- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
МАҲМУД ЛОМИШИЙНИНГ “ТАМҲИД” АСАРИДА ИМОН ВА УНГА БОҒЛИҚ МАСАЛАЛАР БАЁНИ
Abdullo GULOMOV (Muallif)Маҳмуд ибн Зайд Ломиший ҳижрий V ар охири - VI аср бошида Самарқандда фаолият юритган ҳанафий-мотуридий олим ҳисобланади. У мутакаллим ва усулий олим сифатида танилган. Унинг калом илмига оид “ат-Тамҳид ли қоваид ат-тавҳид”, усулул-фиқҳга доир “Китаб фи усулил-фиқҳ”, айрим фиқҳий атамалар таърифига бағишланган “Баён кашфил-алфоз” номли асарлари бизгача етиб келган. Ломиший асарлари ҳатто, Усмонли ва Салжуқий мадрасаларида ҳам дарслик сифатида ўқитилган. Ушбу мақолада олимнинг калом илмига оид “ат-Тамҳид ли қоваид ат-тавҳид” асарининг сўнгги бобидан ўрин олган имон ва унга тааллуқли бўлган масалалар тадқиқ этилган. Беш фаслдан иборат мазкур бобда имоннинг моҳияти, унинг ортиши ёки камайиши, имоннинг махлуқ ёки махлуқ эмаслиги, муқаллиднинг имони, имонда истисно қилиш каби масалалар ўрин олган. Муаллиф дастлаб имоннинг моҳияти, унга аҳли сунна уламолари томонидан берилган таърифлар, мотуридийларнинг бу борадаги қарашлари ва уларнинг далиллари, амаллар имоннинг таркибий қисмига кирмаслиги, хорижий ва жаҳмийларнинг бу борада тутган йўллари ҳақида тўхталган. Кейинги фасл имоннинг ортиши ёки камайишига бағишланган бўлиб, муаллиф мазкур мавзуда жуда қисқа иборалар билан имоннинг ортмаслиги ва камаймаслигини ифода қилиб берган. Имон бобининг учинчи фаслида унинг махлуқ ёки махлуқ эмаслиги борасида сўз боради. Бу бобда тасдиқ ва иқрор банданинг феъли бўлгани учун имоннинг махлуқлиги, лекин Аллоҳнинг тавфиқи ва ҳидояти махлуқ эмаслиги баён этилган. Кейинги икки фасл муқаллиднинг имони ва имонда истисно масаласига бағишланган. Мазкур ўринда муаллиф мотуридийлар наздида муқаллиднинг имони эътиборли экани, имонда истисно эса жоиз эмаслиги ҳақидаги қарашлар ва бу борадаги далиллари таҳлил қилинган.
33-412792104-07-2026 -
BURHONUDDIN MARG‘INOYNING “HIDOYA” ASARINING MUSULMON FIQHINING RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
Mavlidin GADJIYEV (Muallif)Annotatsiya. Ushbu maqola XII asrda yozilgan Burhoniddin al-Marginoniy tomonidan “Hidoya ” asariga bag'ishlangan bo‘lib, hanafiy mazhabi rivoji va islom huquqshunosligida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fundamental asar huquqiy me'yorlarni tizimlashtirib, tartibga solib, taxminan 4800 huquqiy masalani qamrab olgan. “Hidoya" 4 jilddan iborat bo'lib, har biri huquqiy tadqiqotlarning turli jihatlariga bag'ishlangan: ibodat masalalari, ijtimoiy va tijorat munosabatlari, jinoiy huquq va adolat, shuningdek, qasamlar, urush va tinchlik, vasiyat va meros. Asar sodda va tushunarli tilda bo ‘lib, и nqfaqat huquqshunoslar, balki talabalar uchun ham tushunarli holda yo ‘zilgan. “Hidoya ” musulmon huquqshunoslari va talabalar uchun muhim bilim manbai bo ‘lib qolmoqda va huquqiy bilimlarni yangi muammolarga moslashtirishga yordam beradi. Ushbu asar chuqur tahlil vafanlararo yondashuvning namunasidir, musulmon olimlari va huquqshunoslari о ‘rtasida muloqot va о ‘zaro anglashuvni rivojlantirishga hissa qo ‘shadi.
