Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ABUL QOSIM SOID IBN AHMAD AL-ANDALUSIYNING “TABOQOT AL-UMAM” ASARIDA DINSHUNOSLIK MASALALARINING YORITILISHI

    Abdurakhmon Anvarjon ogli TURSUNALIYEV (Muallif)

    Ushbu maqolada XI asr Andalusiya qozisi, mashhur astronom va tarixchi olim Abul Qosim Soid ibn Ahmad al-Andalusiyning hayoti, ilmiy faoliyati hamda uning 1068-yilda yozilgan va bizgacha to‘liq holda yetib kelgan yagona asari “Taboqot al-umam” (Xalqlar tasnifi) asarida zikr etilgan dinlar va diniy guruhlar qiyosiy dinshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Maqolada avvalo, olimning Toledo ilmiy muhitidagi faoliyati, “Toledo jadvallari” tuzilishidagi ishtiroki hamda unda boshqa dinlarga nisbatan xolis munosabat shakllanishiga sabab bo‘lgan ko‘p millatli ijtimoiy muhit qisqacha tavsiflangan. Tadqiqot birlamchi manba asosida olib borilgan bo‘lib, unda muallifning xalqlarni ilm-fanga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikki katta guruhga (birinchi guruh – ilm-fanga e’tibor qaratgan xalqlar, ikkinchisi – ilm-fanga e’tibor qaratmagan xalqlar) ajratish metodologiyasi batafsil yoritilgan.


    Maqolada, jumladan, qadimiy “yetti xalq” konsepsiyasi, sobiiylar (Harron shahridagi yulduzga sig‘inuvchilar hamda muallif tomonidan qadimgi xalqlarga nisbatan qo‘llanilgan umumiy toifa)ning asardagi ikki xil ma’nosi, hind xalqining barohimalik va sobiiylik e’tiqodlari, forslarning haniflik, sobiiylik va majusiylik (zardushtiylik) bosqichlari, qadimgi Bobil va Mesopotamiya xalqlarining astral-diniy qarashlari, shuningdek Namrud va Germes (Idris alayhissalom) obrazlari misolida ko‘rsatilgan diniy sinkretizm masalasi ko‘rib chiqilgan. Alohida o‘rinda misrliklarning sobiiylikdan xristianlikka, so‘ngra qisman islomga o‘tish jarayoni, yahudiylarning ilohiy vahiyga asoslangan ilmiy-diniy merosi, rimliklar misolida xristianlikning yoritilishi hamda Andalusiya va arab xalqining islom davridagi ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilingan.


    Maqolada, shuningdek, islomgacha bo‘lgan arab qabilalarining diniy xaritasi (astrolatriya va ibtidoiy butparastlik, yahudiylik, xristianlik, zardushtiylik va moniylikning turli qabilalar orasida tarqalishi) tizimlashtirilib ko‘rsatilgan. Tadqiqotda qo‘llanilgan qiyosiy-tarixiy, tipologik, germenevtik hamda tavsifiy tahlil metodlari yordamida Soid al-Andalusiyning manbashunoslik va tarixiy-falsafiy yondashuvi ochib berilgan. Tadqiqot Soid al-Andalusiyning diniy guruhlarga nisbatan xolis, ilmiy-tahliliy va bag‘rikeng yondashuvini, uning turli e’tiqod vakillari bilan bevosita ilmiy muloqotda bo‘lgan Toledo muhitidan ta’sirlangan dunyoqarashini ko‘rsatib beradi hamda “Taboqot al-umam” asarining “milal va nihal” janri va umuman qiyosiy dinshunoslik fanining rivojiga qo‘shgan hissasini baholaydi. Shuningdek, maqolada Soid al-Andalusiyning boshqa yo‘qolgan asarlari (“Javomi’ axbor al-umam”, “Maqolot ahl al-milal van-nihal” va “Isloh harakot al-kavokib”) haqidagi ma’lumotlar ham qisqacha tilga olinib, ularning “Taboqot al-umam” bilan mazmuniy bog‘liqligi ko‘rsatilgan.


    Maqola o‘zbek dinshunosligida ushbu asar bo‘yicha yozilgan birinchi maxsus tadqiqotlardan biri sifatida ilmiy yangilikka ega bo‘lib, “Taboqot al-umam”ni o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilish zaruratini ham ta’kidlaydi.

