- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
YANGI MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY HAMKORLIK VA INTEGRATSIYA ISTIQBOLLARI
Musurmon XURRAMOV (Muallif)Ushbu maqola Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va integratsiya jarayonlarining yangi bosqichini tahlil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida siyosiy muloqotning institutsional shakllanishi, iqtisodiy hamkorlikning faollashuvi, suv-energetika masalalarida qo‘shma mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilishi, xavfsizlik va madaniy-gumanitar integratsiyaning istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Maqolada mintaqaning barqaror rivojlanishi, xalqaro tizimdagi o‘rni va kelajak istiqbollari hamkorlikning strategik ahamiyati nuqtai nazaridan ochib beriladi.
49-52346152026-09-19 -
ҲОЗИРГИ КУНДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИНИНГ ҲАМКОРЛИГИ ВА ИНТЕГРАЦИЯСИНИ МУСТАҲКАМЛАШ ЙЎНАЛИШЛАРИ
Шухрат ТОХТИЕВ (Muallif)Ushbu maqola Markaziy Osiyo mamlakatlarida (Qozog'iston, Qirg'iziston, Tajikistan, Turkmaniston va O'zbekiston) mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani chuqurlashtirishning asosiy yo ‘nalishlarini ко ‘rib chiqadi. Tahiti integratsiyaning siyosiy, iqtisodiy, geostrategik va ijtimoiy-madaniy shartlariga asoslanadi. Quyidagi ustuvor yo'nalishlar ajratib ко ‘rsatilgan: iqtisodiy integratsiya va savdo; energiya va suv resurslari; transport va tranzit; xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash; raqamli transformatsiya va ta 'Um; institutsional rivojlanish; va mintaqaviy hamkorlik formatlari. Har bir yo ‘nalish bo ‘yicha alohida mexanizmlar, amalga oshirish bosqichlari va asosiy to ‘siqlarni bartaraf etish ho ‘yicha tavsiyalar taklif etiladi.
103-107344352026-05-20 -
MUSULMON DUNYOSIDA MAHALLA TIZIMI – IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA DINLARARO MULOQOT PLATFORMASI
Odiljon ERNAZAROV (Muallif)Mazkur maqolada musulmon dunyosida mahalla tizimining shakllanish tarixi hamda uning ijtimoiy va dinlararo munosabatlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Mahalla nafaqat hududiy birlik, balki ijtimoiy nazorat, o‘zaro yordam, diniy hayot va iqtisodiy hamkorlikni ta’minlovchi muhim institut sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Makka va Madinadagi dastlabki joylashuvlardan boshlab, Umaviylar, Abbosiylar va Usmonlilar davrida mahalla tizimining rivojlanish bosqichlari yoritiladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Andalusiya shaharlari misolida turli din vakillarining bir hududda yoki qo‘shni mahallalarda yashash tajribasi tahlil qilinadi. Maqolada mahalla tizimi diniy va etnik farqlarni saqlagan holda ijtimoiy integratsiya, qo‘shnichilik va hamkorlikni ta’minlaganligi asoslab beriladi.
71-76232222026-08-13 -
CHET TILLARINI OʻQITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR: RAQAMLI TAʼLIM MUHITI, METODLAR VA VOSITALAR INTEGRATSIYASI
Yorqin SHUKUROV (Muallif)Mazkur maqola chet tillarini oʻqitish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarning oʻrni va ularni taʼlim jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlariga bagʻishlangan. Unda raqamli taʼlim muhitini yaratishda interaktiv oʻqitish metodlari, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasining nazariy va amaliy ahamiyati tahlil etilgan. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar orqali talabalarda kommunikativ kompetensiya, mustaqil fikrlash va chet tillarga boʻlgan motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan. Maqola chet tillarini oʻqitishni takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar va yechimlarni oʻz ichiga oladi.
8-11301282026-08-08 -
OʻZBEKISTON TASHQI SIYOSATINING ASOSIY TAMOYILI: OCHIQ MULOQOT VA KONSTRUKTIV HAMKORLIK
Yorqin SHUKUROV (Muallif)Ushbu maqola Yangi Oʻzbekistonning tashqi siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlarni tahlil qiladi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ochiqlik, oʻzaro tushunish va konstruktiv hamkorlik tamoyillari asosida mintaqaviy va global aloqalarni mustahkamlash strategiyasi koʻrib chiqilgan. Maqola Oʻzbekistonning xalqaro sheriklikni rivojlantirishga qat'iy intilayotganini koʻrsatadi.
46-48266172026-09-19 -
INTEGRATSIYALASHGAN MARKETING STRATEGIYASINING TURIZM BOZORLARIDAGI О‘RNI VA AHAMIYATI
Анвар ХУДОЯРОВ (Muallif)Mazkur maqolada jahon iqtisodiyotida turizm bozoridagi keskin raqobat kurashi natijasida О‘zbekistonda turizm tarmoqlarining samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida sohada integratsiyalashgan marketing strategiyasi elementlaridan faollik bilan keng kо‘lamda foydalanish bо‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
58-60327232026-08-03 -
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI DOIRASIDA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING AHAMIYATI
Anvar Аidjanovich XUDOYAROV (Muallif)XXI asrga kelib iqtisodiy globallashuv yanada kengayib bormoqda hamda ilm-fan va texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Dunyoning barcha davlatlari tinchlik va taraqqiyotning tarixiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turli xatarlar va qiyinchiliklarni kamaytirish uchun mintaqaviy hamkorlikka qadam qo‘yishni tezlashtirmoqda. Zamonaviy xalqaro munosabatlar tarixida Shanxay xamkorlik tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi ulkan konstruktiv iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi.