Maqolada mazkur asarning afzalliklari vafarqlari tahlil qilingan, uning zamonaviy dunyodagi roli ochib berilgan. Maqolada "Hidoya"ning o'zgaruvchan dunyoda islom huquqini rivojlantirish va moslashtirishga ко ‘maklashuvchi davomiy huquqiy bilim manbai sifatida ahamiyati ta 'kidlangan. Shunday qilib, Burhoniddin al-Marginoniy “Hidoya ” asari islom huquqshunosligida muhim asar ho ‘lib qolmoqda, huquqshunoslik an 'analarining davom etishiga ко ‘maklashadi va zamonaviy huquqiy masalalarni hal qilish uchun zarur bilimlar bilan huquqshunoslar va talabalar uchun manba sahaladi. Ushbu asar ilmiy ishlarning huquqiy madaniyat va zamonaviy jamiyatdagi qaror qabul qilish jarayonidagi ahamiyatini ко ‘rsatadi. Maqola “Hidoya "ning zamonaviy huquqni qo ‘Hash va huquqiy nazariyaga ta sirini, global kontekstda uning ahamiyati va tez о ‘zgarish sharoitida yuzaga keladigan muammolarni hal qilishga yordam berishini e ’tiborga oladi.44-512673701-04-2026 -
ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA ISLOM IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI
Dr (Muallif)Ushbu maqolada islom tafakkuri tarixida ulkan iz qoldirgan, hanafiylik mazhabi nazariy asoslarining shakllanishida o’zining katta hissasini qo’shgan mujtahid olim Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari uning “Kitob al-xaroj” asari asosida tahlil qilingan. “Kitob al-xaroj” islom ta’limotidagi hanafiy mazhabi bo’yicha bitilgan ilk yozma manba hisoblanadi. Uning soliq solish muammolari to‘gʼrisidagi ushbu risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan asar bo’lib, Abu Yusuf VIII asr oxirlarida Abbosiylar xalifaligining bosh qozisi bo‘lib ishlagan paytida yozgan.
Islomning ilk davrida musulmon iqtisodchilari fiqh olimlari bo‘lishgan. Islom shariyati qoidalariga tayangan musulmon olimlari tomonidan o‘z davrlari uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni tadqiq etilishi yangi bilimlarning rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatgan. Horun ar-Rashid davrida bosh qozi bo‘lgan fiqh olimi Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asari buning yorqin dalili hisoblanadi. Unda nafaqat soliqqa tortishning huquqiy jihatlariga, balki davlatning iqtisodiy siyosati borasidagi masalalarga ham murojaat etgan.
Ushbu maqolada Abu Yusufning hayoti va faoliyati, ilk islom davridagi soliq tizimining shakllanishi, iqtisodiy-madaniy hayot, yer va suvdan foydalanish tartibi, xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosat, turli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarga yechim sifatida berilgan takliflari birma-bir ko’rib chiqilgan. Mavzu keng miqyosda fiqh ilmiga oid manbalar orqali tahlil qilinsa-da, biroq “Kitob al-xaroj”da keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilinadi.
Maqolada davlat boshqaruvi, xalifalik tarixi va anʼanalari haqida qimmatli maʼlumotlar ham keltirilgan. “Kitob al-xaroj” asari islom davlati hududi kengaygan davrda, turli o‘lkalardagi ayrim masalalar tufayli yuzaga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib, Аbu Yusuf uni asosan Аbu Hanifaning huquqiy nazariyasiga tayangan holda, shuningdek, eng ishonchli hadislar, sahobalarning aytgan so‘zlari, qo‘llagan usul va qoidalardan foydalanib yozgan. Abu Yusuf mujtahid olim sifatida o’z darining muhim diniy masalalari, jumladan, iqtisodiy soha bilan ham shug’ullanishga majbur bo’lgan. “Kitob al-xaroj” asari undan keyin Yaxyo ibn Odam, Аbu al-Аbbos Muhammad Kotib, Аbu al-Faraj Qudama ibn Jaʼfar, Nasr ibn Muso ar-Romiy, Xasan ibn Ziyod tomonidan ushbu nomda yozilgan kitoblar orasida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ilmiyligi va daqiqligi bilan ulardan ajralib turadi. Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asarida bayon etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy-falsafiy va islom soliq tizimiga oid tahliliy ma’lumotlar bilan bir qatorda VIII – IX asrlarda Musulmon sharqidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ilk abbosiylar xalifaligi davrida madaniy-maʼrifiy aloqalar, Abu Yusuf qarashlari xalq farovonligi va ijtimoiy adolat g’oyasining iqtisodiy-falsafiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
52-643152918-07-2026
