- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
OLIY O’QUV MUASSASALARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TO’G’RISIDA
Хikmatilla NIGMATOV, Alisher MUHAMMADIYEV (Muallif)Ushbu maqola bugungi kunda eng dolzarb, ahamiyatli va zarur hisoblangan mavzulardan hisoblangan axborotlar havfsizligini ta’minlashga bag’shlangan. Bunga sabablardan biri pandemiya sababli butun dunyo aholisi kompyuter tarmoqlari orqali raqamli boshqaruv tizimiga o’tkanligi hisoblanadi. Jumladan, Oliy o’quv uyrtlarimiz, xalq ta’lim muassasalari ham masofaviy tizimida videodarslar olib bormoqdalar.
Shuning uchun ushbu maqolada oliy o’quv muassasalarining kompyuter tizim va tarmoqlarida ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlash uchun qanday himoyalash me’zonidan va vositalaridan foydalanish kerak degan savollarga bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar asosida javob berishga рarakat qilingan.
Hozirgi kunda barcha o’quv uyrtlari o’zining kompyuter tizimi va tarmoqlariga ega bo’lib, barcha qag’ozli, xisobkitob va tashkiliy ishlarini, hamda dars berish jarayonini kompyuterlarda bajarmoqdalar. Ana shu kompyuterlarda saqlanayotgan, ma’lumotlarni kommutatsion tarmoqlari orqali uzatish yoki qabul qilish jarayonlarida ularning havfsizligini ta’minlash masalalariga qaratilgan. Maqolada axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni turkumlanishi, axborotni himoyalash tizimimi va ma’lumotlarni optimal boshqarishga suyanib, axborot tizimlarining lokal tarmoqlarida axborot himoyasining masalalari tahlil qilingan.
Kompyuter tarmoqlarining aloqa kanallari orqali uzatilayotgan ma’lumotlar xato bo’lib va kechikib borishligi tahlil qilinib asosiy me’zon (kriteriya) sifatida qanday parameter va xarakteristikalardan foydalanish kerakligi yoritilib berilgan. Har bir o’quv muassasasining axborat almashinish strukturasiga nimalar kirishligi ham belgilab berilgan. Oliy o’quv yurtlarida va ilmiy tadqiqot institutlarida ishlatilayotgan kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotlarni himoyalashga katta e’tibor berish kerakligi, havfxatarlarni va xujumlarni bartaraf etish uchun tashkiliy texnikaviy, tashkiliy huquqiy, kriptografik vositalardan keng foydalanish lozim ekanligi isbotlab berilgan. Axborotlarni himoyalashda texnik va iqtisodiy parametrlarini hisobga oladigan asosiy me’zon sifatida har bir axborotning maxfiyligi, zarurligi, uning qiymati hisobga olish kerakligi taklif etilgan.
Ushbu maqola kompyuter tizimi va tarmoqlarida axborotlarni havfsizligini boshqarish yonalishi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotganlar uchun mo’ljallangan.
167 - 1742722104-07-2026 -
TOSHKENT VILOYATI SANOATINI RIVOJLANISHINING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI
Nilufar Sherkulovna BATIROVA (Muallif)Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida viloyat sanoat korxonalarining samarali faoliyat yuritishi davlat boshqaruvining barcha tuzilmalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etdi. Har bir sanoat korxonasi uchun qulay innovatsion sarmoyaviy muhitni ta’minlash, samarali mexanizm yaratish orqaligina viloyat yangilanish va taraqqiyot yo‘liga kirishi mumkin edi. Maqolada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida mintaqa sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish yo‘nalishlari bayon etilgan. Bir qator mexanizmlar va ularning o‘lchovlari berilgan. Innovasion faoliyatni hududiy boshqaruv organlari tomonidan qo‘llab quvvatlash imkoniyatlari keng yoritilgan. Xususan, moliyaviy xavfsizlik va soliq imtiyozlari masalasiga alohida to‘xtalgan. Shuningdek, innovasion markazlarning ahamiyati, texnologik transfer markazlarni ochish zaruriyati batafsil yoritilgan. Texnologik transfer markazlarining vazifalari va ushbu yo‘nalishda qilinadigan ishlar ketma ketligiga ham to‘xtab o‘tilgan. Shuningdek, rivojlantirish fondini tashkil etish, fondning maqsad va vazifalari, faoliyat doirasi hamda bu sohadagi bir qator dasturlar taklif etilgan. Maqolada hudud sanoati majmuasining innovasion tuzilmasi tahlil qilingan bo‘lib, uning bozor, resurs, moliyaviy, innovasion hamda motivasion bloklarning tarkibiy qismlari yoritilgan. Hudud sanoatining rivojlanishi uch bosqichda (boshlang‘ich, o‘rta va yakuniy) batafsil tushuntirilgan. Mintaqa sanoatini rivojlantirish modelini ishlab chiqish zaruriyati va muammolarni qo‘yilish darajasi asoslangan. Hududiy sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Asosiy prinsiplari, mexanizm va vositalari ishlab chiqilgan. Hududiy sanoat klasterlarining faoliyariga sifat va miqdor jihatdan baho berilgan. Shuningdek, hududiy sanoatni rivojlantirish modelining tizimli tahlili amalga oshirilgan. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Xulosa o‘rnida sanoatni rivojlantirish bo‘yiha qo‘yilgan vazifalar hamda ularni amalga oshirish yo‘nalishlari doirasida takliflar berilgan. Shuningdek, viloyatda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini o‘z ichiga olgan. Chora-tadbirlar hudud tarkibiga kiruvchi tuman va shaharlar o‘rtsidagi tavofutni qisqartirishga qaratilgan.
68-762032223-07-2026
