Islom tafakkuri
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Ro‘yxatdan o‘tish Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • IMOM MOTURIDIYNING QUR’ONI KARIM FASOHATINI ANGLASHDAGI  YONDASHUVI (“FOTIHA” SURASINING TAFSIRI MISOLIDA)

    Soliha SAFAYEVA, Mahfuza ALIMOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada bnom Abu Mansur Moturidiy “Ta ’vilot al-Qur 'on ” asarida Qur 'oni karim oyatlaridagi о ‘ziga xosfasohat va uni anglash va talqin etishdagi yondashuvlar “Fotiha” surasi misolida tahlil qilinadi. Allomaning asaridan foydalanilib, ta’vil va tafsir o'rtasidagi farq, oyatlarning lug'aviy, uslubiy hatnda ma 'naviy tahliliyoritilgan. Shuningdek, Moturidiy tafsirida tilshunoslik, kalotn vafiqh ilmlarining uyg'unligi, aqliy va naqliy dalillardan foydalanishdagi muvozanat, oyatlar fasohatini ochishdagi ijtihodiy yondashuvlar tahlil etiladi.

    93-98
    96
    7
    2026-05-20
  • QUR’ON TILINING MA’NOLARI: NUR SURASIDAGI TUHMAT HODISASI MISOLIDA

    Abdulrahman OBEID, M.D. Kamruzzaman (Muallif)

    Qur’oni karimning “Nur” surasida birinchi oyatlardan boshlab, munofiqlar keltirgan uydirmani so‘ngan deb ta’riflab, keyin mo‘minlardan zino voqeasiga guvohlarning yo‘qligi va ayblanuvchining aybi isbotlanmaganligi sababli bu yolg‘on ayblovni rad etishlarini va oddiy yo‘l bilan uni ochiq-oydin uydirma deyishlarini ta’kidladi.Ifk so‘zi tuhmat, so‘nish va ochiq yolg‘on ma’nolarini bildiradi. “Al-Ifk” hadisi sharqshunoslar yoki Sharqdagi nasroniy ilohiyot olimlarining ixtirosi emas, balki Qur’oni karimda yozilgani kabi munofiqlarning uydirmalaridan biri bo‘lib, Quraysh va Quraysh qabilalarining botilliklaridan oldin ham qayd etilgan. Bu esa Qur’onning sahihligi va bashoratning to‘g‘riligi haqidagi argumentlariga misoldir. Biroq sharqshunoslar zino masalasini islomiy hodisa sifatida ko‘rsatishdi, go‘yo mo‘minlarning o‘zlari fahsh ayblovini ko‘tara boshlaganlar va ular, albatta, munofiqlar to‘qib chiqargan axloqsizlik ayblovidan Hazrat Oyishaning begunohligini isbotlay olmadilar. Hazrat Oyisha (r.a.)ning tarjimai holi uning iffatli ekanligiga muhim dalilidir, xuddi Payg‘ambar (s.a.v.)ning tarjimai holi uning payg‘ambar ekanligiga dalil bo‘lgani kabi.

    68-71
    19
    5
    2026-07-29
  • QUR’ONI KARIMDAGI IBRATLI QISSALAR

    Robiyaxon HAMROQULOVA (Muallif)

    Mazkur maqola Qur’ondagi takrorlanishlar, Qur’on qissalaridagi takrorlar va ularning o‘ziga xos jihatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan va mavzuga aloqador muallifning bir qancha tahlillarni aks ettirgan. Muallif Qur’on qissalaridagi takrorlanishlarni tahlil qilishda Odam (a.s.), Muso (a.s.) va boshqa payg‘ambarlar qissalariga murojaat qilgan. Natijada, o’quvchida ishonchli va ob’ektiv ma’lumotlar shakllanishiga zamin yaratgan.

    179-181
    16
    2
    2026-08-03
  • NAJMIDDIN UMAR NASAFIYNING QUR’ON ILMLARIGA OID ASARLARI TASNIFI

    Adhambek YANGIBOYEV (Muallif)

    Ushbu maqolada Umar Nasafiyning hayoti va ijodi haqida bir qancha mashhur olimlarning so‘zlari zikr qilinadi va aynan uning Qur’oni karim bilan bog‘liq sakkizta asari haqida so‘z boradi. Ular mazmun va mohiyat jihatidan sinflarga ajratiladi. Har bir asar o‘z ichiga olgan umumiy ma’no bayon etilib, muallifning uslubi tahlil qilinadi. Jumladan, “al-Akmal al-atval” va at-Taysiyr fit-tafsir” nomli tafsirlarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ham ba’zi mulohazalar keltiriladi.