85-89297162026-07-31 -
O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI YO‘NALIShI VA ISTIQBOLLARI
Adhamjon Baxtiyorjon o‘g‘li MAMADJONOV (Muallif)Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tashqi siyosatida turkiy davlatlar tashkilotining o‘rni va ahamiyati, ishtirokning tarixi hamda zamonaviy bosqichi, kelgusidagi istiqbollari tahlilini amalga oshirish va tavsiyalar berishdan iborat. Maqolada O‘zbekistonning TDT dagi ishtiroki, uning nazariy asoslari, zamonaviy jihatlari o'rganilgan. Davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari, davlat hukumat vakillarining keng va tor doiradagi yig‘ilishlari va undan ko‘zlangan maqsadlar shuningdek, ushbu aloqalardan kutilayotgan istiqbollar muhokama etilgan hamda nazariy takliflar ishlab chiqilgan.
72-76431172026-07-29 -
AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA SHAXSNI TANIB OLISH ALGORITMI
Turdali JUMAYEV (Muallif)Mazkur maqolada axborot xavfsizligini ta 'minlashda biometrik autentifikatsiya texnologiyalarining ahamiyati vayuz orqali shaxsni tanib olish usullarining dolzarbligi tahlil qilinadi. Tadqiqot Local Binary Pattern Histogram (LBPH) algoritmi asosida shaxsni aniqlash yondashuviga qaratilgan. Maqolada algoritmning nazariy asoslari, yuz tasviridagi lokal tekstura xususiyatlarini ajratib olish, tasvirni bloklarga bo 'lish, har bir blok uchun histogramlarni shakllantirish va ularni solishtirish orqali shaxsni aniqlash jarayoni batafsilyoritilgan. Shuningdek, LBPH algoritmining hisoblash murakkabligi pastligi, real vaqt rejimida ishlash imkoniyati va apparat resurslariga kam talab qo 'yishi uning axborot xavfsizligi tizimlarida samarali qo jlanishini ta 'minlaydi. Tadqiqot davomida algoritmning amaliy afzalliklari, shuningdek. tasvir sifati, yorug 'lik sharoiti vayuz holatining о ‘zgarishiga bog'liq cheklovlari ham baholandi. Olingan natijalar LBPH algoritmi kichik va o'rta darajadagi axborot xavfsizligi tizimlarida samarali ishlashini ко 'rsatadi va uni qo 'shimcha himoya mexanizmlari bilan integratsiya qilish orqali tizimning umumiy ishonchliligini oshirish mumkinligini tasdiqlaydi.
108-111382262026-05-22 -
O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKKA OID ISLOHOTLAR KAFOLATLANISHINING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIDAGI AHAMIYATI
Moxira JUMANIYAZOVA (Muallif)Mazkur maqolada BMTning 80-yubleyi dasturida ko‘zda tutilgan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bergan taklif va mulohazlarining tahliliga bag‘ishlanadi. Shuningdek, unda Markaziy Osiyoning integratsiyalashuvida O‘zbekistonda, xususan Qozog‘istonda gender tenglikka doir davlat siyosatining amalga oshirilishidagi o‘ziga xosliklar to‘g‘risida ham tahliliy xulosalar taqdim etilgan.
66 - 68211252026-07-08 -
IQTISODIY RIVOJLANISH VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA INVESTITSIYA SIYOSATI VA INVESTITSIYA FAOLIYATINING O‘RNI
Anvar XUDOYAROV (Muallif)XXI asrga kelib iqtisodiy globallashuv yanada kengayib bormoqda hamda ilm-fan va texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Xalqaro iqtisodiy tajribalarga ко ‘ra mamlakatning rivojlanish darajasi, ya ’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy о ‘sishi ко ‘p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog ‘liq bo ‘Imoqda. Ayniqsa, bugungi kunda investitsiya siyosati ta’sir etuvchi iqtisodiy omil sifatida o‘z о ‘rniga ega. Xar qanday mamlakatning istiqboli investitsiyalarni samarali va manzilli jalb etish holatiga bog ‘liq bo ‘Imoqda.
123-127439192026-05-21 -
O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKKA OID ISLOHOTLAR KAFOLATLANISHINING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIDAGI AHAMIYATI
Moxira JUMANIYAZOVA (Muallif)Mazkur maqolada В Mining 80-yubleyi dasturida ko'zda tutilgan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga doir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bergan taklif va mulohazlarining tahliliga bag'ishlanadi. Shuningdek, unda Markaziy Osiyoning integratsiyalashuvida 0‘zbekistonda, xususan Qozog ‘istonda gender tenglikka doir davlat siyosatining amalga oshirilishidagi о ‘ziga xosliklar to ‘g ‘risida ham tahliliy xulosalar taqdim etilgan.
66-68274212026-05-20 -
FORS TILINI O‘QITISHDA TEXNOLOGIYANING ROLI: TILNI O‘RGANISH DASTURLARI, INTERFAOL ONLAYN O‘QUV PLATFORMALARI
Zokir ARIFDJANOV (Muallif)Ushbu maqoladafors til ini о ‘qitishda zamonaviy texnologiyalar, xususan, tilni o'rganish dasturlari va interfaol onlayn platformalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada texnologik vositalarning til о ‘rganish jarayonidagi samaradorligi, afzalliklari va cheklovlari muhokama qilinib, ularni ta limjarayoniga integratsiya qilish masalalari ко ‘rib chiqiladi.
75-79301222026-04-08

