- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ЎЗБEКИСТОНДА ТУРИЗМНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА МОБИЛ ИЛОВАЛАРНИНГ САЛМОҚЛИ ҲИССАСИ
Alimjon DADAMUXAMEDOV (Muallif)Маълумки ҳудудларни жадал ривожлантириш, аҳоли даромадлари ва турмуш даражасини ошириш, шунингдек, инвестицион жозибадорликни яхшилашга ёрдам берувчи стратегик тармоқлардан бири сифатида Ўзбекистонда туризмни ривожлантириш бўйича комплекс чора-тадбирлар амалга оширилмоқда. Замонавий ахборот технологиялари зиёрат туризмини ривожлантиришга салмоқли ҳисса қўшмоқда. Зиёрат туризмида интернет-туристик хизматларни реклама қилиш, ҳозирги вақтда, саёҳат агентлигининг самарали веб-сайтини яратмасдан, унинг ишини автоматлаштириш жараёнини амалга ошира олмайди.
Ушбу мақола зиёрат туризми соҳасини такомиллаштиришга қаратилган Интернет-технологияларни таҳлил қилишга бағишланган. Мақоланинг амалий аҳамияти минтақада зиёрат туризми соҳаси фаолиятини қўллаб-қувватловчи замонавий ахборот коммуникация технологияларини қўллашдан иборат. Юртимизнинг кўҳна меъморий ва тарихий обидалари жаҳонда катта қизиқиш уйғотмоқда. Айниқса, кейинги йилларда туризмни ривожлантириш борасида амалга оширилаётган ишлар туфайли хорижий сайёҳлар сафи тобора кенгаймоқда. Бундан ташқари, сайёҳлар учун экотуризм, гастрономик туризм, агротуризм, спорт туризми каби янги йўналишлар ўзлаштирилиб, анъанавий маданий-маърифий тадбирлар, фестиваль ва кўрик-танловлар ўтказилади. Қадимий обидалар, муқаддас зиёратгоҳлар, тарихий ва маданий ёдгорликлар билан бир қаторда, бетакрор маданияти ва анъаналари, хушманзара табиати ҳамда файзли гўшалари билан сайёҳларни ўзига ром этиб келаётган мамлакатимизда ушбу йўналишда амалга оширилаётган саъй-ҳаракатлар туризм индустрияси ҳамда инфратузилмасини янада ривожлантиришда муҳим аҳамият касб этмоқда. Буни Жаҳон саёҳат ва туризм кенгаши (WTTC) томонидан “Саёҳат ва сайёҳлик саноатининг иқтисодий натижалари” бўйича ўтказилган тадқиқотларда республикамиз сайёҳлик соҳаси жадал тараққий топаётган беш давлатнинг бири сифатида қайд этилгани мисолида яққол кўришимиз мумкин.
175 - 1832182604-07-2026 -
ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLARDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI (INDONEZIYA, MALAYZIYA VA TURKIYA MISOLIDA)
Mirodil KHAYDAROV, Jasurbek ABDUKADIROV (Muallif)Bugungi kunda har bir sohani isloh qilish bilan birga, yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqish yangilanayotgan O’zbekiston davlatining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar mamlakat iqtisodiyotini, aholi turmush tarzini, shuningdek, O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’sini oshirishga xizmat qiladi. Ana shunday sohalardan biri turizmning “Ziyorat turizmi” tarmog’idir.
2020 yilda O’zbekistonga 1 mln 504 ming turist tashrif buyurib, ularga 261 mln dollarlik xizmat ko’rsatilishiga erishildi. O’zbekiston dunyoga qadimiy va ekzotik shaharlari bilan ziyorat turizmi infratuzilmasini barpo etish, sayyohlar uchun barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratish, ziyorat turizmi brendini ishlab chiqish bo’yicha yetarli salohiyatga ega mamlakat hisoblanadi.
O’zbekistondagi ko’plab madaniy yodgorliklarning YuNESKO tomonidan butunjahon madaniy meroslari sifatida ro’yxatga olingani e’tirofga loyiqdir.
Bugungi kunda Dunyoning Halol turizm boyicha ixtisoslashgan yetakchi tashkilotlaridan biri Crescent Rating taxminiy ma‘lumotlariga ko‘ra 2026-yilga kelib ziyorat maqsadida sayohat qiluvchilarning soni 230 mln. kishini tashkil etishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu esa kelajakda ziyorat turizmi jahon turizmining yetakchi yo‘nalishlaridan biriga aylanishi hamda ziyorat turizmi tarmog‘i dunyo davlatlari iqtisodining ajralmas bir qismiga aylanib borayotganligini ko‘rsatadi. Jumladan, Islom hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlarda ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘l harakati strategiyasi” nomli qo‘llanmaning nashr qilinganligi ham so‘zimiz isbotidir.
Maqolada Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda xalqaro ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati, xususan, mamlakatlardagi ziyorat turizmi rivoji uchun zarur bo‘lgan tarixiy sharoit, uning bugungi ziyorat turizmi obyekti sifatidagi o‘rni, bu boradagi o‘z yechimini kutayotgan vazifalar va istiqboldagi natijalar asosiy muhomaka mavzusi hisoblanadi. Jumladan, IHT ga a’zo Indoneziya, Malayziya va Turkiya davlatlarida ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlarning bayoni keltirilgan. Shuningdek, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
127 - 1341982306-07-2026 -
O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA MILLIY USTUVORLIKLAR
Abduvali ISADJANOV, Ilyos GULMURATOV (Muallif)Turizm sohasining zamonaviy iqtisodiyotda, yangi ishchi o‘rinlarni va kichik biznesni rivojlantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Jahon iqtisodiyoti, mintaqalar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda turizm sohasining rivojlanishining zamonaviy tendeywiyalari tahlil qilingan. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, qo‘llab-quvvatlash chora-tadbiralari, shu jumladan, transport logistikasini, infratuzulmasini, mehmonxonalarni rivojlantirish, viza protseduralari soddalashtirish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Maqolada turizmning global, mintaqviy hamda milliy rivojlanish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy turizm bozori, jumladan, shahar sayohatlari, halol turizmi va boshqa turistik yo‘nalishlarning rivojlanish tendensylari va istiqbollari yoritilgan, shu jumladan , shahar sayohati, halol turizm, ziyorat turizmiva boshqalar. Xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari hamda istiqbollari tadqiq etilgan.
192 - 2021811829-06-2026 -
MILLIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI VA UNDA XALQARO TAJRIBANING ROLI
Zokir SODIKOV (Muallif)Mamlakatda turizmni iqtisodiyotning diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, milliy bozorning investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlashga zamin yaratadigan strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirish borasida tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Shu bois, viza rejimining liberallashtirilishi, xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm sektorini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilish imkoniyatini ta’minlamoqda.
Zamonaviy turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va ommaviy tarzda targ‘ib qilish maqsadida turizm sohasidagi huquqiy asoslarni mukammallashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish, ichki va tashqi turizm yo‘nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turistik mahsulotlarni va xizmatlarni diversifikatsiya qilish, milliy turizm mahsulotlarini xalqaro va mahalliy turizm bozorlarida targ‘ib qilish, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imijini mustahkamlash, tarmoq uchun kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishni eng ustuvor vazifa sifatida belgilamoqda.
287 - 2952872024-06-2026