    70-74
    14
    4
    2026-08-03
  • INSON MANFAATLARINI ANIQLASHDA NAQL VA AQLNING O‘RNI

    Dilfuza Rashid qizi YULDASHEVA (Muallif)

    Ushbu maqolada Qur’oni karimda “aql” tushunchasining ifodalanishi, uning fe’l shaklidagi qo‘llanishi va inson tafakkuridagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda aqlning insonni fikrlash, ibrat olish va haqiqatni anglashga yo‘naltiruvchi asosiy vosita ekani Qur’on oyatlari va tafsirlar asosida yoritiladi. Shuningdek, maqolada aqlning axloqiy qarorlar qabul qilishdagi roli hamda uning sezgi va vahiy bilan o‘zaro bog‘liqligi islom falsafasi doirasida ko‘rib chiqiladi. Izz ibn Abdusalom, G‘azzoliy va Shotibiy kabi olimlarning qarashlari asosida aql va vahiy o‘rtasidagi muvozanat hamda maslaha tushunchasining ahamiyati ochib beriladi. Xulosa qilib aytganda, aql va vahiy bir-birini inkor etmaydi, balki insonni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiruvchi uyg‘un tizim sifatida namoyon bo‘ladi.

    31-35
    13
    4
    2026-08-10
  • ISMOIL HAQQIY BURSAVIY VA UNING “RUHU-L-BAYON” TASAVVUFIY TAFSIRI

    Durbek Obidjonovich RAHIMJONOV (Muallif)

    Ushbu maqolada Ismoil Haqqiy Bursaviy va uning “Ruhu-l-bayon” nomli tasavvufiy tafsiri ilmiy va tasavvufiy jihatdan tahlil qilingan. Asarning umumiy tuzilishi, manbalari va o‘ziga xos xususiyatlari keng yoritilgan. Maqolada mazkur tafsirdagi Qur’on oyatlarining zohiriy va botiniy jihatlarini ochib berilishiga alohida e’tibor qaratilgani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, tafsirdagi ishoriy yondashuv va uning tasavvuf ta’limotidagi o‘rni tahlil qilingan. Asarning afzalliklari va ayrim tanqidiy jihatlari ham ko‘rib chiqilgan. Natijada “Ruhu-l-bayon” asarining tafsir ilmidagi ahamiyati ochib berilgan.

    62-65
    22
    4
    2026-08-12
  • IJTIHOD TUSHUNCHASI VA MUJTAHIDGA QO‘YILGAN SHARTLAR

    Mubina Shavkatjon qizi SADIROVA (Muallif)

    Ushbu maqolada ijtihod tushunchasining islom huquqshunosligidagi o‘rni, mohiyati va metodologik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtihodning lug‘aviy va istilohiy ma’nolari, uning Qur’on va Sunnatga asoslangan holda shakllanish jarayoni hamda sahobalar davridan boshlab fiqh tizimidagi rivoji yoritiladi. Shuningdek, mujtahid shaxsiga qo‘yiladigan ilmiy va axloqiy talablar, ijtihod jarayonining bosqichlari va asosiy manbalari – Qur’on, Sunnat, ijmo‘ va qiyosning o‘zaro bog‘liqligi tahlil etiladi.

    101-104
    12
    5
    2026-08-13
  • ТУРКИЯЛИК ИЛОҲИЁТШУНОС ОЛИМ ҲУСAYN АTAY ИЛМИЙ ФАОЛИЯТИ

    Пирназар Сардор РАЖАПОВ (Muallif)

    Maqolada “Yangi kalom ilmi” yo‘nalishi vakillaridan biri Husayn Atayning qarashlari ochib berilgan. Atay kalom ilmida yangilanish Qur’onga qaytish orqaligina bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Lekin, uning fayqatgina Qur’ondan hukm olish tushunchasi xorijiylar va soxta salafiylarning qarashlaridan tubdan farq qiladi. Shuningdek, Husayn Atay an’anaviy madaniyatga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lgan. Atayning tanqidiy yondashuvlari uning ahli sunna aqidasida haqiqatdan ham mavjud bo‘lgan ba’zi masalalarga ham bid’at sifatida qarashiga olib keldi. Jumladan, qazo va qadar borasida.

