Mualliflar

  • Dr Termiz branch of the Tashkent Medical Academy Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2024/3/52-64

Kalit so‘zlar:

Abu Yusuf Islom iqtisodi iqtisodiy fikr fiqh hanafiy mazhabi.

Annotasiya

Ushbu maqolada islom tafakkuri tarixida ulkan iz qoldirgan, hanafiylik mazhabi nazariy asoslarining shakllanishida o’zining katta hissasini qo’shgan mujtahid olim Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari uning “Kitob al-xaroj” asari asosida tahlil qilingan. “Kitob al-xaroj” islom ta’limotidagi hanafiy mazhabi bo’yicha bitilgan ilk yozma manba hisoblanadi. Uning soliq solish muammolari to‘gʼrisidagi ushbu risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan asar bo’lib, Abu Yusuf VIII asr oxirlarida Abbosiylar xalifaligining bosh qozisi bo‘lib ishlagan paytida yozgan.

Islomning ilk davrida musulmon iqtisodchilari fiqh olimlari bo‘lishgan. Islom shariyati qoidalariga tayangan musulmon olimlari tomonidan o‘z davrlari uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni tadqiq etilishi yangi bilimlarning rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatgan.  Horun ar-Rashid davrida bosh qozi bo‘lgan fiqh olimi Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asari buning yorqin dalili hisoblanadi. Unda nafaqat soliqqa tortishning huquqiy jihatlariga, balki davlatning iqtisodiy siyosati borasidagi masalalarga ham murojaat etgan.

Ushbu maqolada Abu Yusufning hayoti va faoliyati, ilk islom davridagi soliq tizimining shakllanishi, iqtisodiy-madaniy hayot, yer va suvdan foydalanish tartibi, xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosat, turli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarga yechim sifatida berilgan takliflari birma-bir ko’rib chiqilgan. Mavzu keng miqyosda fiqh ilmiga oid manbalar orqali tahlil qilinsa-da, biroq “Kitob al-xaroj”da keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilinadi.

Maqolada davlat boshqaruvi, xalifalik tarixi va anʼanalari haqida qimmatli maʼlumotlar ham keltirilgan. “Kitob al-xaroj” asari islom davlati hududi kengaygan davrda, turli o‘lkalardagi ayrim masalalar tufayli yuzaga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib, Аbu Yusuf uni asosan Аbu Hanifaning huquqiy nazariyasiga tayangan holda, shuningdek, eng ishonchli hadislar, sahobalarning aytgan so‘zlari, qo‘llagan usul va qoidalardan foydalanib yozgan. Abu Yusuf mujtahid olim sifatida o’z darining muhim diniy masalalari, jumladan, iqtisodiy soha bilan ham shug’ullanishga majbur bo’lgan. “Kitob al-xaroj” asari undan keyin Yaxyo ibn Odam, Аbu al-Аbbos Muhammad Kotib, Аbu al-Faraj Qudama ibn Jaʼfar, Nasr ibn Muso ar-Romiy, Xasan ibn Ziyod tomonidan ushbu nomda yozilgan kitoblar orasida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ilmiyligi va daqiqligi bilan ulardan ajralib turadi. Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asarida bayon etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy-falsafiy va islom soliq tizimiga oid tahliliy ma’lumotlar bilan bir qatorda VIII – IX asrlarda Musulmon sharqidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ilk abbosiylar xalifaligi davrida madaniy-maʼrifiy aloqalar, Abu Yusuf qarashlari xalq farovonligi va ijtimoiy adolat g’oyasining iqtisodiy-falsafiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Аbu Yusuf Yakub b. Ibraxim al-Kufi. (2001). Kitab al-Xaradj. (Musulьmanskoe Аbu Yusuf Yakub b. Ibraxim al-Kufi. Kitab al-Xaradj (Musulьmanskoe nalogooblojenie) / Per. s arabskogo i kommentarii А. E. Shmidta. Suprakommentarii k perevodu А. S. Bogolyubova. Podgotovka k izdaniyu, vstupit. statya i ukazateli А. А. Xismatulina. - Sankt Peterburg. – S. 415.

2. Аbdullaev R. (2009) Islom iqtisodiyoti asoslari // Maʼnaviy va diniy yetuklik davr talabi. – T. : “Toshkent islom universiteti” nashr., 2009. – 211 b.

3. Abdul Azim Islahi. (2006) Kharaj and land proprietary right in the sixteenth century: An example of law and economics. – King Abdulaziz University, Jeddah, 2006. – P. 1-8.

4. Ahmad Farras Oran. (2009) The Economic system under the Abbasids dynasty. – London : The encyclopaedia of Islamic economics, 2009. – 257-266 p.

