- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMI RIVOJLANISHI: HAMKORLIK VA ISTIQBOLLI REJALAR
Миродил ХАЙДАРОВ, Жасурбек АБДУҚОДИРОВ (Muallif)Maqolada O‘zbekistondagi xalqaro ziyorat туризми sohasidagi salohiyati, xususan, mamlakatdagi ziyorat turizmi rivoji uchun zarur bo‘lgan tarixiy sharoit, uning bugungi ziyorat turizmi obyekti sifatidagi o‘rni, bu boradagi o‘z yechimini kutayotgan vazifalar va istiqboldagi natijalar asosiy muhomaka mavzusi hisoblanadi. Qolaversa, maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat miqyosida ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlarning qisqacha bayoni keltirilgan. Shuningdek, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
72-752042026-08-02 -
O‘ZBEKISTONDAGI ZIYORATGOHLARNING MINTAQA ZIYORAT TURIZMI RIVOJIDA TUTGAN O‘RNI
Jasurbek Jonyigit o‘g‘li ABDUQODIROV (Muallif)Maqolada O‘zbekiston hududida joylashgan tarixiy yodgorliklar, ziyoratgohlar va ularning ziyorat turizmini rivojlantirishdagi imkoniyati, shuningdek, O‘zbekiston- ning xalqaro ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati, xususan, mamlakatdagi ziyorat turizmi rivoji uchun zarur bo‘lgan tarixiy sharoit, uning bugungi ziyorat turizmi obyekti sifatidagi o‘rni haqida so‘z boradi. Qolaversa, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirishdagi muammolar tahlil qilingan va ularning yechimlariga amaliy takliflar berilgan.
182-1853322026-08-03 -
ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Зокир СОДИКОВ (Muallif)Bugungi kunda musulmon aholi farovonligining oshishi ta’tilni islom qadriyatlari asosida o’tkazishga bo’lgan talabini keltirib chiqardi. Shu bois kelgusi yillarda ta’tilga chiqadigan musulmonlar sonining ko’payishini inobatga olinadigan bo’lsak, shu bois turizm sohasida rivojlanishi mumkin bo’lgan yangi sektor ziyorat туризми bozori hisoblanadi. Mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlarning ko’payishidan o’ziga xos bozor hisoblangan ziyorat туризмини rivojlantirish maqsadida foydalanish kerak.
83-872072026-08-02 -
O‘ZBEKISTONDAGI BUDDIZM DINIGA OID ZIYORAT TURIZMI OBYEKTLARI
Shahlo MAKSUDOVA, Yusupdjan SADIKOV (Muallif)maqolada O‘zbekistonda mavjud buddizm obidalari ziyorat turizmini rivojlantirishning yangi yo‘nalishi sifatida tadqiq etilgan. Toshkent shahridagi buddizm ibodatxonasi, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududida joylashgan buddizm obidalari asosida ziyorat turizmini tashkil etish imkoniyatlari tahlil etilgan. Shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumotlar keltirilgan.
100-1033332026-08-03 -
PRAVOSLAV CHERKOVIDA ZIYORAT: TARIX VA HOZIRGI ZAMON
Хуршидабону АБДУХАЛИЛОВА, Азиза НОСИРОВА (Muallif)Maqola pravoslav cherkovida ziyoratlarning о ‘rganilishiga, uning tarixiy rivojlanishiga va zamonaviy tendensiyalariga bag ‘ishlangan. Ziyorat pravoslav xris tian lari hayotida muhim ahamiyatga ega bo'Hb, bu imonning ifodasi, ruhiy amaliyot va Iso Masih hamda xristianlar tarixidagi muhim voqealar bilan bog ‘liq bo jgan tarixiy joy I ar bilan aloqadir. Maqolada pravoslavlikda ziyorat an ’analarining rivojlanishi, xristianlikning dastlabki asrlaridan boshlab va tarixiy о 'zgarishlarningziyoratga turli davrlarida tasiri ко‘rib chiqUadi. Zamonaviy pravoslav an ’analarida ziyoratlarning hozirgi holatiga, shu jumladan ziyorat safarlariningyangi shakllariga va zamonaviy xristianlar duch kelayotgan muammolarga qaratilgan.
112-11638122026-05-16 -
ЗИЁРАТ ТУРИЗМИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ХАЛҚАРО СТАНДАРТЛАР ВА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАРНИ ЖОРИЙ ЭТИШНИНГ АҲАМИЯТИ
Ўктам ЖИЯНОВ (Muallif)Bugun ziyorat туризми borgan sari kengayib, imkoniyatlari va bozori o‘sib, turizm индустриясига katta o‘zgarishlar olib kirmoqda. Маqolada aynan shu jihatlarni hisobga olgan holda mamlakatimizda ziyorat туризмиni rivojlantirish imkoniyalatlari, unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, bugungi kunda musulmon sayyohlarga qulay sayyohlik xizmat turlarini taklif etish maqsadida “Halol” standartlarini amaliyotga jalb qilishning ahamiyati, imkoniyatlari va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritilgan.
