- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
TINCHLIK SARI O‘ZBEKISTON YO‘LI: BMT TIZIMIDA GLOBAL XAVFSIZLIK ARXITEKTURASINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDA TASHABBUSLAR
Javohirxon SOBIROV (Muallif)Mazkur maqolada XXI asrda insoniyat oldida turgan global tahdidlar – iqlim o‘zgarishi, yadroviy xavf, terrorizm, kiberxavfsizlik va pandemiyalar kabi muammolarni bartaraf etishda xalqaro hamkorlik mexanizmlarining ahamiyati tahlil qilinadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 80-sessiyasi doirasida global xavfsizlik arxitekturasini takomillashtirish, BMT tizimini isloh qilish va ko‘p tomonlama diplomatik muloqotni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida ilgari surilgan asosiy tashabbuslar – BMT Xavfsizlik Kengashini modernizatsiya qilish, terrorizmga qarshi kurash va reintegratsiya bo‘yicha mintaqaviy kengashni xalqaro kompetentsiya markaziga aylantirish, shuningdek, O‘zbekistonda mintaqaviy terrorizmga qarshi idora ochish takliflari ilmiy asosda tahlil etilgan.
81-84202026-09-19 -
OʻZBEKISTON TASHQI SIYOSATINING ASOSIY TAMOYILI: OCHIQ MULOQOT VA KONSTRUKTIV HAMKORLIK
Yorqin SHUKUROV (Muallif)Ushbu maqola Yangi Oʻzbekistonning tashqi siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlarni tahlil qiladi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ochiqlik, oʻzaro tushunish va konstruktiv hamkorlik tamoyillari asosida mintaqaviy va global aloqalarni mustahkamlash strategiyasi koʻrib chiqilgan. Maqola Oʻzbekistonning xalqaro sheriklikni rivojlantirishga qat'iy intilayotganini koʻrsatadi.
46-48402026-09-19 -
YANGI MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY HAMKORLIK VA INTEGRATSIYA ISTIQBOLLARI
Musurmon XURRAMOV (Muallif)Ushbu maqola Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va integratsiya jarayonlarining yangi bosqichini tahlil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida siyosiy muloqotning institutsional shakllanishi, iqtisodiy hamkorlikning faollashuvi, suv-energetika masalalarida qo‘shma mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilishi, xavfsizlik va madaniy-gumanitar integratsiyaning istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Maqolada mintaqaning barqaror rivojlanishi, xalqaro tizimdagi o‘rni va kelajak istiqbollari hamkorlikning strategik ahamiyati nuqtai nazaridan ochib beriladi.
49-52202026-09-19 -
O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMI RIVOJLANISHI: HAMKORLIK VA ISTIQBOLLI REJALAR
Миродил ХАЙДАРОВ, Жасурбек АБДУҚОДИРОВ (Muallif)Maqolada O‘zbekistondagi xalqaro ziyorat туризми sohasidagi salohiyati, xususan, mamlakatdagi ziyorat turizmi rivoji uchun zarur bo‘lgan tarixiy sharoit, uning bugungi ziyorat turizmi obyekti sifatidagi o‘rni, bu boradagi o‘z yechimini kutayotgan vazifalar va istiqboldagi natijalar asosiy muhomaka mavzusi hisoblanadi. Qolaversa, maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat miqyosida ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlarning qisqacha bayoni keltirilgan. Shuningdek, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
72-75322026-08-02 -
IQTISODIYOTNING EKOLOGIK TRANSFORMATSIYASI: YASHIL TEXNOLOGIYALAR ROLI VA XITOY-OʻZBEKISTON HAMKORLIGI ISTIQBOLLARI
Ольга Александровна СОРОКИНА (Muallif)Maqola global ekologik transformatsiyada yashil texnologiyalarning o‘rni, xususan Xitoy tajribasi va O‘zbekiston bilan hamkorligi misolida tahlil qilinadi. Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektromobillar, barqaror suv ta’minoti va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha global tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. “Yashil modernizatsiya”ning xitoycha modeli, “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi eksport salohiyati hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar alohida yoritiladi. Yashil texnologiyalar barqaror iqtisodiy o‘sish vositasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishi sifatida tahlil etiladi.
49-53202026-09-18 -
“YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISHDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI MISABIDA EKKOLOGIK MUHIT BAQARORLIKNING O‘RNI VA BAHOLANISH.
Сурия ТУРАЕВА (Muallif)Maqolada ekologik barqarorlikning milliy barqaror rivojlanish strategiyalarini baholash mezoni sifatidagi roli ochib berilgan. Xalqaro indekslar asosida mintaqa davlatlarining qiyosiy tahlili o‘tkazildi. Xalqaro hamkorlik, dalillarga asoslangan baholash va miqdoriy ko‘rsatkichlarni siyosatga integratsiyalashuvining ahamiyati ta'kidlangan. Ko‘p faktorli indekslardan foydalanish tabiiy resurslarni boshqarishni optimallashtirish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq samarali ekologik strategiyalarni shakllantirish imkonini beradi.
58-64102026-09-18 -
«O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektoriga»
Majdiy ZA'BAL (Muallif)Mazkur qutlov maqolasida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasining tashkil etilishi va uning ilmiy faoliyati yuqori baholanadi. Muallif o'zbek xalqining buyuk ilmiy merosi va islom sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasini alohida e'tirof etadi. Shuningdek, ikki xalq o'rtasidagi madaniy-ma'rifiy aloqalarni mustahkamlash hamda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ilmiy yondashuvlarning o'rni ochib beriladi. Akademiyaning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ishonch bildirilib, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish zarurligi ta'kidlanadi.