5. Bekkin R.I. (2019) Islom iqtisodiy modeli va zamon. –T. : O‘zbekiston, 2019. – 359 b.

6. Bekkin R.I. (2009) Islamskaya ekonomicheskaya model i sovremennost. –Moskva : Izdatelьskiy dom Mardjani, 2009. – 316 s.

7. Baydaulet Ye.А. (2019) Islomiy moliya asoslari. – T. : O‘zbekiston, NMIU, 2019. – 432 b.

8. Bekkin R. (2008) Ekonomicheskie vozzreniya Аbu Yusufa. – 2008. – URL : https://islamnews.ru/news-e-konomicheskie-vozzreniya-abu-jusufa.

9. Siddiqi M.N. Historiy of Islamic Economics Thought. – Jeddah, 1992. – 252 r.

10. Sabahiddin Azmi. (1995). Abu Yusufs contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree of master of philosopy in economics. India. – 140 r.

11. Syukiyaynen L.R. (2004) Musulmanskoe pravo sobstvennosti: yuridicheskoe osmyslenie religioznyx postulatov // Otechestvennыe zapiski. – 2004. – №6 (21)/ – URL : www.strana-oz.ru.numid21.article.978

12. Ibn an-Nadim. al-Fihrist. – Bayrut : Dorul-maʼrifa. – B. 286.

13. Imom Аbu Yusuf Yaʼqub ibn Ibrohim Kufiy. (2021) Kitob al-xaroj. tarjimon. А.Mannapov. – Toshkent : “O‘zbekiston halqaro islom akademiyasi” nashriyoti, 2021. – 240 b.

14. Islomov А. Egamov. E. (2003) Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi. – T. : O‘zbekiston, 2003. – 216 b.

15. Dr. Oğuz BAL. (2014). One of the milestones of Islamic economics: Abu Yusuf and his economic thought. www.tujise.org. Vol. 1, No. 2.

16. Dr. Oğuz BAL. (2014). Islam Iktisadinin kilometer taslarindan Ebu Yusufun iktisodi dusuncesi // Turkish Journal of Islamic Economics, Vol. 1, No. 2, August. - P. 1-41.

17. Hendri H.A. (1983). The Rationalization of Abu Yusuf Economic Thought (An Analysis of the Islamic Public Finances) // Journal of Islamic bancing and finance. Volume 35, Issue 4, December 2018. – R. 42.Yûsuf Musa, Fıkh-ı İslâm Tarihi, Istanbul. Çev:Ahmet Meylani, s.232.

18. Habib Ahmed. (2004) Role of Zakah and Awqaf in Poverty Allevation. – Jeddah, 2004. – 150 p.

19. Lokkegard. F.(1950) Islamic Taxation in the classic Period. – Copenhagen : Branner & Korch, 1950. – 286 p.

20. Nadejdin А.V. (2020). Аbu Yusuf kak odin iz uchenikov Аbu Xanifы v kontekste stanovleniya xanafitskoy pravovoy shkolы. Vestnik Rossiyskogo universiteta kooperatsii. № 3(41). – S. 143-147.

21. Nasrulloh Ali Munif. (2019). Critical analysis of Abu Yusuf thought: The role of government in Islamic economic. Vol. 07 No. 01. – P. 14-24. http://ejournal.staim-tulungagung.ac.id/index.php/Eksyar.

22. Nasir Nabi Bhat. (2015) Some Insights in the Development of Islamic Economic Thought During Medieval Times. Asian Journal of Multidisciplinary Studies. Volume 3, Issue 3, March 2015. – R. 158-175

23. Nuriev B.D. (2015) Zakyat v klassicheskom musulmanskom prave. – Vestnik KGU im N.А.Nekrasova., 2015. – №3. – C. 178-182.

24. Öznur ÖZDEMİR. (2018). Early Islamic Institutions: Administration and Taxation from the Caliphate to the Umayyads and Abbasids. // Journal of Sakarya University Faculty of Theology (SAUIFD), Volume: XX, Issue: 37.

25. Öznur Özdemir. Tax distruption as a groud force for the Abbasid revolution and a review for modern Islamic historiography. – URL : http://dx.doi.org/10.17335/sakaifd.354578

26. Raxmonov. А.R., Ruziev R.J. (2010). Islamskoe pravo. – Ufa, 2010. – 284 s.

27. Sharl R. (1959). Musulmanskoe pravo. / per. S.I.Volk; predisl. Ye.А.Belyaeva. – Moskva : Inostr. lit., 1959. – 142 s.

28. Xasanov X. V. (2017). Аxloqiy (islomiy) moliyalashtirish tizimi – innovatsion moliyalashtirish vositasi sifatida (O‘zbekiston va MDH misolida) // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. – № 5, 2017. – B. 1-8.