adabiyot an ’analari batafsil yoritilgan. О ‘z navbatida, dinlarni tarixiy, ijtimoiy, huquqiy va siyosiy kontekstda о ‘rganishga asoslangan yondashuvlar ham tahlil qilingan. Maqolada musulmon olimlarining boshqa dinlarga oid ma ’lumotlami asl manbalar orqali о ‘rganishga intilgani, ilmiy xolislik, mantiqiy dalillash va metodologik aniqlik tamoyillariga amal qilgani asoslab berilgan. Tadqiqotjar ayonida dinlarningjamiyat hayotidagi о ‘rni, diniy ta 'limotlarning ijtimoiy va axloqiy funksiyalari ham e’tiborga olingan. Maqola musulmon dinshunoslik merosining zamonaviy qiyosiy dinlar tadqiqoti va umumiy dinshunoslikfanini rivojlantirishdagi nazariy va metodologik ahamiyatini ochib berilgan.66-763903023-05-2026