    65-69
    20
    4
    2026-08-03
  • QIROAT ILMI RIVOJIDA QIROAT IMOMLARINING O‘RNI

    Nigora XAKIMOVA (Muallif)

    Mazkur maqolada Qur ’on qiroati ilmining shakllanishi va rivojlanish jarayonida qiroat imomlarining о‘mi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiroatlarning yetti turdan о ‘n qiroat tizimigacha kengayish jarayoni, ularning standart I ashtirilish sabablari hamda ushbu jarayonda yetakchi qiroat imomlarining metodologik yondashuvlari yoritiladi. Shuningdek, qiroat, rivoyat va tariq tushunchalari o'rtasidagi farqlar izohlanib, sahih qiroatlarni aniqlashda isnod, Usmon mus ’hafi rasmiga muvofiqlik va arab till grammatik qoidalarming tutgan о ‘rni ко ‘rsatib beriladi. Maqolada о ‘n qiroat imomlarining ilmiy merosi, ularning qiroat ilmidagi mavqei tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi.

    69-73
    53
    9
    2026-05-22
  • Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asarida oyatlarning hadis bilan tafsir qilinishi

    Xalilulloh SAIDAKBAROV (Muallif)

    Ushbu maqolada Movarounnahr diyoridan yetishib chiqqan mutakallim Abu Mansur al-Moturidiyning Ta’vilot al-Qur’on nomli tafsir asari, unda qo‘llanilgan tafsir uslubi, qo‘lyozmalari, kutubxonalarda saqlanayotgan nusxalari va asarda oyatlar tafsirida hadisning o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Abu Mansur al-Moturidiy mutakallim bo‘lish bilan birga ayni damda mufassir hamdir. Olimning bizgacha yetib kelgan ikki asaridan biri tafsirga oid bo‘lib “Ta’vilot al-Qur’on”, “Ta’vilot ahli-sunna” nomlari bilan tanilgan. Maqolada ushbu asarning qo‘lyozmalari, nusxalari va zamonaviy nashrlari haqida so‘z yuritilgan. Imom Moturidiy tafsir ilmida aqliy tafsir uslubi bilan bir qatorda naqliy tafsir uslubini ham qo‘llagan bo‘lib, tafsirda hadislardan keng foydalangan. Maqolada hadislarning ushbu tafsirda tutgan o‘rni haqida ham ma’lumot berilgan.

    77-83
    12
    4
    2026-08-03
  • IMOM TERMIZIY “SUNAN” ASARI TAFSIR BOBIDA “NISO” SURASI TAFSIRIGA OID HADISLAR TAHLILI

    Ahad RAYMBERDIYEV (Muallif)

    Hadis ilmi islom manbashunosligining asosiy tarmoqlaridan biri bo ‘lib, Qur ’oni karim oyatlarini to‘g‘ri talqin qilishda, tafsir metodikasini boyitishda muhim manba sifatida e ’tirof etiladi. Bu Um doirasida shakllangan yirik hadis to ‘plamlari orasida ImomAbu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning (824-892) “Sunan”asarida “Niso”surasiningmerosvasiyat, ota-onaga yaxshilik, ayollarning ijtimoiy о ‘rni kabi dolzarb mavzular bilan bog ‘liq oyatlari sharhlangan hadislar orqali ochib beriladi. Ayniqsa, meros masalasidagi tafovutlar, ayol-erkakning huquqlari va bu tafovutlaming shariatdagi asoslari mufassal yoritilgan. Hadislarda bayon etilgan voqealar asosida musulmon jamiyatida adolat, ijtimoiy tenglik va huquqiy tafovutlar masalalari ham yoritilgan. Maqola hadis ilmi bilan tafsir ilmi о ‘rtasidagi bog ‘liqlikni ко ‘rsatib, Qur ’oni karim oyatlarining chuqur talqinida hadislarning о ‘rni naqadar muhim ekanini ta ’kidlaydi.

