- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ИМОМ ШАҲРИСТОНИЙ ИЛМИЙ МЕРОСИ ВА ОЛИМ АСАРЛАРИНИ ТАДҚИҚ ЭТИШДАГИ ЁНДАШУВЛАР
MUMIN MIRZO Abdupattaev (Muallif)Бугунги глобаллашув даврида тарихни холисона ўрганиш, миллий ва диний қадриятларни қайта тиклаш, аждодлардан қолган бой, маънавий-маданий меросни асраб-авайлаш, тадқиқ этиш ҳамда уларни келажак авлодларга етказиш долзарб масалалардан ҳисобланади. Бу эса миллатнинг, айниқса, ёшларнинг маънавий баркамол бўлиб етишишида муҳим омилдир.
Соф исломий эътиқод эгаларини тарбиялаш ва улар орқали кенг халқ оммаси онгига ислом динининг эзгу тушунчаларини етказиш ва турли адашган оқимларга қарши курашиш бугунги кунда юксак вазифага айланди.
Тарихдан маълумки, ислом динидан турли оқим ва фирқалар ажралиб чиққан. Мовароуннаҳр, Хуросон ва бошқа мусулмон диёрлар олимлари диндан ажралиб чиққан фирқаларнинг турли ғоя ва қарашлари, асл моҳиятини очиб бериш ва уларга соф исломий далиллар билан раддия бериш мақсадида муҳим изланишлар олиб боришган ва бу борада катта ютуқларга эришиб, қимматли асарлар ёзиб қолдирганлар. Мана шундай олимлардан бири – Хуросон минтақасидан чиққан, динлар тарихига оид мўътабар манба қолдирган Абул Фатҳ Шаҳристонийдир. Имом Шаҳристонийнинг “ал-Милал ва-н-ниҳал” асарида нафақат ислом динидан ажралиб чиққан фирқалар ҳақида, балки бошқа динлар ва эътиқодларга доир муҳим маълумотлар келтирилган. Шунинг учун ҳам ҳозирги кунимизда ушбу китоб мазҳаблар тарихини ўрганишда самарали асарлардан бири саналади. Бундан ташқари олим фиқҳ, калом, фалсафа каби илм соҳаларида ҳам асарлар ёзиб қолдирган. Бу асарлар бугунги кунимизда ҳам долзарб саволларга жавоб берувчи бебаҳо манбалар сифатида баҳоланади.
Ушбу мақолада олимнинг асарлари, муаллиф ҳақидаги уламоларнинг эътирофлари ва олим асарларининг тадқиқ этишдаги ёндашувлар тадқиқ этилган.
59 - 673512108-07-2026 -
MUSULMON OLIMLARINING DINLARNI TADQIQ ETISHDAGI USLUBLARI
Muborakxon IBROHIMOVA (Muallif)Ushbu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari tarixiy, nazariy va metodologik jihatdan keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan dinshunoslik yondashuvlarining manbalari, rivojlanish bosqichlari hamda ularning zamonaviy dinshunoslikfanidagi о ‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Xususan, Qur’on va hadisda boshqa dinlarga munosabat masalasi, ilk musulmon olimlarining ilmiy xolislik va bag ‘rikenglik tamoyillariga asoslangan qarashlari tadqiq etilgan.
Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy, Shahristoniy, Ibn Hazm, Farobiy, Ibn Sino kabi buyuk musulmon mutafakkirlarining asarlari asosida tarixiy-taqqoshlash, manbashunoslik, filologik-tahliliy, ratsional-falsafiy, empirik va fenomenologik uslublarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida qo ‘llangan empirik va qiyosiy metodlar, Shahristoniyning «Al-Milal va-n-nihal» asaridagi tizimli tasniflash uslubi, Ibn Hazmning matnshunoslikka asoslangan tanqidiyyondashuvi alohida ilmiy tahlil qilingan. Musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari G'arb dinshunosligi metodlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, ularning zamonaviy diniy tadqiqotlar, konfessiyalararo muloqot va diniy bag ‘rikenglikni ta ’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bugungi globallashuv sharoitida diniy ekstremizm va mutaassiblikka qarshi ilmiy yondashuvlarni rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kash etadi.
