- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MUQADDAS OILA GENEALOGIYASINING XUSUSIYATLARINI O‘RGANISHDA ILMIY YONDASHUV
Мохичехра ХОЛМИРЗАЕВА (Muallif)Ushbu maqola Muqaddas Oila nasabnomasining xristian va islom an ’anasidagi ilmiy tadqiqiga bag ‘ishlangan. Matto va Luqo Injillaridagi nasablar, ularning tafovutlari, sonli tuzilmalari va ilohiy maqsadlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, Matto rodosloviyasidagi ayollarning roli alohida yoritiladi. Islomiy qarash Imron oilasi, Qur’onda Maryam va Iso obrazlari orqali ifodalanadi. Tadqiqot Brown, Bryan, Muretov kabi klassik va zamonaviy manbalarga tayangan. Matnshunoslik, tarixiy-tanqidiy va qiyosiy uslublar qo ‘llanilgan. Maqolaning maqsadi -nasablarmng ramziy va teologik mazmunini ochih berish, shuningdek, Muqaddas oilaning nasabiga oid dinlararo talqinlar orasidagi umumiyliklarni ко ‘rsatishdir.
26-3386142026-05-16 -
QUDDUS PRAVOSLAV PATRIARXLIGINING TARIXIY SHAKLLANISHI VA BOSHQARUV TIZIMI
Zilola Zafar qizi TOIROVA (Muallif)Ushbu maqolada Quddus Rum Pravoslav Patriarxligining vujudga kelishi, tarixiy shakllanishi hamda turli siyosiy hokimiyatlar davridagi faoliyati tahlil qilinadi. Xususan, cherkovining patriarxlik maqomiga ko‘tarilishi, Xalkidon Soborining bu jarayondagi ahamiyati hamda Vizantiya davrida Quddusning xristian ziyorat markaziga aylanishi masalalari yoritiladi. Vizantiya hukmronligi, arab xalifaligi, salib yurishlari, mamluklar va Usmoniylar hukmronligi ostida bo‘lgan davrida patriarxlikning huquqiy holati, muqaddas joylar bilan bog‘liq vakolatlari va diniy mavqei yoritiladi.
91-952982026-08-13 -
СУРХОН ВОҲАСИДАГИ БУЛОҚЛАР БИЛАН БОҒЛИҚ ЭКОТУРИСТИК ЗИЁРАТГОҲЛАР
Санабар ДЖУРАЕВА (Muallif)Мазкур мақолада Сурхон воҳасидаги муқаддас зиёратгоҳларнинг шаклланиш тарихи, уларнинг илм-фан, ислом дини, касб-ҳунар, тиббиёт, табиат ва жамият ўртасидаги уйғунликни ривожлантиришга ҳисса қўшган буюк уламолар ҳаёти билан боғлиқлиги, у ерда ҳоки ётган кишиларни улуғлаш, зиёратгоҳларининг муқаддас жойларга айланганлиги масалалари ёритилган. Шу билан бирга экотуризм, булоқлар билан боғлиқ хўжалар номи билан аталган зиёрат объектлари тарихи, одамлар у ерга фақат зиёрат учун эмас, шифо излаб келиши каби муҳим жиҳатлари ҳам илмий маълумотлар асосида таҳлил қилинган.
3-62212026-09-30 -
ISLOM – EZGULIK VA TINЧЛИК DINI
Akmalxon AKMALXONOV (Muallif)Islom – bu insoniyat tarixida eng keng tarqalgan dinlardan biri boʻlib, u ezgulik, tinchlik, tenglik, adolat va xayr-ehson qadriyatlariga asoslangan. Bu muqaddas din ta’limotlariga ko‘ra, insonlar bir-birlariga nisbatan mehribonlik, rahm-shafqat va hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari kerak. Islom dini musulmonlar uchun hayot tarzini belgilaydi, ularning eʼtiqodlari, axloqi va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini shakllantiradi.
123-1253582026-08-03 -
DINIY E’TIQODNING PSIXOLOGIK VA TASAVVUFIY XUXUSIYATLARI
Хўжагелди АЛИМОВ, Muqaddas Sadriddinovna HAKIMOVA (Muallif)Ishlab chiqarishning intensivlashishi, urbanizatsiyaning kuchayishi, ya’ni yirik shaharlarning vujudga kelishi va u bilan bog’liq asablarning toliqishi, taranglashishi, ekologik buzilishlar, turli havf-xatarlarning kuchayishi kabi ijtimoiy faktorlar odamlarda umidsizlik, ojizlik, qo’rquv, ertangi kunga ishonmaslik, yolg’izlanish kabi kayfiyatlarni tug’diradi. Bu hil kayfiyat va ruhiy holat kishilarni turli yo’llar bilan bunday vaziyatdan chiqib ketishga undaydi…
133-1372422026-08-02 -
ZAMONAVIY INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA VIRTUAL TURIZMNI RIVOJLANTIRISH
Mavlyuda XODJAYEVA, Bakhtiyor YORMATOV (Muallif)Maqola virtual turizmni rivojlantirishda zamonaviy informatsion texnologiyalarning qo`llanilishiga bag`ishlangan bo`lib, unda virtual turizmni rivojlantirish muammolari, echimlari va bu yo`nalishda qilingan ishlar natijalari bayon qilingan. Dasturiy ta`minotni ishlab chiqishda Php, Java, C ++, Unreal engine 4 kabi dasturlash tillaridan foydalanilgan. Tarixiy obidalar tabiatning va vaqtning shafqatsiz ta’siri ostida juda noziklashib, hattoki vayron bo’lish darajasiga etgan. Maqolada ana shunday muqaddas qadamjolarning virtual ko’rinishini zamonaviy informatsion texnologiyalar yordamida ishlab chiqish va kelajak avlodga etkazish masalasi ko`rilgan.
