- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
YASHIL SUKUK – KORXONALAR INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YECHIMI
Ravshan ABDULLAEV, Maxammadjon ORIFJONOV (Muallif)Ushbu maqolada yashil sukuk korxonalarning innovatsionfaoliyatini rivojlantirishning zamonaviy usuli sifatida atroflicha о ‘rganilgan. Xususan, maqolada innovatsiya tushunchasi, uning ta’rifi, korxonalarda hozirgi raqobat darajasi yuqori bo ‘Igan bozorda innovatsion faoliyatini rag'batlantirishning dolzarbligi, korxonalar innovatsion faoliyatini moliyalashtirish usullari, yashil sukuk tushunchasi, yashil sukukning hozirgi holati va yashil sukuk innovatsiyalarni rag ‘batlantirishning zamonaviy usuli sifatida hozirda mavjud va dolzarb bo ‘Igan eng so ‘nggi malumotlar asosida atroflicha yoritilgan.
130-1344832026-05-16 -
YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ISLOMIY MOLIYALASHTIRISH VOSITALARINING O‘RNI
Ravshan Vahidovich ABDULLAEV, Gulufar Nizomiddin qizi QODIROVA (Muallif)Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda islomiy moliyalashtirish vositalarining, xususan “yashil” sukuklarning o‘rni tahlil qilinadi. Global miqyosda “yashil” sukuk emissiyalari bo‘yicha yetakchi tajribalar ko‘rib chiqilib, ularning iqtisodiy va ekologik samaradorligi asoslanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishda “yashil” sukukni joriy etish istiqbollari, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
19-23102026-09-18 -
ЎЗБЕКИСТОНДА ЯШИЛ ТРАНСФОРМАЦИЯ ЖАРАЁНЛАРИДА "ЯШИЛ" СУКУКНИНГ РОЛИ
Равшан Вахидович АБДУЛЛАЕВ (Muallif)Мақолада Ўзбекистонда яшил иқтисодиётга ўтиш жараёнларида исломий молиялаштириш воситаларидан ҳисобланган "яшил сукук" салоҳияти кўриб чиқилган. Мамлакатнинг иқтисодий ва молиявий ҳолати, исломий молиялаштириш ва сукук бозорининг жорий аҳволи, "яшил" сукукнинг назарий асослари таҳлил қилинган, шунингдек, ушбу воситани жорий этишнинг имкониятлари аниқланган. Ишда "яшил" сукукни жорий этишга оид меъёрий-ҳуқуқий базани шакллантириш бўйича стратегиялар ва амалий тавсиялар берилган. Ўзбекистонда чиқарилиши режалаштирилаётган биринчи "яшил" сукукнинг "яшил" иқтисодиётга ўтишни таъминлашдаги роли очиб берилган.
6-1232026-09-18

