- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
“NASOYIH-I SHOHRUXIY” ASARINING MANBASHUNOSLIK TAHLILI
Jakhongir TURDIMIRZAYEV (Muallif)Temuriylar davriga oid manbalar Markaziy Osiyo tarixshunosligida alohida о Tin tutadi. Ushbu yozma yodgorliklar Temuriylar davrini о 'rganishda muhim daliliy asos bo Tib, temuriylarning davlat boshqaruvi tamoyillari, harbiy harakatlari hamda davrning ijtimoiy-siyosiy muhitini tasvirlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada Shohrux Mirzo davrida muhtasib lavozimida faoliyat olib borgan Jaloliddin Muhammad Qoiniyning “Nasoyih-i Shohruxiy" asari tadqiq qilingan. Bu asarda asosan hukmdorga diniy yo 7-yo 'riq ко ‘rsatish, siyosiy maslahatlar berish, adolat tamoyillarini tushuntirish va jamiyatda tartib va barqarorlikni ta ’miniash haqidagi qarashlar yoritilgan. Mazkur asar Temuriy Shohrux Mirzo davri ijtimoiy hayotini yoritishda Juda ahamiyatlidir
E’tiborli jihati shundaki, bu asar temuriylar davri uchun hali tadqiq qilinmagan va muomalaga kiritilmagan manbalardan biridir. Ushbu tadqiqotda muallijning hayoti, asarning yozilish tarixi, sabablari, qo Tyozma nusxasi, uning kodikologiyasi, tarixiy qimmati va tarixshunoslikdagi o'rni tahlil qilingan. Asar kodikologiyasini о Tganish bilan qo Tyozma Hirot xattotlik maktabi an ’anal ar i, Temuriylar davriga xos bezak uslublari haqida ham qimmatli ma Tumotlar tahlil qilingan.
Tadqiqot ushbu asarning manbashunoslik nuqtai nazaridan ahamiyatini ochib, uning hozirgi davrdagi ijtimoiy-ma ’naviy jarayonlar uchun ham dolzarbligini ilmiy tahlil asosida asoslaydi.60-6752518-05-2026 -
TEMURIYLAR VA USMONIYLAR O‘RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR
Elyorbek TURDIMIRZAYEV (Muallif)Uch mi ng yillik o'zbek davlatchiligi tarixida Temuriylar sulolasi madaniy, iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan eng yuksak bosqichlardan biri sifatida boshqa sulolalardanfarqlanadi. Bu esa nafaqat ichki siyosat va madaniyat taraqqiyoti, balki tashqi siyosat borasida ham katta muvaffaqiyatlar bilan xarakterlanadi.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur (1336-1405) va uning vorisi Shohruh Mirzo (1377-1447) hukmronligi davrida Temuriylar sulolasi Usmoniylar sulolasi bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarda siyosiy va geosiyosiyjihatdan ancha ustun mavqeda bo 'lgan. Bu ustunlik ikki sulola о ‘rtasidagi strategik aloqalarda, harbiy-diplomatik munosabatlarda hamda mintaqaviy kuchlar muvozanatini shakllantirish jarayonida yaqqol namoyon bo ‘Igan.
Mazkur maqolada arab, fors, usmonli va ovropa manbalariga suyangan holda Temuriylar va Usmoniylar sulolalari о ‘rtasidagi diplomatik munosabatlar qayyo 'sinda olib borilganligi va qanday natijalar bo'lganligi tahlil qilingan.30-37331014-05-2026 -
TEMURIYLAR DAVLATI TASHQI SIYOSATI ARAB MANBALARIDA: TEMURIYLAR VA MAMLUKLAR
Elyorbek TURDIMIRZAYEV (Muallif)Temuriylar davri bilan bog‘liq manbalarning ko‘pi fors tilida bo‘lishi bilan birgalikda arab manbalarida ham bu davr bo‘yicha muhim ma’lumotlar mavjud. Xususan, temuriylar va mamluklar o‘rtasidagi munosabatlar ham keng va ancha batafsil yoritilgan. Bu ishimizda ko‘proq arab tarixchilarining asarlariga tayandik. Shaxsan Amir Temur bilan uchrashgan yoki u bilan bir davrda yashagan arab tarixchilarining asarlaridan foydalandik.
Ma’lumki, XIV asr oxiri XV asr boshida Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Yaqin Sharq va Onado‘lida to‘rtta buyuk davlat bor edi. Bulardan birinchisi Movarunnahr va Eronda hukmron temuriylar, ikkinchisi Dashti Qipchoqda Oltin O‘rda xonligi, uchinchisi Misr va Suriyada mamluklar davlati, to‘rtinchisi Onado‘lida usmoniylar davlatidir.
Bizning tadqiqot mavzuyimiz temuriylar va mamluklar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar bo‘lishiga qaramasdan har ikki davlatga qo‘shni bo‘lgan va bevosita ular bilan diplomatik aloqada bo‘lgan davlatlarning munosabatlarini ham o‘rganishdan iborat.
Ushbu maqolada Amir Temur o‘zi tug‘ilib o‘sgan mintaqada hokimiyatni qo‘lga olib, uni mustahkamlagandan so‘ng, butun e’tiborini mamluk davlati hukmronligi ostida bo‘lgan Sharqiy Onado‘li va Suriya mintaqasiga qaratishi sabablarini o‘rganilgan.
Maqolada bu ikki davlatning o‘zaro aloqalari qachon boshlanganligi, bu davlatlar orasidagi munosabatlarni taranglashtirgan omillar, bu ikki davlatning bir-biriga qarshi tuzgan ittiqfoqchiliklar, elchilik aloqalari, o‘zaro maktub almashinuvlari va ular o‘rtasida sodir bo‘lgan harbiy harakatlar ochib berilgan. Bundan tashqari, bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlari va o‘zaro ilmiy faoliyatlari qanday bo‘lganligi tadqiq etilgan.
12-207318-07-2026