    57-65
    156
    11
    14-10-2026
  • XRISTIAN TARIXCHILARINING  CHERKOV TARIXI DAVRLANISHI BORASIDAGI YONDASHUVLARI

    Nozimakhon AGZAMOVA (Muallif)

    Yurtimizda konfessiyalar o‘rtasidagi bag’rikenglikni mustahkamlash, jamiyatda diniy tolerantlikni ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu borada aytishimiz mumkinki, xristianlik tarixini o‘rganish qator fanlar doirasida, jumladan, dinshunoslikda, tarixshunoslikda dolzarb masala hisoblanadi. Xristian jamoalari tarixini tadqiq etishning amaliy ahamiyati aholi orasida noislomiy diniy yo‘nalishlar faoliyatiga doir maʼlumotlarning chegaralanganligi sababli, ularning tuzilishi, faoliyat doirasi hamda urf-odatlari bir xil emasligining yoritib berilishida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar nazariy, tarixiy va qiyoslash singari metodlar yordamida ochib berilgan. Tarixni davrlashtirish murakkab vazifalardan biridir, chunki davrlarni hisoblash uchun ularning boshlang‘ich nuqtalarini topish juda qiyin. Tarixchilar xristian cherkovi tarixining boshlanishini turli yondashuvlar bilan o‘rgandilar. Xristianlik tarixida uchta yirik davrni ajratish tabiiydir: ilk xristianlik davri, o‘rta asrlar va yangi xristianlik davridir. Xristianlik tarixi nafaqat siyosiy voqealar, ya’ni xristianlarning ma’lum bir guruhida hokimiyatning o‘zgarishi: papalar yoki butunjahon patriarxlar tarixi, dunyoviy hokimiyat bilan to‘qnashuvlar, balki teologik qarashlar, ta’limotlar tarixi va rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Xristianlik uchun diniy ta’limotdan tashqari, liturgiya, marosimlar tarixi, xristian dindorlari axloqi va xulq-atvori ham katta ahamiyatga ega. Shuningdek, u har bir davr ichida umumiy tarixiy jarayonning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Axloq va xulq-atvor haqida so‘z borganda, xristian madaniyati tarixini, uning o‘ziga xos tomonlarini: musiqa, tasviriy san’at, adabiyot va me’morchilikni esga olishimiz kerak. Bularning barchasini xristianning hayotidan ajratib bo‘lmaydi. Cherkov tarixini o‘rgangan xristianlikning turli yo‘nalishlariga oid tarixchilar o‘ziga xos yondashuvlari bilan davrlanishning yangi qirralarini ochib berishgan. Ulardan Nestor, Yevseviy Kesariyskiy, Lukskiy Bartolomey, Rufim Akvileyskiy, Grigoriy Turskiy, Beda Dostopochtimiy, Flatsiy Illirik, Baroniy, Lebedev, Filaret Chernigorskiy, V.V.Bolotov, R.Rote, G.Gasse, Möhler, Zöckler, Kurts, Mitropolit Filaret, S.V.Sannikovlar yondashuvlari qiyosiy tahlil qilindi.

    65-71
    252
    25
    17-07-2026
  • IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL” ASARIDA XRISTIANLIK OQIMLARI TARIXI

    Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)

    Musulmon sharqida dinlarni o‘rganish an’analari boy tajribaga va o‘ziga xos uslubiyat hamda tamoyillariga ega bo‘lib, bu sohaning keyingi rivojiga, uning ko‘p tarmoqli yaxlit fanga aylanishiga mustahkam asos sifatida xizmat qilgan. XIX asr o‘rtalarida G‘arb dinshunosligi vujudga keldi va mustaqil fan sohasi sifatida e’tirof etildi. Natijada, ko‘pgina manba va adabiyotlarda dinshunoslik fani Yevropa mamlakatlarida paydo bo‘lgan, degan fikr ommalashib ketgan. Yevropada dinshunoslik XIX asrga kelibgina shakllana boshlagan bir paytda musulmon sharqi bu borada anchagina taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, boy tajribaga ega edi.


    Ushbu maqolada musulmon olimlarining Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabati, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarida xristianlikdagi firqalar tarixi va ta’limotlari yoritilgan. Shuningdek, xristianlik haqida ma’lumot beruvchi asarlar orasida bu asarning tutgan oʻrni tadqiq qilingan. Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fi-l-milal va-l-ahva va-n-nihal” sari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va obyektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar tahlil etilgan. Ibn Hazm Andalusiy xristianlik firqalarini funksional uzluksizligiga qarab tasniflaganligi, Xristianlik bilan o‘zaro munosabatda shakllangan firqalar haqidagi qarashlari, Ibn Hazm xristianlik firqalarining asoschilari, ularning tarixiy taraqqiyoti va qaysi hududlarda ta’sir ko‘rsatganligi haqida ma’lumot berish bilan birga, manbalarda uchramaydigan ba’zi firqalarning qarashlarini ham tushuntirgan.


    Shuningdek, Ibn Hazm ushbu asarida Xristianlik Oriyoniylik(Arianizm), Bulyoniyya(Paulizm), Makedoniylik(Makedonius), Barbariylik(Barabarizm), Nasturiylik (Nestorianizm), Ya’qubiylik(Yakobizm), Marqyuniylik(Markanizm), Maruniylik(Maronizm) firqalari tarixi va eʼtiqodlari haqida qimmatli maʼlumotlar bergan.

