- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
HADIS TO‘PLAMLARIDA AXLOQ VA TARBIYAGA OID TERMINLARNING LUG‘AVIY VA ISTILOHIY TAHLILI
Muhabbatxon AGZAMOVA (Muallif)Islom dini о zining asosiy manbalari Qur 'oni karim va hadislar orqali nafaqat ihodat masalalarini, balki axloqiy fazilatlar, jamiyatda tinch-totuv hayot kechirish, о ‘zaro hurmat, insof sabr, halollik kabi umuminsoniy qadriyatlami ham keng targ ‘ih etadi. Payg ‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning “Men go'zal xulqni mukammallashtirish uchun yuborildim ” — degan so ‘zlari hu dinning markazida axloqiy tarhiyaning turganini aniq ifodalaydi va hadis ilmidagi axloqiy-tarbiyaviy terminlarni о ‘rganish mustaqil ilmiy yo ‘nalish sifatida shakllangan. Hadis to ‘plamlarida keng o‘rin olgan “Kitob al-Adab” bohlari orqali Rasululloh (s.a.v.)ning axloqiy fazilatlari, insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosahatlarga old ко ‘rsatmalari, kundalik hayotga tathiq etilishi lozim ho ‘Igan odob-axloq me ’yorlari hayon etiladi.
Hadis to ‘plamlarida axloqiy-tarbiyaviy mazmundagi rivoyatlar alohida kitohlar va boblar shaklida jamlangan. Masalan, Imom Buxoriy о ‘zining “al-Jome ‘ as-Sahih ” asarida “Kitob al-Adab ” bobida J28 kichik bob ostida 250 gayaqin hadis keltirgan ho ‘Isa, “al-Adah al-Mufrad” nomli alohida asarini hutkul axloqiy mavzularga hag ‘ishlagan. Shuningdek, Imom Termiziyda “Kitob al-hirr va as-sila ”, Imom Muslimda “Kitob al-birr”, Imom Abu Dovudda “Kitob al-adab ”, Imom Dorimiyda “Kitab al-raqoiq ” kabi boblar mavjud ho ‘lib, ularda axloqiy-tarbiyaviy hadislarjamlangan.
Bu hoblarda ко ‘p uchraydigan asosiy tushunchalar - adah, birr, raqoiq, zuhd, xulq, rahm, sabr, shukr kabi lug ‘aviy va istilohiy jihatdan hoy ma ’noga ega terminlar asosida shakllangan. Masalan, “adah ” lug ‘atda “go ‘zal odoh, muomala madaniyati, axloqiy go ‘zallik ” ma 'nolarini hildiradi. Istilohda esa hu - Rasululloh (s.a.v.) sunnatiga asoslangan axloqiy amallar tizimini anglatadi. “Birr ” esa “yaxshilik, ezgulik qilish ” degani bo ‘Isa, istilohda buAllohga itoat, ota-onaga ehtirom, yetimlarga mehr-shafqat kabi keng ijtimoiy xulq-atvorlarni qamrab oladi.
Turli tnuhaddislar tomonidan tuzilgan mashhur hadis majmualari, jumladan, “Kutub as-sitta ” (old ishonchli hadis to ‘plamijda ushbu mavzuning alohida yoritilishi hadis ilmi doirasida “adab” tushunchasi qanday diniy, axloqiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini yaqqol namoyon etadi. Bu asarlarda faqat fiqhiy уoki aqidaviy masalalar emas, balki axloqiy fazilatlar, odob-axloq qoidalari, ijtimoiy muomala madaniyati va shaxsiy komillik haqidagi hadislar ham alohida bo ‘Hmlardajamlangan. Mazkur bo ‘Hmlarda axloqiy mavzular doirasi juda keng bo jib, rostgo ‘ylik, halollik, sabr-toqat, tavoze, shukr va qanoat, mehr-oqibat, saxovat, о 'zini tiyish, qo ‘shnichilik va qarindoshlik rishtalari, ota-onaga hurmat, bolalar tarbiyasi, jamiyatda tinch-totuvyashash kabi ко ‘plab axloqiy qadriyatlar atroflicha yoritilgan. Bunday mavzularning sahih hadislar asosida yoritilishi ularning din asosidagi muhim о 'rni va zamonaviy axloqning qanday ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ко ‘rsatadi.