115-1183622026-08-02 -
BUXORO ZIYORATGOHLARINI О‘RGANISH VA ULARDAN UNUMLI FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Anvar XUDOYAROV (Muallif)Bugungi kunda ziyoratgohlar bilan bog'liq ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishda ко 'plab tegishli ilmiy tadqiqot markazlari, oliy ta ’Um muassasalari tadqiqotchilari tomonidan ilmiy ishlar olib borilib amaliyotga joriy etilmoqda. 21-asrning boshlaridan boshlab axborot texnologiyalari ijtimoiy-gumanitar va diniy-ma ’rifiy sohalarini rivojlantirish borasida keng qo ‘llanila boshlandi. Xususan, turizm, ziyorat turizmi borasida ilmiy tadqiqotlar, tarixiy hodisalarni virtual voqelik asosida о ‘rganish, ajdodlar meroslarining raqamli resurslar bazasini yaratish va boshqa tadqiqotlarni ко ‘rsatish mumkin.
135-1408672026-05-16 -
СУРХОН ВОҲАСИДАГИ БУЛОҚЛАР БИЛАН БОҒЛИҚ ЭКОТУРИСТИК ЗИЁРАТГОҲЛАР
Санабар ДЖУРАЕВА (Muallif)Мазкур мақолада Сурхон воҳасидаги муқаддас зиёратгоҳларнинг шаклланиш тарихи, уларнинг илм-фан, ислом дини, касб-ҳунар, тиббиёт, табиат ва жамият ўртасидаги уйғунликни ривожлантиришга ҳисса қўшган буюк уламолар ҳаёти билан боғлиқлиги, у ерда ҳоки ётган кишиларни улуғлаш, зиёратгоҳларининг муқаддас жойларга айланганлиги масалалари ёритилган. Шу билан бирга экотуризм, булоқлар билан боғлиқ хўжалар номи билан аталган зиёрат объектлари тарихи, одамлар у ерга фақат зиёрат учун эмас, шифо излаб келиши каби муҳим жиҳатлари ҳам илмий маълумотлар асосида таҳлил қилинган.
3-62212026-09-30 -
QUDDUS PRAVOSLAV PATRIARXLIGINING TARIXIY SHAKLLANISHI VA BOSHQARUV TIZIMI
Zilola Zafar qizi TOIROVA (Muallif)Ushbu maqolada Quddus Rum Pravoslav Patriarxligining vujudga kelishi, tarixiy shakllanishi hamda turli siyosiy hokimiyatlar davridagi faoliyati tahlil qilinadi. Xususan, cherkovining patriarxlik maqomiga ko‘tarilishi, Xalkidon Soborining bu jarayondagi ahamiyati hamda Vizantiya davrida Quddusning xristian ziyorat markaziga aylanishi masalalari yoritiladi. Vizantiya hukmronligi, arab xalifaligi, salib yurishlari, mamluklar va Usmoniylar hukmronligi ostida bo‘lgan davrida patriarxlikning huquqiy holati, muqaddas joylar bilan bog‘liq vakolatlari va diniy mavqei yoritiladi.
91-952982026-08-13 -
INTEGRATSIYALASHGAN MARKETING STRATEGIYASINING TURIZM BOZORLARIDAGI О‘RNI VA AHAMIYATI
Анвар ХУДОЯРОВ (Muallif)Mazkur maqolada jahon iqtisodiyotida turizm bozoridagi keskin raqobat kurashi natijasida О‘zbekistonda turizm tarmoqlarining samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida sohada integratsiyalashgan marketing strategiyasi elementlaridan faollik bilan keng kо‘lamda foydalanish bо‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
58-6035112026-08-03 -
IQTISODIY RIVOJLANISH VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA INVESTITSIYA SIYOSATI VA INVESTITSIYA FAOLIYATINING O‘RNI
Anvar XUDOYAROV (Muallif)XXI asrga kelib iqtisodiy globallashuv yanada kengayib bormoqda hamda ilm-fan va texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Xalqaro iqtisodiy tajribalarga ко ‘ra mamlakatning rivojlanish darajasi, ya ’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy о ‘sishi ко ‘p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog ‘liq bo ‘Imoqda. Ayniqsa, bugungi kunda investitsiya siyosati ta’sir etuvchi iqtisodiy omil sifatida o‘z о ‘rniga ega. Xar qanday mamlakatning istiqboli investitsiyalarni samarali va manzilli jalb etish holatiga bog ‘liq bo ‘Imoqda.
123-12747132026-05-21 -
YASHIL SUKUK – KORXONALAR INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YECHIMI
Ravshan ABDULLAEV, Maxammadjon ORIFJONOV (Muallif)Ushbu maqolada yashil sukuk korxonalarning innovatsionfaoliyatini rivojlantirishning zamonaviy usuli sifatida atroflicha о ‘rganilgan. Xususan, maqolada innovatsiya tushunchasi, uning ta’rifi, korxonalarda hozirgi raqobat darajasi yuqori bo ‘Igan bozorda innovatsion faoliyatini rag'batlantirishning dolzarbligi, korxonalar innovatsion faoliyatini moliyalashtirish usullari, yashil sukuk tushunchasi, yashil sukukning hozirgi holati va yashil sukuk innovatsiyalarni rag ‘batlantirishning zamonaviy usuli sifatida hozirda mavjud va dolzarb bo ‘Igan eng so ‘nggi malumotlar asosida atroflicha yoritilgan.
130-1347282026-05-16

