- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
XATIB BAG‘DODIYNING “ALJOME” ASARIDA RIHLA MASALASI AKS ETISHI
Muxriddin JO‘RAYEV (Muallif)Ushbu maqolada hadisshunoslikning “mutaqaddimun " (Hadis ilmining shakllanishjarayoni sahih hadislar to ‘plangan davr — hijriy III (milodiy IX) asr oxiri va IV (milodiy X) asr boshlarida yakunlangan) bosqichida muhim о 'rin tutgan, hadis ilmi odoblari va ta 'Um metodikasiga bag ‘ishlangan Xatib al-Bag ‘dodiyning (392/1002-463/1071) «Al-Jome Ti axlaq ar-roviy va adab as-some ’» (“Roviylarning axloqi va tinglovchilarning odobi to ‘plami”) nomH asari tadqiq etilgan. «Al-Jome *» asari hadis ilmi, rivoyat odoblari va muhaddislarning axloqi haqida qimmatli manbalardan biri sanaladi.
Ushbu maqolada «Al-Jome'» asarining mazmuni, rivoyatlarning sanad va matn jihatlari chuqur о ‘rganilgan va an ’anaviy hadis ta 'lim-tarbiya odoblari va rihla masalasi tizimli ravishda tahlil qilingan. Bu esa hadis ilmi va uning odob-axloqiy tamoyillarini yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Maqolada mazkur manbaning tuzilishi, unda ilgari surilgan ilmiy safar - rihla tushunchasi hamda ustoz va shogird о ‘rtasidagi о ‘zaro munosabatlar masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, asarda keltirilgan hadis roviylarining ma'naviy-axloqiy qiyofasiga doir talablar va ilm talab qilishdagi ijtimoiy-madaniy me ’yorlar ilmiy nuqtayi nazardan yoritib berilgan. Tadqiqot natijasida Xatib al-Bag'dodiy asarining bugungi kunda hadisshunoslik metodologiyasini о ‘rganishdagi ahamiyali asoslab berilgan.41-493203822-05-2026