    74-79
    71
    9
    2026-05-16
  • MAVLAVIY HINDISTONIY TAFSIRINING YOZILISH TARIXI VA USLUBI

    Nargiza Uyg‘un qizi NIG‘MATOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada o‘zbek tilida nashr etilgan bir qator tarjima-tafsirlar hamda mashhur mufassir Muhammadjon Hindistoniyning “Bayonul Furqon fi tarjamatil Qur’on” asari haqida so‘z yuritildi va qiyosiy tahlil etildi. Hindistoniy asarining o‘zbek tafsirshunosligidagi ahamiyati, yozilish tarixi, tuzilishi bayon qilinib, olimning tafsir ilmida tutgan o‘ziga xos uslubi ochib berildi va misollar yordamida dalillandi.

    43-46
    27
    4
    2026-08-04
  • УМАР НАСАФИЙ ТАФСИРИНИНГ О‘ZIGA XOS JIHATLARI

    Адҳамбек YANGIBOYEV (Muallif)

    Ushbu maqolada mashhur olim Abu Hafs Umar Nasafiyning tafsir sohasida yozgan “al-Akmal al-atval” va “at-Taysir fi-t-tafsir” nomli ikki asarining o‘zaro farqli jihatlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi. Shuningdek, Umar Nasafiy yirik hajmli “al-Akmal al-atval” nomli tafsirida Qur’oni karim oyatlarini sharh qilganidan so‘ng, bu borada yana boshqa bir asar yozganligining sababi bayon qilinadi.

    21-25
    20
    3
    2026-08-03
  • XIX-XX ASR SHARQSHUNOSLARI TADQIQOTLARIDA “AL-KUTUB AS-SITTA” TO‘PLAMLARI TAHLILI

    Gulnoza ALIJONOVA (Muallif)

    Qur’oni karimdan keyin islom dinining ikinchi manbasi bo‘lgan hadislar III/IX asrda alohida ilm sifatida shakllandi. XIX-XX asrlarda hadis sohasiga oid izlanishlar yangi bosqichга ko‘tarildi. Chunki bu davrга kelib dunyoning siyosiy mafkuraviy ko‘rinishi o‘zgarganligi bois, hadislarni obro‘sizlantirishga qaratilgan adabiyotlar paydo bo‘ldi. Ushbu tanqidiy adabiyotlarga qarshi ulamolar tomonidan “al-Kutub as-sitta” to‘plami bo‘yicha asarlar va maqolalar chop etildi. Maqolada “al-Kutub as-sitta”ga oid XIX-XX asrlarda amalga oshirilgan Sharq dunyosidagi tadqiqotlar tahlil qilingan.

    93-97
    14
    4
    2026-08-03
  • “Al-Mufassal fi san’ati-l-e’rob” asarining manbalari

    Malika NASIROVA, Saida ASQAROVA (Muallif)

    Ushbu maqolada Mahmud Zamaxshariy o‘zining arab tili grammatikasiga oid “al-Mufassal fi san’ati-l-e’rob” asarini yozishda foydalangan manbalar tahlili keltirilgan. Olim grammatikaga oid har bir qoidani kuchli dalillar bilan asoslagan. Ma’lumki, arab tilida eng to‘g‘ri matn – bu Qur’oni karim oyatlari. Shu bilan birga Zamaxshariy bu asarida Qur’on qiroatlari, qiroatlar o‘rtasidagi jumla tarkibi hamda ma’noga ta’sirini yoritib bergan.

    52-54
    13
    4
    2026-08-03
  • ABU MANSUR MOTURIDIYNING XAVORIJLARGA QARSHI RADDIYALARI

    Mohirjon YODGOROV, Durbek RAHIMJONOV (Muallif)

    Ushbu maqolada xavorijlar va ularning ta’limotlari, xato va noto‘g‘ri qarashlari shuningdek, imoni Moturidiy va ahli sunna nuqtai nazarlari tahlil qilingan. Xavorijlarning katta gunoh qilganlarni kqfbga chiqarishlari, ularning о ‘z amallarga haddan tashqari suyanishilari hamda Allohning rahniatini inker etishlariga qarshi imoni Moturidiyning javoblari borasida ma ’lumotlar kellirilgan. Shungdek, Qur ’oni karim va aqliy dalillar orqali ularni note ‘g'ri talqinlariga qarshi raddiylar bayon etilgan.

