- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
XITOY VA O‘ZBЕKISTONNING TRANSPORT SOHASIDAGI HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING STRATЕGIK YO‘NALISHLARI
Mirabbos Ilyos o‘g‘li MIRG‘IYOSOV (Muallif)Mazkur maqolada Xitoy Xalq Rеspublikasi va O‘zbеkiston Respublikasi o‘rtasidagi transport sohasida hamkorlikni rivojlantirishning stratеgik yo‘nalishlari tahlil qilingan. Yo‘l qurilish, infratuzulmalarni shakllantirish, zamonaviy kam xarajat tеxnologiyalarni joriy qilish va approbatsiyadan o‘tkazish, muxandislik va konstruktorlik bo‘yicha Xitoy va O‘zbеkiston o‘rtasida ilmiy yangiliklar bilan almashinish va ushbu sohada band bo‘lgan olimlar, yosh izlanuvchilar va tadqiqotchilar, namunali va a’lo baholarda o‘qib kеlayotgan magistratura va bakalavriatura talabalari O‘zbеkistondan Xitoyning tеgishli ilmiy tadqiqot institutlariga, еtuk kompaniyalariga malaka oshirish uchun yuborish va shunga mutanosib ravishda Xitoyning yеtuk olimlarini mamlakatimizga jalb qilish va xalqaro konfеrеntsiyalar tashkil etish, sеminar trеyninglarni amalga oshirish yoki intеraktiv muloqatlarni yo‘lga qo‘yish va boshqa tadbirlarni faol amalga oshirish va ularning tajribalarini o‘rganish uchun sharoitlar yaratish va amalga oshirish transport sohasini yanada rivojlantirishga va uning zamonaviylashuviga hissa qo‘shilishi aniq bo‘ladi.
95-100222026-08-07 -
MA’RIFAT – TINCHLIK VA TARAQQIYOT KALITI
Jaloliddin Аliqulovich BO‘RIYEV (Muallif)Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida so‘zlagan nutqi hamda ma’rifatning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Unda ma’rifat tinchlikni mustahkamlovchi, jaholatni bartaraf etuvchi asosiy omil sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, yosh avlodni bilimli va ma’naviyatli etib tarbiyalash mamlakatning barqaror rivojlanishi va farovon kelajagini ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
67-69302026-09-19 -
ХИВАНИНГ ДИҚҚАТГА САЗОВОР ҚАДАМЖОЛАРИ ҲАҚИДА ДАСТУРИЙ КОМПЛЕКС ЯРАТИШ
Алишер МУХАММАДИЕВ (Muallif)Ушбу мақола бугунги кунда энг долзарб ҳисобланиб келаётган Ўзбекистон Республикамиздаги асрлар давомида сақланиб келаётган тарихий диний мажмуаларимизни яъни масжидлар, мавзолейлар, мадрасалар ва қадимги биноларнинг характеристикаларини ҳар хил тилга ўгириб берадиган мультимедиа шаклида мобиль алоқа телефонларига жонли равишда ўтказиб бериш алгоритмларини яратишга бағишланган.
126-1302932026-08-03 -
MILLIY IQTISODIYOTNING YANGILANISH JARAYONI VA OMILLARI
Zokir Rustamovich SODIKOV (Muallif)Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusida milliy iqtisodiyotning yangilanish istiqbollari o‘rganib chiqilgan. Muallifning fikricha kelgusida milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uchun milliy iqtisodiyotni raqamli texnologiyalar orqali modernizatsiyalash, xizmat sektorini rivojlantirish, tashqi iqtisodiy hamkorlikni har tomonlama kengaytirish va bu boradagi tashkiliy tuzilmalari va huquqiy asoslarini ham takomillashtirish kabilar muhim omil sanaladi.
249-2531132026-08-03 -
YANGI MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY HAMKORLIK VA INTEGRATSIYA ISTIQBOLLARI
Musurmon XURRAMOV (Muallif)Ushbu maqola Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va integratsiya jarayonlarining yangi bosqichini tahlil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida siyosiy muloqotning institutsional shakllanishi, iqtisodiy hamkorlikning faollashuvi, suv-energetika masalalarida qo‘shma mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilishi, xavfsizlik va madaniy-gumanitar integratsiyaning istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Maqolada mintaqaning barqaror rivojlanishi, xalqaro tizimdagi o‘rni va kelajak istiqbollari hamkorlikning strategik ahamiyati nuqtai nazaridan ochib beriladi.
49-52202026-09-19

