- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
O‘RTA ASR DINLAR TARIXIGA OID MANBALARDA YAHUDIYLIK OQIMLARI E’TIDOQLARINING AKS ETISHI
Mumin Mirzo Murodjon ugli ABDUPATTAYEV, Bibigulnar Amalbaevna ERBOSYNOVA (Muallif)Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri boʼlgan Yahudiylik taxminan mil.avv. 2-ming yillikda Misrda paydo boʼlgan. Ushbu din taʼlimotiga koʼra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay togʼida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Yahudiylikning muqaddas kitobi Tavrotga ko‘ra, barcha insonlar bir ajdoddan tarqalgan bo‘lib, Nuh payg‘ambar o‘g‘illari davrigacha odamlar o‘rtasida irqiy kamsitish bo‘lmagan. An’anaviy yahudiy tushunchasiga ko‘ra, Nuh payg‘ambarning Xom, Som va Yofas ismli uchta o‘g‘li bor edi. Ularning har biri bir xalqning ajdodlariga aylandi. Xom xomiylar (qora tanlilar)ning ajdodi, Som somiylar (arab va yahudiylar)ning ajdodi, Yofas esa ajamlarning ajdodi edi. Ular orasida Som va uning nasl-nasabi boshqalardan ajralib turgan. Som avlodidan bo‘lgan Abar Ibrohim payg‘ambarning katta bobosi edi. Shuning uchun Ibrohim payg‘ambar ibroniy (ibri) ya’ni “Abar avlodi” deb atalgan va u gapiradigan til ibroniy (ivrit) deb nomlangan.
Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va paygʼambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik oʼzaro birlashib ketgan boʼlib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas. Barcha dinlarda boʼlgani kabi yahudiylikda ham uzoq tarixiy taraqqiyot davomida ichki boʼlinishlar yuzaga kelgan.
O‘rta asrlarda faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy kabi musulmon dinshunos olimlarining dinlar tarixiga oid asarlarida milliy din hisoblangan yahudiylik dini doirasida paydo bo‘lgan oqimlar e’tiqodlari ham zikr qilingan. Bunda olimlar “73 firqa hadisiga” tayanishgan. Oqimlar aqidasi esa ularning Tavrot va “xaloskor” (Messiah, Meyshah)ga bo‘lgan ishonchlari asosida yoritilgan.
Ushbu maqolada o‘rta asr manbalari asosida yahudiylik oqimlari e’tiqodlarining o‘xshash va farqli jihatlari tahlil etilgan.
78-8518418-07-2026 -
IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL” ASARIDA XRISTIANLIK OQIMLARI TARIXI
Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)Musulmon sharqida dinlarni o‘rganish an’analari boy tajribaga va o‘ziga xos uslubiyat hamda tamoyillariga ega bo‘lib, bu sohaning keyingi rivojiga, uning ko‘p tarmoqli yaxlit fanga aylanishiga mustahkam asos sifatida xizmat qilgan. XIX asr o‘rtalarida G‘arb dinshunosligi vujudga keldi va mustaqil fan sohasi sifatida e’tirof etildi. Natijada, ko‘pgina manba va adabiyotlarda dinshunoslik fani Yevropa mamlakatlarida paydo bo‘lgan, degan fikr ommalashib ketgan. Yevropada dinshunoslik XIX asrga kelibgina shakllana boshlagan bir paytda musulmon sharqi bu borada anchagina taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, boy tajribaga ega edi.
Ushbu maqolada musulmon olimlarining Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabati, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarida xristianlikdagi firqalar tarixi va ta’limotlari yoritilgan. Shuningdek, xristianlik haqida ma’lumot beruvchi asarlar orasida bu asarning tutgan oʻrni tadqiq qilingan. Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fi-l-milal va-l-ahva va-n-nihal” sari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va obyektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar tahlil etilgan. Ibn Hazm Andalusiy xristianlik firqalarini funksional uzluksizligiga qarab tasniflaganligi, Xristianlik bilan o‘zaro munosabatda shakllangan firqalar haqidagi qarashlari, Ibn Hazm xristianlik firqalarining asoschilari, ularning tarixiy taraqqiyoti va qaysi hududlarda ta’sir ko‘rsatganligi haqida ma’lumot berish bilan birga, manbalarda uchramaydigan ba’zi firqalarning qarashlarini ham tushuntirgan.
Shuningdek, Ibn Hazm ushbu asarida Xristianlik Oriyoniylik(Arianizm), Bulyoniyya(Paulizm), Makedoniylik(Makedonius), Barbariylik(Barabarizm), Nasturiylik (Nestorianizm), Ya’qubiylik(Yakobizm), Marqyuniylik(Markanizm), Maruniylik(Maronizm) firqalari tarixi va eʼtiqodlari haqida qimmatli maʼlumotlar bergan.
40-485216-09-2026 -
IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI
Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)Dinshunoslik fani insoniyatning madaniy, maʼrifiy, fikriy tarixini o‘z ichiga olgan gumanitar fanlar qatoriga kiradi. Bu fanning yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi ham nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr musulmon Sharqida ham alohida o‘rganilgan. Qiyosiy dinshunoslikning ilk asoschilari ham aynan musulmon olimlari hisoblanadi. Ular qatoriga Beruniy, Ibn Hazm, Shahristoniy, Kalbiy kabi bir qator olimlarni kiritish mumkin. Xususan, Ibn Hazm Andalusiy ham ilk bor dinlarni qiyosiy o‘rgangan musulmon olimlardan biri hisoblanadi. Beruniy va Ibn Hazm islom renessansi davrining yirik namoyondalaridan bo‘lib, ularning qiyosiy dinshunoslik sohasi bo‘yicha yozib qoldirgan asarlari soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Bu ikki qomusiy olimni dinshunoslar “Qiyosiy dinshunoslik sohasining otalari” deya e’tirof etishadi. Ular yozib qoldirgan asarlar hozirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va qiyosiy dinshunoslik sohasi tadqiqotchilari uchun asosiy manbalar bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu maqolada musulmon olamida qiyosiy dinshunoslik sohasining asoschilaridan biri hisoblangan Ibn Hazm Andalusiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va diniy muhit, shuningdek, olimning ilmiy merosi, uning bizgacha yetib kelgan asarlari, bir qator islomshunos va dinshunos olimlarning Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabatlari, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarining yozilish tarixi, asarda firqalar tasnifi va bu asarning dinlar va ulardagi firqalar tarixiga oid manbalar orasida tutgan oʻrni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va ob’yektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar batafsil bayon qilingan.
41-487223-07-2026
