- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
O‘ZBEKISTONNING BMT MINBARIDAGI TASHABBUSLARI VA MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY HAMKORLIKNI CHUQURLASHTIRISHDA UNING O‘RNI
Otabek Ramazonovich NAZAROV (Muallif)Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining BMT minbaridan ilgari surayotgan tashabbuslari, xususan, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, barqaror rivojlanish hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalariga doir g‘oyalar yoritilgan. Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlab, mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.
92-95202026-09-19 -
YASIL MODERNIZATSIYA: BARQAROR VA ADOLATLI KELAJAKGA YO‘L
Наргиз Иркиновна ДЖУМАЕВА (Muallif)O‘sib borayotgan iqlim, resurs va ijtimoiy muammolar sharoitida yashil modernizatsiya barqaror rivojlanishning asosiy yo‘nalishiga aylanmoqda. Bu ekologik muvozanat, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolatga erishishga qaratilgan iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarini o‘zgartirishning murakkab va ko‘p qirrali jarayonidir. Maqolada yashil modernizatsiyaning asosiy jihatlari, uning maqsadlari, tamoyillari, amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, barqaror kelajak qurish istiqbollari va to‘siqlari ko‘rib chiqiladi.
54-57202026-09-18 -
TINCHLIK SARI O‘ZBEKISTON YO‘LI: BMT TIZIMIDA GLOBAL XAVFSIZLIK ARXITEKTURASINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDA TASHABBUSLAR
Javohirxon SOBIROV (Muallif)Mazkur maqolada XXI asrda insoniyat oldida turgan global tahdidlar – iqlim o‘zgarishi, yadroviy xavf, terrorizm, kiberxavfsizlik va pandemiyalar kabi muammolarni bartaraf etishda xalqaro hamkorlik mexanizmlarining ahamiyati tahlil qilinadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 80-sessiyasi doirasida global xavfsizlik arxitekturasini takomillashtirish, BMT tizimini isloh qilish va ko‘p tomonlama diplomatik muloqotni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida ilgari surilgan asosiy tashabbuslar – BMT Xavfsizlik Kengashini modernizatsiya qilish, terrorizmga qarshi kurash va reintegratsiya bo‘yicha mintaqaviy kengashni xalqaro kompetentsiya markaziga aylantirish, shuningdek, O‘zbekistonda mintaqaviy terrorizmga qarshi idora ochish takliflari ilmiy asosda tahlil etilgan.
81-84202026-09-19