    24-27
    69
    6
    2026-04-02
  • Замонавий тафсиршуносликнинг услубий асослари

    Улуғбек Абдусалом ҲАСАНОВ (Muallif)

      Бугунги глобаллашув даврида Тафсиршуносликка ҳам замонавий ёндашиш асосларини ишлаб чиқиш муҳим аҳамиятлардан бирига айланиб боряпти. Дарҳақиқат бу соҳада ҳам баъзи муфассирлар кенг оммага тушунарли бўлиши учун ҳаракат қилишмоқда. Шу жиҳатдан ҳам тафсиршуносликни ҳам модернизация (ислоҳ қилиш)га, тафсиршуносликка илмий ёндашиш, гарчи баъзи уламолар тарафидан танқидий баҳоланган бўлсада, замонамизда вужудга келаётган янги масалаларга ечим бўла олиш қобилиятига эгалигини исботлашга катта урғу берилди.

    125-128
    16
    3
    2026-08-03
  • NASAFIYNING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI

    Robiya AZIMOVA (Muallif)

    Movarounnahr zaminida voyaga yetgan yirik alloma, imom, faqih, mufassir va kalom ilmi namoyandasi Abul Barakot Hofizuddin Nasafiy (vaf. 710/1310) oʻz davrining islom ilmlariga ulkan hissa qoʻshgan zabardast ulamolaridan sanaladi. U ilk taʼlimni Buxoro hamda Samarqand ilmiy muhitida olgan. Davrining yetuk faqihlaridan saboq olib, keyinchalik oʻzi ham koʻplab shogirdlar tarbiyalagan. Movarounnahrda hanafiylik va moturidiylik taʼlimotining keng yoyilishida muhim oʻrin tutgan. Allomaning fiqh, aqida va tafsir yoʻnalishlarida qariyb oʻn oltita eʼtiborli va nufuzli asarlari mavjud.

    57-61
    13
    2
    2026-08-12
  • АБУ БАКР ЖАССОСНИНГ “АҲКОМ АЛ-ҚУРЪОН” АСАРИДАГИ ТАФСИР УСЛУБИ

    Бурхон Абдурахмонович АХМЕДОВ (Muallif)

    Абу Бакр Жассос (ваф. 370/981 й.) илмий тафаккури хулосалари, илмий қарашлари ва тажрибалари унинг “Аҳком ал-Қуръон” тафсирида ўз аксини топган. Асарда ҳукмий оятларни шарҳлашга алоҳида эътибор қаратилиши, оятларни жамлаш ва мувофиқлаштиришга ҳаракат, шаръий истилоҳлар таърифларининг баён қилиниши, тарихий даврийликда юксак ахлоқий масалаларга эътибор берилиши, Қуръонни Қуръон билан тафсир қилиниши унинг юқори илмий мавқеини белгилаган.

    23-26
    6
    1
    2026-07-25
  • МАҲМУД ЗАМАХШАРИЙ “АЛ-КАШШОФ” ТАФСИРИНИНГ МАНБАВИЙ МУҲИТИ

    Зоҳиджон Маҳмудович ИСЛОМОВ (Muallif)

    Мовароуннаҳрда тафсиршунослик ўзига хос шаклланиш ва ривожланиш йўлини босиб ўтган. Маълумки, Маҳмуд Замахшарийнинг “ал-Кашшоф” асари ислом дунёсида филологик тафсир сифатида шуҳрат топган. XII-XIII асрлардан бошлаб мазкур тафсирга турли ҳудудларда яшаган олимлар томонидан қизиқиш ортади.  Бунинг натижаси ўлароқ, унга муфассирлар томонидан ҳозирга қадар сақланиб қолган юзга яқин шарҳ, ҳошия, мухтасарлар ёзилган. Бу нодир манбалар тафсиршунослик тарихини ўрганишда муҳим ағамият касб этади.

    3-7
    19
    3
    2026-07-30
  • «Qur'oni Karim tilovati musobaqasi»

    Hasanxon Yahyo ABDULMAJID (Muallif)

    Ushbu maqolada respublikamizda o'tkazilgan Qur'oni karim tilovati bo'yicha respublika tanlovining tashkil etilishi, uning bosqichlari va xalqimiz ma'naviy hayotidagi muhim voqea sifatidagi o'rni yoritiladi. Muallif musobaqaning shaffof va adolatli o'tishini ta'minlash bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, yoshlarning Qur'onga bo'lgan muhabbatini oshirishdagi ahamiyatini tahlil qiladi. Бу каби тадбирлар юртимизда маънавий муҳитни янада соғломлаштиришга хизмат қилади.

