- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING IJTIMOIY ONG VA QADRIYATLARGA TA’SIRI
Shuxratjon Sheraliyevich RAJABOV (Muallif)Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) zamonaviy jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli makon shaxsning dunyoqarashi, axloqiy tushunchalari va ijtimoiy xulq-atvorini shakllantirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va algoritmik filtrlash mexanizmlari orqali axborot oqimining boshqarilishi “echo chamber” effekti va selektiv ong shakllanishiga olib kelishi mumkinligi asoslanadi. Shu bilan birga, AKT tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, global muammolar yuzasidan xabardorlikni oshirish va ijtimoiy tashabbuslarni kengaytirish imkonini beradi. Tadqiqot AKTni nafaqat texnologik vosita, balki ijtimoiy ongni shakllantiruvchi murakkab ijtimoiy mexanizm sifatida talqin qiladi.
109-112315282026-08-13 -
BMT MINBARIDA TA’LIM: YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Zebo Xamidovna KASIMOVA , Nargiza Jamolidinovna JO‘RAYEVA (Muallif)Ushbu maqolada hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, davlat siyosati va O‘zbekistonning xalqaro miqyosda inson kapitaliga qaratayotgan e’tiboriga oid tahliliy materiallar keltirilgan. Alohida e’tibor 2025-yil 23-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqiga qaratilgan. Ushbu nutqda u “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi kontekstida yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi va bu yo‘nalishda erishilgan natijalar bo‘yicha mamlakatning pozitsiyasini jahon hamjamiyati oldida bayon etdi.
18-20435192026-09-19 -
SUN’IY INTELLEKT VA CHATBOTLARNING MEHMONXONA VA TURISTIK XIZMATLARDA QO‘LLANILISHI
Mavlyuda XODJAYEVA (Muallif)Ushbu maqolada sun 'iy intellekt (SI) va chatbot texnologiyalarining zamonaviy turizm va mehmonxona xizmatlari tizimida qo ‘llanilishi chuqur tahlil etiladi. So ‘nggiyillarda raqamli texnologiyalar tez sur 'atlar bilan rivojlanib, turistik xizmatlar ко ‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va mijozlarga yo ‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirishda muhim vositaga aylandi. Xususan, chatbotlar orqali xizmat ко ‘rsatish sifati oshib, real vaqt rejimida mijozlar ehtiyojlariga javob berish imkoniyati kengaydi. Maqolada sun ’iy intellekt va chatbotlarning nazariy asoslari, ularning texnologik xususiyatlari, jahon va O'zbekiston amaliyotidagi qo'llanilishi, afzalliklari, mavjud muammolar va istiqbolliyo ‘nalishlaryoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida turizm sohasida raqamli innovatsiyalarni yanada rivojlantirish bo'yicha ma ‘lumotlar berilgan.
121-125472262026-05-16