58-612732026-08-06 -
«Toshkentdagi Usmon mushafi: tadqiqotlar davom etmoqda»
Ahadjon HASANOV (Muallif)Ushbu maqolada islom olamidagi eng qadimiy qo'lyozmalardan biri – Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi, uning saqlanish sharoitlari va ilmiy tadqiqotlar natijalari bayon etiladi. Muallif Qur'oni karim matnlarining jamlanish tarixi, vahiy kotiblari va mushafning Movarounnahrga kelib qolish yo'llarini tahlil qiladi. Shuningdek, ushbu muqaddas yodgorlikni har tomonlama o'rganish bo'yicha ilmiy vazifalar белгилаб берилади. Бу каби тадқиқотлар илмий ва маънавий ҳаётимизда катта аҳамият касб этади.
34-371422026-08-03 -
ALI IBN HUSAYN MAS’UDIYNING “MURUJ AZ-ZAHAB” ASARIDA ZARDUSHT FAOLIYATINING YORITILISHI
Mumin ABDUPATTAYEV (Muallif)O'rta asrlar musulmon muarrix-dinshunos olimlar о ‘z asarlarida turli dinlar la ’limotlari, marosimlari, ibodatlari va muqaddas manbalari bilan birga din asoschilari haqida ham batafsil ma’lumot berib о ’tkanlar. Ushbu maqolada О ‘rta asrlar muarrixi AU ibn Husayn Mas ’udiyning “Muruj az-zahab ” asarida zardushtiylik dini “payg'ambari” Zardushtning hayoti va faoliyati haqida kelgan ma’lumotlar Beruniy va Shahristoniy kabi olimlarning asarlari bilan qiyosiy tahlil qilinadi.
79-82106132026-05-22 -
PRAVOSLAV CHERKOVIDA ZIYORAT: TARIX VA HOZIRGI ZAMON
Хуршидабону АБДУХАЛИЛОВА, Азиза НОСИРОВА (Muallif)Maqola pravoslav cherkovida ziyoratlarning о ‘rganilishiga, uning tarixiy rivojlanishiga va zamonaviy tendensiyalariga bag ‘ishlangan. Ziyorat pravoslav xris tian lari hayotida muhim ahamiyatga ega bo'Hb, bu imonning ifodasi, ruhiy amaliyot va Iso Masih hamda xristianlar tarixidagi muhim voqealar bilan bog ‘liq bo jgan tarixiy joy I ar bilan aloqadir. Maqolada pravoslavlikda ziyorat an ’analarining rivojlanishi, xristianlikning dastlabki asrlaridan boshlab va tarixiy о 'zgarishlarningziyoratga turli davrlarida tasiri ко‘rib chiqUadi. Zamonaviy pravoslav an ’analarida ziyoratlarning hozirgi holatiga, shu jumladan ziyorat safarlariningyangi shakllariga va zamonaviy xristianlar duch kelayotgan muammolarga qaratilgan.
112-11638122026-05-16 -
OILA VA NIKOH INSTITUTINI MUSTAHKAMLASHDA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VIJDON ERKINLIGINI TA’MINLASH VA DINIY SOHADAGI DAVLAT SIYOSATI KONSEPSIYASI”NING AHAMIYATI
Moxira JUMANIYAZOVA (Muallif)Mazkur maqolada 2025-yil 25-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining ahamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, unda keltirilgan bandlar, xususan, oila va nikoh munosabatlari yo‘nalishida aks etgan me’yoriy xulosalar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Oila institutini mustahkamlash va nikoh muqaddas tushuncha ekanligi konsepsiyada yanada ochiqlanganligiga e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, bir necha tavsiyaviy xulosalar ham taqdim etilgan.
41112026-07-08 -
OILA VA NIKOH INSTITUTINI MUSTAHKAMLASHDA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VIJDON ERKINLIGINI TA’MINLASH VA DINIY SOHADAGI DAVLAT SIYOSATI KONSEPSIYASI”NING AHAMIYATI
Moxira JUMANIYAZOVA (Muallif)Mazkur maqolada 2025-yil 25-fevralda qabul qilingan О ‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligini ta ’miniash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining ahamiyati haqida so 'z boradi. Shuningdek, unda keltirilgan bandlar, xususan, oila va nikoh munosabatlari yo 'nalishida aks etgan me yoriy xulosalar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Oila institutini mustahkamlash va nikoh muqaddas tushuncha ekanligi konsepsiyada yanada ochiqlanganligiga e ’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, bir necha tavsiyaviy xulosalar ham taqdim etilgan.
30-33142102026-05-13