    41-43
    1
    3
    2026-08-03
  • BUYUK BRITANIYADA ISLOMSHUNOSLIK FANLARINI O‘QITISH USULLARI VA YONDASHUVLARI: TARIXIY, AKADEMIK VA FANLARARO METODLAR

    Sarvar SHAROPOV, Durbek RAHIMJONOV (Muallif)

    Maqolada Buyuk Britaniyada islomshunoslik fanlarini о ‘qitishning tarixiy rivoji, akademik yondashuvlari va fanlararo metodlari tahlil qilinadi. XIX asrdagi sharqshunoslik ildizlaridan boshlab, SOAS, Oksford va Kembrij univers itetlaridagi zamonaviy о 'quv tizimlari, interaktiv dars uslublari va raqamli platformalar misolida о ‘rganilgan. Tadqiqotda Qur 'on, hadis, fiqh, siyosiy islom hamda media tadqiqotlarining integratsiyasi orqali islomshunoslikning tanqidiy va global akademik yondashuv sifatida shakllanishi yoritilgan.

    60-65
    110
    17
    2026-05-20
  • ISLOMDA BOLALIK VA BOLA HUQUQLARINING TA’MINLANISHI

    Nargiza XALXODJAYEVA (Muallif)

    Islomda bolalikdavri inson hayotining eng muhim va hurmatga loyiq bosqichi hisoblanadi. Islam dinida bolalarga alohida e ’tibor va mehr-shafqat bilan mimosabatda bo ‘lishga buyurilgan. Ushbu maqola bola huquqlari tarixi, islom dinida bola va bolalik davrlariga beriladigan e ’tibor, bolaning huquqlari va ularning kafolatlanishi masalalarini о ‘rganishga bag ‘ishlangan. Maqolada islom manbalari - Qur ’oni karim va sunnat, shuningdek, zamonaviy tadqiqotlarga asoslangan holda, bolaninghayoti, sog‘lig‘i, tarbiyasi, ta ’limi, mulkiy va ijtimoiy huquqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, islom huquqida yetim bolalarga nisbatan ko'rsatiladigan g‘amxo‘rlik va ularning huquqlari alohida e ’tirof etiladi. Tadqiqot davomida islom dini qadriyatlarining bolalarga nisbatan mehr-shafqat, adolat va mas ’uliyat tamoyillariga asoslanganligi hamda zamonaviy jamiyatda bola huquqlarini ta ’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ко ‘rsatib о ‘tiladi.

    87-92
    118
    7
    2026-05-20
  • HANAFIY MAZHABIDA URF-ODATLARDAN HUKM OLISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

    Nasrulloh TO‘XTAYEV (Muallif)

    Ushbu maqolada I mom A ’zam tomonidan asos solingan hanafiy mazhabida urf-odatlardan hukm olishning ilmiy-nazariy va metodologik jihatlari tahlil qilingan. Urfningfiqh ilmidagi ahamiyati, uning Qur’oni karim, Sunnat va qiyos bilan uzviy aloqalari,fiqhiy hukmlar qabul qilishdagi roll misoliar asosida ochib berilgan. Shuningdek, hanafiy fiqhi olimlarining urfga bergan ta ’riflari, shartlari, lining qo ‘llanilishiga oid ко ‘rsatmalari, zamonaviy ijtimoiy masalalar borasida hukm chiqarishdagi о 'rni ко ‘rsatib о 'tilgan.

    78-81
    1347
    4
    2026-05-20
  • ИЗ ИСТОРИИ РАСПРОСТРАНЕНИЯ И СОХРАНЕНИЯ СВЯЩЕННОГО ПИСАНИЯ

    Ибрахим САБИРОВ (Muallif)

    В статье раскрывается вклад хафизов Корана в сохранение и передачу Священного Писания на разных этапах его ниспослания и распространения. Определена их историческая роль в формировании образованности мусульман, которая неразрывно связана с устным и письменным донесением до людей Книги Аллаха. Приводятся различные достоверные данные, являющиеся ценными свидетельствами по обозначенной теме.

    59-66
    20
    3
    2026-08-03
1 - 25 from 74 1 2 3 > >> 

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

махсус Концепция
Islom dini
Tasavvuf
Barcha nashrlarni ko'rish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatida Islom tafakkuri jurnali 2019 yil ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Islom tafakkuri

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom tafakkuri» ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom tafakkuri All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Islom tafakkuri
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling
Ro‘yxatdan o‘tish