- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
YANGI MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY HAMKORLIK VA INTEGRATSIYA ISTIQBOLLARI
Musurmon XURRAMOV (Muallif)Ushbu maqola Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va integratsiya jarayonlarining yangi bosqichini tahlil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida siyosiy muloqotning institutsional shakllanishi, iqtisodiy hamkorlikning faollashuvi, suv-energetika masalalarida qo‘shma mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilishi, xavfsizlik va madaniy-gumanitar integratsiyaning istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Maqolada mintaqaning barqaror rivojlanishi, xalqaro tizimdagi o‘rni va kelajak istiqbollari hamkorlikning strategik ahamiyati nuqtai nazaridan ochib beriladi.
49-523332026-09-19 -
СУРХОН ВОҲАСИДАГИ БУЛОҚЛАР БИЛАН БОҒЛИҚ ЭКОТУРИСТИК ЗИЁРАТГОҲЛАР
Санабар ДЖУРАЕВА (Muallif)Мазкур мақолада Сурхон воҳасидаги муқаддас зиёратгоҳларнинг шаклланиш тарихи, уларнинг илм-фан, ислом дини, касб-ҳунар, тиббиёт, табиат ва жамият ўртасидаги уйғунликни ривожлантиришга ҳисса қўшган буюк уламолар ҳаёти билан боғлиқлиги, у ерда ҳоки ётган кишиларни улуғлаш, зиёратгоҳларининг муқаддас жойларга айланганлиги масалалари ёритилган. Шу билан бирга экотуризм, булоқлар билан боғлиқ хўжалар номи билан аталган зиёрат объектлари тарихи, одамлар у ерга фақат зиёрат учун эмас, шифо излаб келиши каби муҳим жиҳатлари ҳам илмий маълумотлар асосида таҳлил қилинган.
3-62212026-09-30 -
IQTISODIYOTNING EKOLOGIK TRANSFORMATSIYASI: YASHIL TEXNOLOGIYALAR ROLI VA XITOY-OʻZBEKISTON HAMKORLIGI ISTIQBOLLARI
Ольга Александровна СОРОКИНА (Muallif)Maqola global ekologik transformatsiyada yashil texnologiyalarning o‘rni, xususan Xitoy tajribasi va O‘zbekiston bilan hamkorligi misolida tahlil qilinadi. Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektromobillar, barqaror suv ta’minoti va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha global tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. “Yashil modernizatsiya”ning xitoycha modeli, “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi eksport salohiyati hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar alohida yoritiladi. Yashil texnologiyalar barqaror iqtisodiy o‘sish vositasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishi sifatida tahlil etiladi.
49-532342026-09-18 -
ҲОЗИРГИ КУНДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИНИНГ ҲАМКОРЛИГИ ВА ИНТЕГРАЦИЯСИНИ МУСТАҲКАМЛАШ ЙЎНАЛИШЛАРИ
Шухрат ТОХТИЕВ (Muallif)Ushbu maqola Markaziy Osiyo mamlakatlarida (Qozog'iston, Qirg'iziston, Tajikistan, Turkmaniston va O'zbekiston) mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani chuqurlashtirishning asosiy yo ‘nalishlarini ко ‘rib chiqadi. Tahiti integratsiyaning siyosiy, iqtisodiy, geostrategik va ijtimoiy-madaniy shartlariga asoslanadi. Quyidagi ustuvor yo'nalishlar ajratib ко ‘rsatilgan: iqtisodiy integratsiya va savdo; energiya va suv resurslari; transport va tranzit; xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash; raqamli transformatsiya va ta 'Um; institutsional rivojlanish; va mintaqaviy hamkorlik formatlari. Har bir yo ‘nalish bo ‘yicha alohida mexanizmlar, amalga oshirish bosqichlari va asosiy to ‘siqlarni bartaraf etish ho ‘yicha tavsiyalar taklif etiladi.
103-10779132026-05-20