9-9322026-08-03 -
ARAB MAMLAKATLARINING JAHON MADANIY MEROSIDAGI O‘RNI: YUNESKO TASNIFI ASOSIDA TARIXIY-ILMIY TAHLIL
Nilufar INOGOMJONOVA (Muallif)Ushbu maqolada YuNESKO konventsiyalari, tarixiy manbalar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida arab mamlakatlarining jahon madaniy merosidagi о ‘rni tahlil qilinadi. Arab dunyosining moddiy va nomoddiy merosi, xususan, Misr, lordaniya, SaudiyaArabistoni va Marokashyodgorliklari qadimgi va о ‘rta asrlar islom sivilizatsiyasining jahon madaniyatiga qo ‘shgan hissasini yoritib beradi. Tadqiqot natijalari arab merosining global sivilizatsiya uchun ahamiyatini, hozirgi tahdidlarni va xalqaro hamkorlik mexanizmlariga ehtiyojni ta ’kidlaydi.
50-536492026-05-20 -
YASHIL IQTISODIYOT O‘ZBEKISTON BARQAROR RIVOJLANISHINING STRATEGIK VEKTORI SIFATIDA: MUAMMOLAR, TASHABBUSLAR VA ISTIQBOLLAR
Лайло ТАШПУЛАТОВА (Muallif)Maqola O‘zbekiston Respublikasida “yashil iqtisodiyot” modeliga o‘tish jarayonini iqlim kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda yashil transformatsiyaning institutsional, huquqiy va iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar, ekologik siyosat, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlar tahlil qilinadi. Risklar qayd etiladi va 2035 yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish prognozlari shakllantiriladi.
24-31402026-09-18 -
SHAXSNI DESTRUKTIV SEKTALAR TA'SIRIDAN CHIQARISH METODLARI TARIXI VA EVOLYUTSIYASI TAHLILI
Нурылла Кеунимжаевич ТУРАМБЕТОВ (Muallif)Ushbu maqolada destruktiv sektalar g‘oyalari ta’siridan shaxsni сhiqarish usullarining tarixi tahlil qilingan. G‘arb davlatlarida bu yo‘nalish bo‘yicha qo‘llanilgan turli yondashuvlar va strategiyalar bilan birga Stiv Hassanning “Strategik o‘zaro hamkorlik” usuli ham yoritilgan. Sekta g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxs bilan ishlash bosqichlari va bundagi muammolar tahlil qilingan.
101-1041522026-08-07 -
XITOY VA O‘ZBЕKISTONNING TRANSPORT SOHASIDAGI HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING STRATЕGIK YO‘NALISHLARI
Mirabbos Ilyos o‘g‘li MIRG‘IYOSOV (Muallif)Mazkur maqolada Xitoy Xalq Rеspublikasi va O‘zbеkiston Respublikasi o‘rtasidagi transport sohasida hamkorlikni rivojlantirishning stratеgik yo‘nalishlari tahlil qilingan. Yo‘l qurilish, infratuzulmalarni shakllantirish, zamonaviy kam xarajat tеxnologiyalarni joriy qilish va approbatsiyadan o‘tkazish, muxandislik va konstruktorlik bo‘yicha Xitoy va O‘zbеkiston o‘rtasida ilmiy yangiliklar bilan almashinish va ushbu sohada band bo‘lgan olimlar, yosh izlanuvchilar va tadqiqotchilar, namunali va a’lo baholarda o‘qib kеlayotgan magistratura va bakalavriatura talabalari O‘zbеkistondan Xitoyning tеgishli ilmiy tadqiqot institutlariga, еtuk kompaniyalariga malaka oshirish uchun yuborish va shunga mutanosib ravishda Xitoyning yеtuk olimlarini mamlakatimizga jalb qilish va xalqaro konfеrеntsiyalar tashkil etish, sеminar trеyninglarni amalga oshirish yoki intеraktiv muloqatlarni yo‘lga qo‘yish va boshqa tadbirlarni faol amalga oshirish va ularning tajribalarini o‘rganish uchun sharoitlar yaratish va amalga oshirish transport sohasini yanada rivojlantirishga va uning zamonaviylashuviga hissa qo‘shilishi aniq bo‘ladi.
95-100222026-08-07 -
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI DOIRASIDA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING AHAMIYATI
Anvar Аidjanovich XUDOYAROV (Muallif)XXI asrga kelib iqtisodiy globallashuv yanada kengayib bormoqda hamda ilm-fan va texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Dunyoning barcha davlatlari tinchlik va taraqqiyotning tarixiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turli xatarlar va qiyinchiliklarni kamaytirish uchun mintaqaviy hamkorlikka qadam qo‘yishni tezlashtirmoqda. Zamonaviy xalqaro munosabatlar tarixida Shanxay xamkorlik tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi ulkan konstruktiv iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi.
85-891132026-07-31 -
O‘ZBEKISTONDAGI ZIYORATGOHLARNING MINTAQA ZIYORAT TURIZMI RIVOJIDA TUTGAN O‘RNI
Jasurbek Jonyigit o‘g‘li ABDUQODIROV (Muallif)Maqolada O‘zbekiston hududida joylashgan tarixiy yodgorliklar, ziyoratgohlar va ularning ziyorat turizmini rivojlantirishdagi imkoniyati, shuningdek, O‘zbekiston- ning xalqaro ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati, xususan, mamlakatdagi ziyorat turizmi rivoji uchun zarur bo‘lgan tarixiy sharoit, uning bugungi ziyorat turizmi obyekti sifatidagi o‘rni haqida so‘z boradi. Qolaversa, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirishdagi muammolar tahlil qilingan va ularning yechimlariga amaliy takliflar berilgan.
182-1851522026-08-03

