- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MUSO VA SOLIH BANDA QISSASINING TA'LIM JARAYONIDAGI O‘RNI VA ROLI
SHEHATA ABDELRAZEK ABOOSHOSHA (Muallif)Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘qitiladigan Muso paygambar va solih banda faoliyatiga oid qissa tadqiq qilingan. Qur’on qissalari janri keng tarqalgan mavzulardan biridir. Qur'on qissalari bo'yicha ko'plab tadqiqotlar o'tkazildi, chunki ularning filologik jihatdan ojiz qoldiruvchi bayonida, ko'zni qamashtiruvchi didida har qanday jiddiy tadqiqot uchun ma'rifiy boyitish va ma’lumotlar mavjud.
Qur'onning ulug'vor bayonidagi hikoyaviy mahorat ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ko'plab tadqiotlar olib borilgan.
Bu turdagi tadqiqotlar yangi ufqlarni ochadi, ta'limga oid fanlarini boyitadi va ularning usullarini yangilaydi, ularning rolini yanada yuksaltiradi.
Ta'lim va uning institutlari va jamiyat o'rtasidagi uyg'unlik munosabatlari ta'lim muassasalariga yordam beradi va bu munosabatlar o'qituvchilarning ishidan qoniqish orqali erishiladi, bu ularning ma'naviyatini oshiradi va o'z faoliyatini yaxshilashga undaydi.
Ta'lim jarayonini takomillashtirish uchun o'quv jarayoni: talaba, o'qituvchi, o'quv dasturi va jamoadan iboratdir. Biz buni ta'limdagi integratsiya jarayoni deb atashimiz mumkin.
Tadqiqot predmetii “Kahf” surasidagi Muso alayhissalom va solih banda qissasini tadqiq qilish bilan belgilandi,
Tadqiqotda quyidagilar ko'rib chiqildi va tahlil qilindi:
Talabaning bilim sifati va uning tarkibiy qismlari, o'qituvchining malakasi, o'quv dasturi va uni o'qitish strategiyasiga muvofiqligi, jamiyatning ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishdagi roli.
Bu tadqiqotda Qur’oni karim matnining kontekstini batafsil tadqiq qilish yo‘lidan borildi. Matn kontekstining sirlarini ochib berish, yashiringan ma'nolarni ochiqlash, ta’lim-tarbiya uslublarini boyitish uchun Qur’oni karim qissalaridan foydalanilgan.31 - 413362707-07-2026