    40-48
    275
    23
    16-09-2026
  • ХРИСТИАН ДИНИНИНГ КИБЕРМАКОНГА КИРИБ КЕЛИШ ТАРИХИ

    Shohsanam NIYAZOVA (Muallif)

    Мақолада кибермаконга христиан динининг кириб келиши, мазкур динга оид илк виртуал форумлар, гуруҳлар, тармоқ ва веб-сайтлар тарихи тўғрисида сўз юритилган. Бу жараёнларни тадқиқ этган олимларнинг дин, хусусан, христианликнинг Интернетда кенг ёйилиши ва бунинг ўзига хос жиҳатлари борасидаги нуқтаи назарлари очиб берилган. Эътиборлиси, бу жараёнларнинг гувоҳи бўлган ёхуд шахсан иштирок этган АҚШлик, Канада ва англиялик олимларнинг шахсий кузатувларидан мисоллар келтирилган. Дин ва интернет мавзусидаги тадқиқотлар уч давр (тўлқин)га бўлиниши ҳисобга олинган ҳолда ҳар бир даврнинг етакчи намояндалари тадқиқотларига тўхталиб ўтилган. Ушбу изланишлар натижасида қандай хулосаларга келингани баён этилган.


    ХХ асрнинг иккинчи ярмида онлайн эълонлар доскаси (BBS)да фақат пост ёзиб қолдиришдан бошланган мазкур жараён тез суръатларда ривожланди. Диний қарашлар баён қилинадиган алоҳида форумлар (масалан, “Origins”, 1983 й.) ва айнан христианларга мўлжалланган виртуал гуруҳлар (“net.religion.christian”, 1984 й.) юзага келди.


    Муаллиф томонидан бу гуруҳларга нафақат оддий аҳоли, балки черковлар ҳам қизиқиш билан қарагани ва фаол иштирок этганининг замирида қандай омиллар борлиги таҳлил қилинган.


    Мақолада диний мулоқот олиб бориш учун очилган дастлабки тармоқ – “Ecunet” ҳамда унда шаклланган виртуал жамоалар томонидан оммавий ва хусусий (тўлов асосида кириш мумкин бўлган) суҳбатларда қандай мавзулар муҳокамасига кўпроқ эътибор қаратилгани баён қилинган. 1986 йилда христианлик тарихида биринчи марта онлайн ўтказилган қайси диний маросим — “Challenger” космик кемасида бедарак кетган фазогирлар хотираси ёд олиб, сўнгги йўлга кузатилгани тўғрисида маълумот берилган.


    Гиперматн билан ишлаш, веб-сайтлар очиш имкониятининг яратилиши билан бир вақтда “World wide web” (Бутундунё ўргимчак тўри)нинг барча учун бепул жорий этилиши христианликнинг кибермакондаги ривожланиш динамикасига қай тарзда таъсир этгани кўрсатиб берилган. Бунда киберкоммуникация технологияларининг олдинги сафида бўлган веб-сайтлар ҳамда улар қайси оқим ва черковларга тегишли бўлгани тўғрисида маълумотлар келтирилган.

    76 - 83
    317
    24
    05-07-2026
  • ПРАВОСЛАВ ЧЕРКОВИДАГИ ДИНИЙ РАМЗЛАРНИНГ МАЗМУН-МОҲИЯТИ ВА УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ

    Islomiddin HAYDAROV (Muallif)

    Глобаллашув шароитида бирор бир минтақада тоқатсизлик ва низоларнинг кучайиши дунёнинг барча ҳудудларига бирдек таҳдид солади. Зеро, сўнгги йилларда дунёда диний омил билан боғлиқ равишда турли йўналишлардаги жараёнлар авж олиб бормоқда. Кўп ҳолларда мураккаб ва зиддиятли, баъзида эса қонли тўқнашувлар билан кечаётган бундай воқеа-ҳодисалар турли дин вакиллари ўртасида тоқат, ҳурмат, эътибор ва умуман ҳамкорлик руҳидаги алоқаларни шакллантириш ва мустаҳкамлаш объектив тарихий зарурият эканлигини кўрсатмоқда. Айни дамда, кўпмиллатли, поликонфессионал Ўзбекистонда миллатлар ва динлараро бағрикенглик ҳамда тотувлик муҳитини бардавом сақлашда диншуносликка оид билимларнинг ўрни беқиёс. Муайян диний конфессия ҳақида тўлиқ тушунча ҳосил қилиш учун унинг тарихи, таълимоти, ибодатхонаси, муқаддас манбаси, диний анъана ва маросимлари, рамз ва атрибутларини ўрганиш муҳим саналади.


    Бугунги кунга келиб, диний семиотика диншунослик соҳасидаги тадқиқот усулларидан бири сифатида шаклланиб келмоқда. Дин тарихини ўрганиш, унинг таълимоти ва у асосида шаклланган маданиятни англашда семиотиканинг аҳамияти катта.


    Ушбу мақола православ черковидаги семиотик рамзлар, уларнинг мазмун-моҳияти ҳамда белгиларнинг ўзига хос хусусиятига бағишланган бўлиб, унда православ черковидаги хоч, гумбаз шифти ва деворларидаги диний маросимларга оид суратлар ҳамда икона каби диний семиотик белгилар баён қилинган.

    10-14
    197
    27
    26-06-2026
1 - 5 from 5

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling