Mualliflar

  • Abdurakhmon Anvarjon ogli TURSUNALIYEV INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2026/3/57-65

Kalit so‘zlar:

Soid al-Andalusiy Taboqot al-umam sobiiylar Harron shahri yahudiylik xristianlik majusiylik hind dinlari sanaviylar islom qiyosiy dinshunoslik milal va nihal.

Annotasiya

Ushbu maqolada XI asr Andalusiya qozisi, mashhur astronom va tarixchi olim Abul Qosim Soid ibn Ahmad al-Andalusiyning hayoti, ilmiy faoliyati hamda uning 1068-yilda yozilgan va bizgacha to‘liq holda yetib kelgan yagona asari “Taboqot al-umam” (Xalqlar tasnifi) asarida zikr etilgan dinlar va diniy guruhlar qiyosiy dinshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Maqolada avvalo, olimning Toledo ilmiy muhitidagi faoliyati, “Toledo jadvallari” tuzilishidagi ishtiroki hamda unda boshqa dinlarga nisbatan xolis munosabat shakllanishiga sabab bo‘lgan ko‘p millatli ijtimoiy muhit qisqacha tavsiflangan. Tadqiqot birlamchi manba asosida olib borilgan bo‘lib, unda muallifning xalqlarni ilm-fanga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikki katta guruhga (birinchi guruh – ilm-fanga e’tibor qaratgan xalqlar, ikkinchisi – ilm-fanga e’tibor qaratmagan xalqlar) ajratish metodologiyasi batafsil yoritilgan.

Maqolada, jumladan, qadimiy “yetti xalq” konsepsiyasi, sobiiylar (Harron shahridagi yulduzga sig‘inuvchilar hamda muallif tomonidan qadimgi xalqlarga nisbatan qo‘llanilgan umumiy toifa)ning asardagi ikki xil ma’nosi, hind xalqining barohimalik va sobiiylik e’tiqodlari, forslarning haniflik, sobiiylik va majusiylik (zardushtiylik) bosqichlari, qadimgi Bobil va Mesopotamiya xalqlarining astral-diniy qarashlari, shuningdek Namrud va Germes (Idris alayhissalom) obrazlari misolida ko‘rsatilgan diniy sinkretizm masalasi ko‘rib chiqilgan. Alohida o‘rinda misrliklarning sobiiylikdan xristianlikka, so‘ngra qisman islomga o‘tish jarayoni, yahudiylarning ilohiy vahiyga asoslangan ilmiy-diniy merosi, rimliklar misolida xristianlikning yoritilishi hamda Andalusiya va arab xalqining islom davridagi ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilingan.

Maqolada, shuningdek, islomgacha bo‘lgan arab qabilalarining diniy xaritasi (astrolatriya va ibtidoiy butparastlik, yahudiylik, xristianlik, zardushtiylik va moniylikning turli qabilalar orasida tarqalishi) tizimlashtirilib ko‘rsatilgan. Tadqiqotda qo‘llanilgan qiyosiy-tarixiy, tipologik, germenevtik hamda tavsifiy tahlil metodlari yordamida Soid al-Andalusiyning manbashunoslik va tarixiy-falsafiy yondashuvi ochib berilgan. Tadqiqot Soid al-Andalusiyning diniy guruhlarga nisbatan xolis, ilmiy-tahliliy va bag‘rikeng yondashuvini, uning turli e’tiqod vakillari bilan bevosita ilmiy muloqotda bo‘lgan Toledo muhitidan ta’sirlangan dunyoqarashini ko‘rsatib beradi hamda “Taboqot al-umam” asarining “milal va nihal” janri va umuman qiyosiy dinshunoslik fanining rivojiga qo‘shgan hissasini baholaydi. Shuningdek, maqolada Soid al-Andalusiyning boshqa yo‘qolgan asarlari (“Javomi’ axbor al-umam”, “Maqolot ahl al-milal van-nihal” va “Isloh harakot al-kavokib”) haqidagi ma’lumotlar ham qisqacha tilga olinib, ularning “Taboqot al-umam” bilan mazmuniy bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

Maqola o‘zbek dinshunosligida ushbu asar bo‘yicha yozilgan birinchi maxsus tadqiqotlardan biri sifatida ilmiy yangilikka ega bo‘lib, “Taboqot al-umam”ni o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilish zaruratini ham ta’kidlaydi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Abdupattayev M. M. Sharq musulmon dinshunosligi: Handbook. – Bookmany print, 2025. – 164 p.

2. Al-Mas’udi. Kitab al-Tanbih wa-l-Ishraf / M. J. de Goeje ed. – Brill, 1894.

3. Bou Alwan H. Said al-Andalusi: Tabaqat al-umam / ed. H. Bou Alwan. – Dar al-Talad al-Jadid, 1985.

4. De Callatay G. The Sabi’ans of Said al-Andalusi // Studia Graeco-Arabica, 2017, Vol. 7, pp. 291–306.

5. Green T. M. The City of the Moon God: Religious Traditions of Harran. – Brill, 1992.

6. Khan M. S. Qadi So’id’s Introduction to His Tabaqat al-Umam // Islamic Studies, 2004, Vol. 43, No. 1, pp. 5–28.

7. Llavero Ruiz E. Panorama cultural de Al-Andalus según Abu l-Qasim Said b. Ahmad, cadi de Toledo // Boletín de la Asociación Española de Orientalistas, 1987, Vol. 23, pp. 79–100.

8. Martinez-Gros G. Islamic Historiography and the History of Civilizations: A Study of Said al-Andalusi’s Kitab Tabaqat al-Umam // Studia Islamica, 2000, Vol. 90, pp. 5–25.

9. Said al-Andalusi. Kitab Tabaqat al-umam / ed. L. Cheikho. – Imprimerie Catholique, 1912.

10. Said al-Andalusi. Introduction to Science in the Medieval World. – University of Texas Press, 1991.

11. Said al-Andalusi. Science in the Medieval World: Book of the Categories of Nations / trans. S. I. Salem, A. Kumar. – University of Texas Press, 1991.

12. Samsó J. Islamic Astronomy and Medieval Spain. – Variorum, 1994.

Tegishli maqolalar

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.