Mazkiir maqola dinshunoslik, islomshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda mutaxassislar uchun ilmiy-uslubiy manba ho ‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ushhu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari keng qamrovli va ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan metodologik yondashuvlar, xususan, isnod va rivoyat tanqidi, usul al-fiqhga tayangan matn tahlili, maqosid ash-shari'a konsepsiyasi, bahs va munozara madaniyati hamda polemik adabiyot an ’analari batafsil yoritilgan. О ‘z navbatida, dinlarni tarixiy, ijtimoiy, huquqiy va siyosiy kontekstda о ‘rganishga asoslangan yondashuvlar ham tahlil qilingan. Maqolada musulmon olimlarining boshqa dinlarga oid ma ’lumotlami asl manbalar orqali о ‘rganishga intilgani, ilmiy xolislik, mantiqiy dalillash va metodologik aniqlik tamoyillariga amal qilgani asoslab berilgan. Tadqiqotjar ayonida dinlarningjamiyat hayotidagi о ‘rni, diniy ta 'limotlarning ijtimoiy va axloqiy funksiyalari ham e’tiborga olingan. Maqola musulmon dinshunoslik merosining zamonaviy qiyosiy dinlar tadqiqoti va umumiy dinshunoslikfanini rivojlantirishdagi nazariy va metodologik ahamiyatini ochib berilgan.66-763963223-05-2026 -
O‘RTA ASR DINLAR TARIXIGA OID MANBALARDA YAHUDIYLIK OQIMLARI E’TIDOQLARINING AKS ETISHI
Mumin Mirzo Murodjon ugli ABDUPATTAYEV, Bibigulnar Amalbaevna ERBOSYNOVA (Muallif)Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri boʼlgan Yahudiylik taxminan mil.avv. 2-ming yillikda Misrda paydo boʼlgan. Ushbu din taʼlimotiga koʼra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay togʼida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Yahudiylikning muqaddas kitobi Tavrotga ko‘ra, barcha insonlar bir ajdoddan tarqalgan bo‘lib, Nuh payg‘ambar o‘g‘illari davrigacha odamlar o‘rtasida irqiy kamsitish bo‘lmagan. An’anaviy yahudiy tushunchasiga ko‘ra, Nuh payg‘ambarning Xom, Som va Yofas ismli uchta o‘g‘li bor edi. Ularning har biri bir xalqning ajdodlariga aylandi. Xom xomiylar (qora tanlilar)ning ajdodi, Som somiylar (arab va yahudiylar)ning ajdodi, Yofas esa ajamlarning ajdodi edi. Ular orasida Som va uning nasl-nasabi boshqalardan ajralib turgan. Som avlodidan bo‘lgan Abar Ibrohim payg‘ambarning katta bobosi edi. Shuning uchun Ibrohim payg‘ambar ibroniy (ibri) ya’ni “Abar avlodi” deb atalgan va u gapiradigan til ibroniy (ivrit) deb nomlangan.
Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va paygʼambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik oʼzaro birlashib ketgan boʼlib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas. Barcha dinlarda boʼlgani kabi yahudiylikda ham uzoq tarixiy taraqqiyot davomida ichki boʼlinishlar yuzaga kelgan.
O‘rta asrlarda faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy kabi musulmon dinshunos olimlarining dinlar tarixiga oid asarlarida milliy din hisoblangan yahudiylik dini doirasida paydo bo‘lgan oqimlar e’tiqodlari ham zikr qilingan. Bunda olimlar “73 firqa hadisiga” tayanishgan. Oqimlar aqidasi esa ularning Tavrot va “xaloskor” (Messiah, Meyshah)ga bo‘lgan ishonchlari asosida yoritilgan.
Ushbu maqolada o‘rta asr manbalari asosida yahudiylik oqimlari e’tiqodlarining o‘xshash va farqli jihatlari tahlil etilgan.
78-852492318-07-2026 -
IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI
Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)Dinshunoslik fani insoniyatning madaniy, maʼrifiy, fikriy tarixini o‘z ichiga olgan gumanitar fanlar qatoriga kiradi. Bu fanning yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi ham nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr musulmon Sharqida ham alohida o‘rganilgan. Qiyosiy dinshunoslikning ilk asoschilari ham aynan musulmon olimlari hisoblanadi. Ular qatoriga Beruniy, Ibn Hazm, Shahristoniy, Kalbiy kabi bir qator olimlarni kiritish mumkin. Xususan, Ibn Hazm Andalusiy ham ilk bor dinlarni qiyosiy o‘rgangan musulmon olimlardan biri hisoblanadi. Beruniy va Ibn Hazm islom renessansi davrining yirik namoyondalaridan bo‘lib, ularning qiyosiy dinshunoslik sohasi bo‘yicha yozib qoldirgan asarlari soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Bu ikki qomusiy olimni dinshunoslar “Qiyosiy dinshunoslik sohasining otalari” deya e’tirof etishadi. Ular yozib qoldirgan asarlar hozirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va qiyosiy dinshunoslik sohasi tadqiqotchilari uchun asosiy manbalar bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu maqolada musulmon olamida qiyosiy dinshunoslik sohasining asoschilaridan biri hisoblangan Ibn Hazm Andalusiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va diniy muhit, shuningdek, olimning ilmiy merosi, uning bizgacha yetib kelgan asarlari, bir qator islomshunos va dinshunos olimlarning Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabatlari, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarining yozilish tarixi, asarda firqalar tasnifi va bu asarning dinlar va ulardagi firqalar tarixiga oid manbalar orasida tutgan oʻrni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va ob’yektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar batafsil bayon qilingan.
41-482261823-07-2026
