Mualliflar

  • Mavlyuda Sabirovna XODJAYEVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif
  • Barno Batirovna SAYDAKHMEDOVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2022/4/59-67

Kalit so‘zlar:

raqamlashtirish raqamli texnologiya on-line platformalar MOOC masofaviy ta’lim Moodle LMS Learningapps.org Google Form Kahoot Quizizz Google Classroom interaktiv.

Annotasiya

Masofaviy ta’limni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish – fanga kiritilayotgan yangi ma’lumotlarni tezkorlik bilan o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi. Shuningdek, virtual o’rganilayotgan mavzu doirasidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tezkorlik bilan kiritish imkoniyatlari yaratiladi. Demak, masofaviy ta’lim jarayonlarida raqamli texnologiyalarni kiritish usullari va ulardan samarali foydalanish uslublarini tadqiq etish, masofaviy ta’lim kurslarini yaratish, dolzarb ilmiy-texnik masalalar turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati juda yuqori. Tadqiqot ishining maqsadi – masofaviy ta’limda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish va uning samaradorligini tekshirishning nazariy asoslari. Maqolada Moodle tizimining imkoniyatlari, kurs elementlarining afzalliklari, fanni o‘qitishdagi samarali usullari keltirib o‘tilgan. Shuningdek zamonaviy raqamli texnologiyalar va aloqa vositalaridan masofaviy ta’limda foydalanish muhokama qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari keltirib o’tilgan, “Raqamli texnologiyalar”, “Raqamli ta’lim texnologiyalari” tushunchalarining ma’nosi va mazmuni aniqlangan. O’quv jarayonini qiziqarli tashkil etishda Kahoot va Quizizz dasturiy platformalari bo’yicha ma’lumotlar tavsifi berilgan. Mazkur platformaning imkoniyatlari  o’quvchilarning  intellektual  va  ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirishdagi afzalliklari ta‘kidlanadi. Ta’lim jarayoni an’anaviy yoki masofaviy ta’lim bo‘lishidan qat’iy nazar talabalarning darsga qiziqishini orttirish, ularni o‘z ustida ishlashlari uchun undash, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Dars jarayonini o’yinli platformalarda tashkil etish, elеktron testlar kompleksini yaratish va uni ta’limda qo`llash, dars samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, darsga qiziqishini orttirish, o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’lishiga darsga bo’lgan qiziqishi rivojlanishiga, darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishda ko’nikma va malakalari shakllanishiga, o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltirishda shuningdеk, o‘quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda raqamli texnologiyalardan o`quv jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Tegishli maqolalar

Numonjon TURAEV, ИМОМ БУХОРИЙНИНГ ҲАДИС САНАДИДАГИ БОҒЛАНИШ ВА УЗИЛИШ БАЁНИГА ОИД АТАМАЛАРНИ ҚЎЛЛАШ МЕТОДИ (“АТ-ТАРИХ АЛ-КАБИР” АСАРИ МИСОЛИДА) , Islom ziyosi: Jild 3 № 1 (2020)

Abdushukurjon MURATOV, АБУ ҲАФС НАСАФИЙ “АТ-ТАЙСИР ФИ ИЛМИТ-ТАФСИР” АСАРИНИ ТУРКИЯНИНГ “СУЛАЙМОНИЯ” ФОНДИДАГИ ҚЎЛЁЗМАЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 3 № 1 (2020)

No‘’monjon TO‘RAYEV, «ЖАРҲ ВА ТАЪДИЛ» ИЛМИНИНГ ПАЙДО БЎЛИШИ ВА ДАСТЛАБКИ ИККИ АСРДАГИ РИВОЖИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 2 (2019)

Xo‘jageldi ALIMOV, З.ФРЕЙД ҚАРАШЛАРИДА  ДИНИЙ- ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАР , Islom ziyosi: Jild 2 № 2 (2019)

Guzal OCHILOVA, Shakhlo JUMAYEVA, Bakhrom OCHILOV, ЖАМИЯТНИНГ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ВА МАДАНИЙ РИВОЖИДА МИЛЛИЙ ДАВЛАТЧИЛИК ТАФАККУРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ЗАРУРИЯТИ: УСУЛ ВА ВОСИТАЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 2 (2019)

Mansur MUSAYEV, ГЛОБАЛ ИҚТИСОДИЙ ТАНАЗЗУЛ ЖАРАЁНЛАРИДА МИССИОНЕРЛИКНИНГ НАМОЁН БЎЛИШИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 2 (2019)

Nozim MAMATAKHUNOV, АБУ БАКР ИЁДИЙ АБУ ҲАНИФА ИМОМ АЪЗАМНИНГ СОДИҚ ИЗДОШИ СИФАТИДА , Islom ziyosi: Jild 3 № 2 (2020)

Nargiza SHOALIYEVA, СЎФИ ОЛЛОЁРНИНГ «МАСЛАК УЛ- МУТТАҚИН» АСАРИ ФОРС ВА ӮЗБЕК АДАБИЁТИДА , Islom ziyosi: Jild 2 № 2 (2019)

Sayyora TO‘YCHIYEVA, МАРКАЗИЙ ОСИЁ МУТАФАККИРЛАРИ ШАХС МАЪНАВИЯТИНИНГ ШАКЛЛАНИШИДА МИЛЛИЙ ВА УМУМИНСОНИЙ ҚАДРИЯТЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ ҲАҚИДА , Islom ziyosi: Jild 2 № 2 (2019)

Shukhrat MIRZIYATOV, ЗАМАХШАРИЙ ИЛМИЙ МЕРОСИНИНГ ТАРИХНАВИСЛИГИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 2 (2019)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.