Mualliflar

  • Mumin Mirzo ABDUPATTAEV INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2026/2/43-49

Kalit so‘zlar:

Abul-Maoliy Muhammad «Bayonul adyon» manbashunoslik qiyosiy dinshunoslik firqalar tarixi G‘aznaviylar davri 73 firqa hadisi Abbos Iqbol Xuroson ilmiy muhiti mazhablar tasnifi.

Annotasiya

Mazkur maqola XI asrda Xurosonda yashagan olim Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh Husayniy Alaviyning fors tilidagi ilk qiyosiy dinshunoslik asari hisoblangan «Bayonul adyon» tahliliga bag‘ishlangan.

Muallif Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning hayoti haqida manbalarda ma’lumotlar cheklangan bo‘lsa-da, asarning mazmuni va unda keltirilgan ayrim ma’lumotlar olimning G‘aznaviylar saroyiga yaqin, jamiyatda yuksak mavqega ega va chuqur ratsionalistik tafakkurli olim bo‘lganini ko‘rsatadi. Asarda muallifning turli din va firqalarni xolis tahlil qilishi, ayniqsa, “73 firqa” hadisi asosida islomdagi guruhlarni tasniflash uslubi ko‘rib chiqilgan. Maqolada Abul Maoliyning o‘zi sunniy-hanafiy an’anasiga mansubligi asardagi fiqhiy va aqidaviy ishoralar orqali dalillangan.

Maqolada asarning qo‘lyozma nusxalari taqdiri, xususan, eronlik mashhur muarrix Abbos Iqbol Ashtiyoniy tomonidan amalga oshirilgan ilk tanqidiy nashr va keyinchalik Muhammad Taqiy Donishpajuh tomonidan asarning to‘liq nusxasi topilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar ham batafsil bayon etilgan. «Bayonul adyon» asari umumiy  besh bobdan iborat bo‘lib, u nafaqat diniy ta’limotlar, balki XI asr musulmon dunyosining geografik va antropologik tasavvurlarini ham o‘zida aks ettiradi. Ayniqsa, muallifning turli xalqlar, jumladan, islomdan avvalgi turklar va hindlarning iloh haqidagi tasavvurlari borasidagi kuzatuvlari diqqatga sazovordir. Asar fors tilining eng go‘zal va nodir namunalaridan biri sifatida islom mazhablari tarixi (maqolot) an’anasida o‘chmas iz qoldirgan.

Shuningdek, “Bayonul adyon” asarining manbalari sifatida Abu Zayd Maqdisiy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Horun Varroq va Abul Hasan Muhammad ibn Yusuf Amiriy Nishopuriy kabi mutafakkirlarning asarlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot yakunida asarning besh bobdan iborat tarkibi, undagi islomdan oldingi dinlar (zardushtiylik, yahudiylik, nasroniylik) hamda g‘ayriilmiy da’volar bilan chiqqan soxta payg‘ambarlar haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati ochib berilgan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Abul-Maoliy. (1312/1934.). Bayonul adyon dar sharh-i adyon ve Mazahib-i johiliy va islomiy. Tehron: Intishorot-i Ibn Sino.

2. Humeyniy., R. M. (1365). Risola-i tavzihil masoil. . Tehron: Intishoroti jabxonai vizoroti irshodi islomiy.

3. Kutlu., S. (2008). Mezhepler Tarihine Giriş. . Istanbul: Dem Yayınları.

4. Vevyurko. (2013). Septuaginta: drevnegrecheskiy tekst Vetxogo Zaveta v istorii religioznoy misli. Moskva: Izdatelstvo Moskovskogo universiteta.

5. Al-Mo'jam al-vasiyt. (2004). Qohira: Maktaba ash-shuruq ad-duvaliyya.

6. Başaran, T. (2011). Thermal Analysis of the Domed Vernacular Houses of Harran, Turkey. Sage Journal, 20(5), 543–554.

7. Beruniy, A. R. (1968). Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Toshkent: Fan.

8. Bosworth, C. (15 December 2003 y.). Harran. Encyclopaedia Iranica, pp. 13–14.

9. Buckley, J. J. (2002). The Mandaeans: ancient texts and modern people. Oxford: Oxford University Press.

10. Gündüz, Ş. (2016). Sâbiîler: Son Gnostikler. Istanbul: Vadi Yayınları.

11. Häberl, C. (2021). "Mandaic and the Palestinian Question". Journal of the American Oriental Society, 171–184.

12. Hazm, I. (2011). Al-Fisol. Istanbul: Bilnet matbaacilik.

13. Kasir, I. (1999). Muxtasar tafsir Ibn Kasir. Bayrut: Dor al-ma’rifat.

14. Masse., H. (1986). Abu’l-Ma‘âli Muhammad b. ‘Ubayd Allâh, EI2. (Т. I). Leiden: E.J.Brill

15. Mukhamedov, N., & Turambetov, N. METHODOLOGIES EMPLOYED BY AL BERUNI IN THE ANALYSIS OF RELIGIOUS SYSTEMS // Asian Journal of Multidimensional Research ISSN: 2278-4853 Vol. 12, Issue 12, December 2023 SJIF 2022 = 8.179 -P.105-110.

16. Nasoraia, B. S. (2012). Sacred Text and Esoteric Praxis in Sabian Mandaean Religion. DİNÎ VE FELSEFÎ METİNLER: YİRMİBİRİNCİ YÜZYILDA YENİDEN OKUMA, ANLAMA VE ALGILAMA (стр. 27-53). Sultanbeyli: Kültür Yayın.

17. Norberg, M. (1816). Codex Nasaraeus Liber Adami appellatus. Lund: Lund.

18. Roziy, F. (1981). Mafotih al-g'ayb. Bayrut: Dor al-fikr.

19. S.Lloyd, W.Brice. (25 December 2013 г.). Harran. Anatolina Studies(1), 77 - 111.

20. Shahristoniy. (1968). Al-Milal va-n-nihal. Qohira: Muassasa lin-nasr va-t-tavazi'.

21. Sinclair, T. (1990). Eastern Turkey: An Architectural & Archaeological Survey, Volume IV. New York: Pindar Press.

22. Yusuf, S. M. (2008). Tafsiri Hilol. Toshkent: Hilol-nashr.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Tegishli maqolalar

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.