- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ABU ALI IBN SINONING TABIIY-ILMIY VA FALSAFIY QARASHLARI
Gularam MASHARIPOVA (Muallif)Maqolada Abu Ali ibn Sino tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari har tomonlama tahlil qilindi va ilmiy merosidagi o‘sha davr ijtimoiy munosabatlari o‘rganildi. Ibn Sinoning boy falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida («Kitob ash-shifo», «Kitob an-najot», «Donishnoma») mantiq, fizika, matematika, metafizik falsafiy bilimlar nuqtai nazaridan ilmiy jihatdan o‘rganildi. Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish orqali olimning qarashlari yoritildi. Olimning qiziqish va e’tibori ko‘proq falsafa va tibbiyotga qaratilganiga e’tibor berilib, «Avitsenna» sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, «Tib qonunlari» bo‘lsada, «Shayxur-rais» nomi, eng avvalo, uning buyuk faylasufligiga ishora qiladi.
Abu Ali ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari bilan bir qatorda diniy qarashlari ham o‘rganildi. Ibn Sino qarashlariga asosan Xudo abadiy, uning oqibati bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning o‘zi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yo‘qolmaydi. Materiyaning eng sodda bo‘linmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan o‘zgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan 4 unsur yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi.
Shuningdek, Abu Ali ibn Sinoning geologiya, mineralogiya, kimyo fanlariga oid qarashlari va bugungi kundagi ilmiy ahamiyati qiyosiy tahlil qilindi.
58-652721423-06-2026
