- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ЗАМАХШАРИЙ ИЛМИЙ МЕРОСИНИНГ ТАРИХНАВИСЛИГИ
Shukhrat MIRZIYATOV (Muallif)Мақола таниқли мутафаккир Маҳмуд Замахшарий асарлари, рисолалари таҳлили ва олим меросининг Ўзбе- кистонда ўрганилиш тарихига бағишланган. Маҳмуд Замахшарий илмий меросини тадқиқ қилиш том маънода Ўзбекистон мустақиллиги йилларидан бошлаб кун тартибидан жой олди. «Муқаддамату-л-адаб»нинг форсий ва туркий сўзлик киритилган нусхалари ўзбек тарихий лексикологияси, жумладан, лексикографияси учун жуда қимматлидир. Унда туркий сўзларнинг ҳам арабча, ҳам форс-тожикча муодиллари борлиги сўзлар маъносини тўғри аниқлашда катта ёрдам берган. «Муқаддамату-л-адаб»нинг Ўзбекистонда ўрганилиш ҳолатини таҳлил қилиш, мазкур асарнинг тил тарихига оид барча манбаларда қимматли асар сифатида эътироф этилиши ушбу мақолада яққол намоён бўлади. Шу билан бирга, Замахшарий ижодини ўрганишга ўз ҳиссасини қўшган қатор олимларнинг илмий изланишлари таҳлил қи- линади. Эришилган ютуқ ва камчиликлар ҳақида фикр ва мулоҳазалар баён этилади. Мақоланинг асосий қисми эса бугунги кунга қадар тадқиқ этилмаган «Муқаддамату-л-адаб»нинг туркий сўзлик киритилган энг қадимий Ёзгат-Хоразм қўлёзмасининг манбашунослик, луғатшунослик, тилшунослик нуқтаи назаридан таҳлили ва унинг бошқа қўлёзма нусхалари ичида устун тарафларини очиб беради. Шунингдек, мақолада А.Рустамов, Ғ.А.Абдураҳмонов, А.Алиев, У.Уватов, З.Исломов, М.Ю.Ҳакимжонов, М.Носирова, Қ.Содиқов, И.Қўчқортоев, В.В.Бартольд, А.Е.Бертельс, Ф.Дорнзайф, Н.Сулаймонова, Б.Турдиали- ев, А.А.Болтаевларнинг Маҳмуд Замахшарий илмий меросини ўрганиш бўйича олиб борган тадқиқотлари таҳлил қилинган.
99-1062312128-06-2026 -
ARAB TILSHUNOSLIGIDA MAONIY ILMIGA XOS QARASHLAR
Salima RUSTAMIY (Muallif)Dunyoda o‘rta asr olimlarining tilga oid nazariy va amaliy masalalarni qamrab olgan tilshunoslikka oid qarashlari adab ilmlari tarkibida lug‘at (leksikologiya), sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), balog‘at ilmlari kabi sertarmoq va murakkab ilmiy nazariyalar majmui sifatida ravojlanib, uning o‘rganish ob’ekti til, til hodisalari va til ifodasi bo‘lgan nutqdan iborat bo‘ldi. Til – murakkab ramzlar tizimi sifatida baholandi. Til hodisalarini nazariy o‘rganish jarayonlarida G‘arb lingvistika maktablari tilning kommunikativ, kognitiv, nominativ va akkumulyativ funksiyalariga e’tibor qaratdi, shu bois G‘arb olamida sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, antropolingvistika kabi sohalar rivojlandi. Islom uyg‘onish davrida tilshunoslarni ko‘proq tilning emotsional-ekspressiv, ya’ni volyuntativ funksiyasi qiziqtirib, til hissiy-ruhiya ta’sir vositasi sifatida chuqur o‘rganildi. Natijada tilning estetik ta’siri va badiiy tuzilishi haqidagi nazariy qarashlar arab dunyosida balog‘at ilmining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Bugungi kunda jahon tilshunosligida balog‘at ilmining tarixi, tuzilishi, ahamiyati, istilohlar ma’nosi, badiiy vositalarning qo‘llanish usullarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Tadqiqotchilar oldida balog‘at ilmining nazariy asoslari, uning adab ilmida tutgan mavqei, zamonaviy usullar yordamida balog‘at ilmlari tipologiyasini amalga oshirish vazifasi turgan bo‘lib, uning yechimi ilmiy-adabiy qarashlar tizimini anglashga xizmat qiladi.
Maoniy ilmida kalomning xabar (خبر) va insho (إنشاء) xususiyatlari talqini, musnad (مسند) va musnad ilayhi (مسند إليه) munosabatlari va ularning ifodalanish tarzlari, qasr (قصر) usulining ma’no xoslash xususiyatlari, fasl (فصل) va vasl (وصل) usullarida stilistik va semantik bog‘lanish tartibi, ma’noni iyjoz (إيجاز), itnob (إطناب), musovat (مساواة) usullarida shakllantirish xususiyatlari balog‘at ilmi haqidagi qarashlar asosida tadqiq qilingan. Maoniy ilmida kalomning musnad va musnad ilayhi ruknlari, ularning xossalari haqidagi to‘liq ma’lumot beriladi. Maqolada maoniy ilmi haqida yuqorida ta’kidlangan xabar, insho, musnad va musnad ilayhi masalalari tahlil qilingan.
