- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
XITOY VA O‘ZBЕKISTONNING TRANSPORT SOHASIDAGI HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING STRATЕGIK YO‘NALISHLARI
Mirabbos Ilyos o‘g‘li MIRG‘IYOSOV (Muallif)Mazkur maqolada Xitoy Xalq Rеspublikasi va O‘zbеkiston Respublikasi o‘rtasidagi transport sohasida hamkorlikni rivojlantirishning stratеgik yo‘nalishlari tahlil qilingan. Yo‘l qurilish, infratuzulmalarni shakllantirish, zamonaviy kam xarajat tеxnologiyalarni joriy qilish va approbatsiyadan o‘tkazish, muxandislik va konstruktorlik bo‘yicha Xitoy va O‘zbеkiston o‘rtasida ilmiy yangiliklar bilan almashinish va ushbu sohada band bo‘lgan olimlar, yosh izlanuvchilar va tadqiqotchilar, namunali va a’lo baholarda o‘qib kеlayotgan magistratura va bakalavriatura talabalari O‘zbеkistondan Xitoyning tеgishli ilmiy tadqiqot institutlariga, еtuk kompaniyalariga malaka oshirish uchun yuborish va shunga mutanosib ravishda Xitoyning yеtuk olimlarini mamlakatimizga jalb qilish va xalqaro konfеrеntsiyalar tashkil etish, sеminar trеyninglarni amalga oshirish yoki intеraktiv muloqatlarni yo‘lga qo‘yish va boshqa tadbirlarni faol amalga oshirish va ularning tajribalarini o‘rganish uchun sharoitlar yaratish va amalga oshirish transport sohasini yanada rivojlantirishga va uning zamonaviylashuviga hissa qo‘shilishi aniq bo‘ladi.
95-100222026-08-07 -
IQTISODIYOTNING EKOLOGIK TRANSFORMATSIYASI: YASHIL TEXNOLOGIYALAR ROLI VA XITOY-OʻZBEKISTON HAMKORLIGI ISTIQBOLLARI
Ольга Александровна СОРОКИНА (Muallif)Maqola global ekologik transformatsiyada yashil texnologiyalarning o‘rni, xususan Xitoy tajribasi va O‘zbekiston bilan hamkorligi misolida tahlil qilinadi. Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektromobillar, barqaror suv ta’minoti va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha global tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. “Yashil modernizatsiya”ning xitoycha modeli, “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi eksport salohiyati hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar alohida yoritiladi. Yashil texnologiyalar barqaror iqtisodiy o‘sish vositasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishi sifatida tahlil etiladi.
49-53202026-09-18 -
O‘ZBEKISTON VA XITOY O‘RTASIDAGI SAVDO-IQTISODIY HAMKORLIK
Саёра Алимовна ЗАКИРОВА, Жасуржон Махмуджон угли МИРЗАЛИЕВ (Muallif)Maqola O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Umumiy savdo aylanmasi, investitsiya oqimlari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarga, shuningdek, infratuzilma va energetik loyihalarni amalga oshirishga yordam beruvchi «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusiga alohida e’tibor qaratilgan.
37-44202026-09-18 -
XITOY XALQ RESPUBLIKASINING TASHQI SIYOSATI: TARIXIY TARAQQIYOT, ISLOHOTLAR VA GLOBAL YETAKCHILIK STRATEGIYASI
Kamola YUSUPOVA (Muallif)Mazkur maqolada Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) 1949-yildan hozirgi kungacha bo ‘Igan tashqi siyosati, har bir davlat rahbari davridagi strategik yo ‘nalishlar va islohotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, 21 -asrda Xitoyning globalyetakchilik sari intilishi, “Bir kamar - biryo ‘I ” tashabbusi, BRIKSdagi о ‘rni va manfaatlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Maqolada tarixiy, geosiyosiy va iqtisodiy tahlillarga asoslanilgan holda XXRning jahon siyosatidagi о ‘rni baholangan.
50-547142026-05-16 -
XITOY ADABIYOTIDA ZAMONAVIY DRAMANING ISLOHATI (ХХ ASR IKKINCHI YARMI)
Shahnoza Turabuddinovna KOMILOVA (Muallif)Mazkur maqolada XX asr ikkinchi yarmi xitoy adabiyotida drama janri islohotlari xususida so‘z yuritiladi. Shu bilan bir qatorda maqolada XX asr boshlarida janrning avvalgi shaklidan tubdan farqli jihatlari, shakllanish omillari hususida ham so‘z yuritiladi. ХХ asr ikkinchi yarmi 80-90 yillariga kelib janrning yangi talqinlari, dramaturglar yaratgan asarlari, g‘arb drama nazariyasi ta'sir masalalari, tarjimalarning o‘rni kabi masalalar imkon qadar bayon etilgan.
24-291732026-08-05 -
AQSH, XITOY VA ROSSIYANING MARKAZIY OSIYODAGI MANFAATLARI MUVOZANATI
Мухтор НАЗИРОВ, Алишер ЖАҲОНОВ (Muallif)Ushbu maqolada AQSh, Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyo mintaqasidagi manfaatlari va ta’siri vositalari hamda ularning istiqbollari tahlil qilingan. Mazkur kuch markazlari ta’sirining namoyon bo‘lishining turli bosqichlari tahlil qilingan. Mualliflar Markaziy Osiyo mamlakatlarining postsovet davrida AQSh-RF-XXR uchburchagidagi kuchlarni turlicha қаbul qilgani va bu ularning ko‘pvektorli tashqi siyosati shakllanishining muhim shartlaridan biri bo‘lgani borasida fikr yuritadi. Shu jihatдан maqolada Rossiya, AQШ va Xitoyning Markaziy Osiyodagi manfaatlarining muvozanati mintaqa davlatlarining rivojlanishini ва mustaqil tashqi siyosiy yo‘nalishini ta’minlayotgani қайд etiladi.
102-109812026-08-03 -
Ta’lim jarayonlarini raqamlashtirishda sun’iy intellekt asosidagi adaptiv baholash tizimlari va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash metodologiyalari
Mavluda Xodjayeva, Sevinch Jovliyeva (Muallif)Ushbu maqola sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim sohasiga integratsiyasini to‘rtta jihatda ko‘rib chiqadi: adaptiv o‘qitish va psixometrik baholash; intellektual ta’lim tizimlari hamda NLP yordamchilari; ta’lim ma’lumotlarining axborot xavfsizligi va etikasi; O‘zbekistondagi joriy holat va 2026–2028 yillar uchun strategik yo‘l xaritasi. IRT 3PL matematik modeli, Federated Learning yondashuvi va Explainable AI (XAI) tushunchalari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Xitoy, Janubiy Koreya va Finlyandiya tajribalari qiyosiy o‘rganiladi. Mahalliy amaliy misol sifatida DigiLab virtual laboratoriya platformasi va unda ishlash keltiriladi.
121-1271682026-08-15