Ushbu maqolada hadis to ‘plamlarida axloq va tarbiyaga oid terminlar, tushunchalar lug ‘aviy va istilohiy tahlili qilingan.20-291091118-05-2026 -
SIYOSIY MADANIYATNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDAGI AHAMIYATI
Bakhtiyor ARABOV (Muallif)Annotatsiya. Hozirgi kunda korrupsiya global muammo sifatida nafaqat ayrim davlatlar, halki jahon hamjamiyatining barqaror rivojlanishiga tahdid solayotgan illatga aylanib ulgurdi. Korrupsiya jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida, turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumlarda turlicha ko'rinishlarda namoyon bo‘lib kelgan. Afsuski, bu hodisa barcha davlatlarga xos bo ‘lib, bugungi kunda ham rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ham uchramoqda.
Darhaqiqat, korrupsiya barcha davlatlar uchun jiddiy muammo hisoblanadi, и iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini ishdan chiqaradi, ijtimoiy adolat tamoyillarini buzadi va demokratiya asoslarini yemiradi. Hech bir davlat ushbu illatdan butunlay xalos bo'lmagan, biroq ba'zi davlatlar korrupsiya darajasini sezilarli darajada pasaytirishga erishganlar. Bu jarayonda albatta, jamiyat siyosiy madaniyati muhim ahamiyat kash etadi.
Jamiyat siyosiy madaniyati - bu jamiyatning siyosiy tizimga bo ‘Igan munosabati, uning me yorlarini qabul qilishi, siyosiy faollikning turli shakllari, siyosiy faoliyatning ijobiy va salbiy ко ‘rinishlariga munosabatini о ‘z ichiga oladi. Shu jihatdan, siyosiy madaniyatningyuksak darajasi jamiyatning korrupsiyaga bo 'Igan salbiy munosabati, korrupsiyaga qarshi kurashdagi faol ishtiroki, shaffofiik va ochiqlikka bo'lgan intilishini ta ’minlaydi.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish faqat huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishnigina emas, balki jamiyatning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirishni ham talab etadi. Chunk! siyosiy ong va madaniyat yuksak bo ‘Igan jamiyatda har bir fuqaro о ‘zini davlat va jamiyat ishlarining faol ishtirokchisi deb his etadi, davlat organlari faoliyatining shaffofligini talab qiladi va korrupsiyaga mutlaqo yo 7 qo ‘ymaydi.
Siyosiy madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyatini, uning jamiyat hayotidagi о ‘rni va ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Siyosiy madaniyat - bu nafaqat siyosiy bilim va qarashlaryig ‘indisi, balki fuqaroning siyosiy faoliyatga, davlat boshqaruviga bo ‘Igan munosabati, unga nisbatan mas 'uliyat hissi va ishonch darajasini ifodalaydi. Bugungi globallashuv va tezkor siyosiy jarayonlar sharoitida siyosiy madaniyat darajasining yuksak bo ‘lishi - davlat va jamiyat о ‘rtasida barqaror, sog 'lorn aloqalarni ta 'minlovchi muhim omillardan biridir.
Maqolada korrupsiyaning chuqur ildiz otgan jamiyatlarda siyosiy befarqlik, fuqarolarning huquqiy va siyosiy ongining pastligi ushbu illatning ildiz otishiga zamin yaratishini ta 'kidlayman. Shu bois, men siyosiy madaniyatni oshirish - fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz qarashni shakllantirish, adolatga intilish va davlat ishlarida faol ishtirok etish madaniyatini rivojlantirish orqali bu illatga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
Maqolada 0‘zbekiston tajribasi asosida olib borilayotgan siyosiy va huquqiy islohotlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi, davlat organlari ochiqligi va hisobdorligini ta'minlashdagi о‘rni tahlil qilingan. Korrupsiyaga qarshi kurashda faqat jazoga asoslangan yondashuv emas, balki ijtimoiy ongni, xususan, siyosiy madaniyatni yuksaltirish orqali barqaror va samarali natijalarga erishish mumkinligi ilgari surilgan.67-7553715-05-2026