4-123033520-07-2026 -
TERMINOLOGIYA ZAMONAVIY ADABIY ARAB TILIDA MAXSUS TIL QATLAMI SIFATIDA
Victoriya MAMADJANOVA (Muallif)Ushbu maqola arab mamlakatlarida zamonaviy terminologiyaning shakllanishi va qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga bag’ishlangan. Uning leksik – terminologik tarkibini shakllantirish jarayoniga ta’sir ko’rsatgan omillarni aniqlash juda muhim o’rin tutadi. Arab davlatlarining milliy ozodlik harakatlari jadallashgandan so’ng, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, arab tilining rasmiy maqomi masalasi mintaqaviy va global miqyosda bir necha bor ko’tarildi. Ta’limning milliylashtirilishi arab mamlakatlarining til siyosatning asosiy printsipiga aylandi. Gap butun xalq ta’limi tizimining arab tiliga o’tishi, o’rta asrlar mumtoz tilining kundalik aloqa tili sifatida joriy etilishi haqida edi. Arab mintaqasidagi siyosiy vaziyatning o’zgarishi mustamlaka tilidan tizimli ravishda chiqib ketishi, zamonaviy adabiy tilning leksik tarkibini boyitishi, milliy terminologiyaning rivojlanishi bilan birga kechdi. Bu jarayonda jamiyat va ta’lim muassasalari tomonidan qo’llab – quvvatlanadigan an’anaviy maktab nuqtai nazarlari ustunlik qildi. Arab mamlakatlarida tilga nisbatan an’anaviy qarashlardan uzoqlashish urinishlari ma’qullanmadi. Fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi arab tilida ko’plab yangi tushunchalarning paydo bo’lishiga va xorijiy atamalarni jadal o’zlashtirishga olib keldi. Vazifa jahon ilmiy va texnologik taraqqiyot talablariga javob beradigan ta’lim sohasidagi yangi mazmun bilan ta’minlash edi. Moslashuv jarayonida xorijiy atamalar arab tilining amal qilish sharoitlariga moslashtirildi. Mavzular noaniqligi va professional tarjimaning yetishmasligi tufayli juda ko’p sinonim nomlar paydo bo’ldi. Biroq, bu har qanday terminning shakllanishi va faoliyatining ekstralingvistik shartliligini aks ettiruvchi tabiiy hodisa. Arab terminologiyasini o’rganishga sotsiologik yondashuv uning rivojlanishidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi.
147 - 1562392204-07-2026 -
ZAMONAVIY ARAB TILINING DOLZARB MUAMMOLARI
Bakhrom DAMINOV (Muallif)Maqola arab tilshunosligining bugungi kungacha uning tarixi davomida arablarni qiziqtirgan eng dolzarb muammolarni o’rganishga bag’ishlangan. Ushbu maqolada arab tilshunosligining turli sohalariga oid masalalarda markaziy o’rinni egallab turgan eng muhim muammolar ko’rib chiqiladi.
Hozirgi vaqtda arab tilshunosligi leksikografiya, hududiy dialektlar va zamonaviy arab adabiy tilini o’rganish masalasi zamonaviy arabshunoslik uchun muhim vazifalardan hisoblanadi.
Bahsning dolzarbligi arab tili muammolarini o’rganish zamonaviy tilshunoslik nazariyasining bir qismi ekanligi bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati zamonaviy arab adabiy tilining dialektlar, leksikologiya va fonetikaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan bog’liq bo’lib, ushbu muammoning tarixiy sohasi ham ko’rib o’tiladi.
Maqola ahamiyatining yana birjihati shundaki unda, arab mamlakatlaridagi lingvistik vaziyatga alohida e’tibor qaratilib, umumiy adabiy tilni yaratishdagi to‘siqlarni yengib o‘tish muammosi, adabiy til va lahjalarning leksikologik xususiyatlari, shuningdek, arab tilshunosligining tarixiy bosqichlari haqida so’z yuritiladi.
Maqolaning maqsadi, til va uning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan sotsiologik va etnolingvistik jarayonlarning asosiy tuzilmalarini , arab tilshunosligi aspektlarini o’rganishni tahlil qilishdan iborat.
Muallif hududiy lahjalarni (ayniqsa, Magrib mamlakatlari dialektlarini) farqlashning murakkab muammosiga, fonetika, grammatika va leksikologiyada adabiy tildan qishloq va shahar lahjalari o’rtasidagi keng tafovutga e’tibor qaratadi. Ushbu muammo juda kam o’rganilgan va qo’shimcha tadqiqotlarni talab qiladi.
Xulosada arab mintaqasidagi lingvistik vaziyatning mohiyatini ochib berish, arab mamlakatlarida olib borilgan arablashtirish muammolarini tavsiflash, sotsiologiyaning zamonaviy tilshunosligi nuqtai nazaridan arab tilining kelajagi xususida fikr yuritiladi.
154 - 1633922123-06-2026
