- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
OVQATDAGI KASHRUT VA HALOL MASALASIDA YAHUDIYLIK VA ISLOM DININING XUSUSIYATLARI
Aziza QURBONOVA (Muallif)Dinlarning asosiy omillaridan biri oziq-ovqat tizimi bo’lib, u geografik, tarixiy, ijtimoiy va madaniy kabi ko’plab jihatlarni qamrab oladi. Umuman dinga qiziqish ortib borayotgan bir sharoitda anʼanaviy diniy
konfessiyalarning samoidentifikatsiyasi, jumladan, diniy jamoalarning birligi va yaxlitligini qoʻllab-quvvatlovchi meʼyoriy mexanizmlarni aniqlashtirish masalalari ayniqsa dolzarb boʻlib qoldi. Har qanday etnik guruhning ovqatlanish tartibi oziq-ovqat uchun ishlatiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, mahsulotlarni tayyorlash va saqlash usullari, ulardan tayyorlanadigan taomlarning navlari, oziq-ovqatning etnik o’ziga xosligi, ular bilan bog’liq urf-odatlar, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va pishirish usullari, oziq-ovqat cheklovlari, taqiqlar va afzalliklar, ovqatlanish tartibi va ovqatlar tayyorlanadigan va iste’mol qilinadigan joylar, oziq-ovqat mahsulotlarining milliy xususiyatlari va an’analaridan iborat.
Islom va yahudiylik kabi dinlarda oziq iste’moli qaysidir ma’noda o’xshashdir. Islomda, shuningdek, yahudiylik (iudaizm) dinlarida oziq-ovqat alohida o’rin tutadi va bu xalqlarning ovqatlanish madaniyati ularning diniy manbalarida bayon etilgan ko’plab me’yorlar bilan tartibga solinadi. Shunga qaramay, ushbu dinlar e’tiqodchilarining ovqatlanish madaniyatida diniy omilning rolini har tomonlama va muvofiqlashtirilgan o’rganish haligacha amalga oshirilmagani ushbu yo’nalishdagi tadqiqotlarning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada islom va yahudiylik dinlaridagi asosiy oziq-ovqat ko’rsatmalarini, ularning paydo bo’lishi va rivojlanishi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot mavzusi dolzarb va ilmiy ahamiyatga ega, chunki oziq-ovqat ko’rsatmalari diniy tizimlarning muhim tarkibiy qismidir. Turli e’tiqodlarning ovqatlanish madaniyatini tahlil qilish ular o’rtasidagi bog’liqlik, o’xshashlik va farqli jihatlarini topishga imkon beradi, bu umuman dinni, xususan, uning jamiyatda faoliyat ko’rsatish mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Tadqiqotning maqsadi – islom va yahudiylikda ovqatlanish madaniyatidagi diniy omilni tahlil qilishdir. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi: islom va yahudiylik dinlarida iste’mol madaniyatiga oid birlamchi tushunchalarni aniqlash, din va ovqat iste’mol qilish madaniyatini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini aniqlash, taqqoslash, diniy an’analarda halol va kashrutning umumiy tamoyillarini tadqiq qilishdir.
78-882402218-09-2026 -
ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLARDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI (INDONEZIYA, MALAYZIYA VA TURKIYA MISOLIDA)
Mirodil KHAYDAROV, Jasurbek ABDUKADIROV (Muallif)Bugungi kunda har bir sohani isloh qilish bilan birga, yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqish yangilanayotgan O’zbekiston davlatining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar mamlakat iqtisodiyotini, aholi turmush tarzini, shuningdek, O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’sini oshirishga xizmat qiladi. Ana shunday sohalardan biri turizmning “Ziyorat turizmi” tarmog’idir.
2020 yilda O’zbekistonga 1 mln 504 ming turist tashrif buyurib, ularga 261 mln dollarlik xizmat ko’rsatilishiga erishildi. O’zbekiston dunyoga qadimiy va ekzotik shaharlari bilan ziyorat turizmi infratuzilmasini barpo etish, sayyohlar uchun barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratish, ziyorat turizmi brendini ishlab chiqish bo’yicha yetarli salohiyatga ega mamlakat hisoblanadi.
O’zbekistondagi ko’plab madaniy yodgorliklarning YuNESKO tomonidan butunjahon madaniy meroslari sifatida ro’yxatga olingani e’tirofga loyiqdir.
Bugungi kunda Dunyoning Halol turizm boyicha ixtisoslashgan yetakchi tashkilotlaridan biri Crescent Rating taxminiy ma‘lumotlariga ko‘ra 2026-yilga kelib ziyorat maqsadida sayohat qiluvchilarning soni 230 mln. kishini tashkil etishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu esa kelajakda ziyorat turizmi jahon turizmining yetakchi yo‘nalishlaridan biriga aylanishi hamda ziyorat turizmi tarmog‘i dunyo davlatlari iqtisodining ajralmas bir qismiga aylanib borayotganligini ko‘rsatadi. Jumladan, Islom hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlarda ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘l harakati strategiyasi” nomli qo‘llanmaning nashr qilinganligi ham so‘zimiz isbotidir.
Maqolada Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda xalqaro ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati, xususan, mamlakatlardagi ziyorat turizmi rivoji uchun zarur bo‘lgan tarixiy sharoit, uning bugungi ziyorat turizmi obyekti sifatidagi o‘rni, bu boradagi o‘z yechimini kutayotgan vazifalar va istiqboldagi natijalar asosiy muhomaka mavzusi hisoblanadi. Jumladan, IHT ga a’zo Indoneziya, Malayziya va Turkiya davlatlarida ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlarning bayoni keltirilgan. Shuningdek, maqolada ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
127 - 1341982306-07-2026 -
O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA MILLIY USTUVORLIKLAR
Abduvali ISADJANOV, Ilyos GULMURATOV (Muallif)Turizm sohasining zamonaviy iqtisodiyotda, yangi ishchi o‘rinlarni va kichik biznesni rivojlantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Jahon iqtisodiyoti, mintaqalar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda turizm sohasining rivojlanishining zamonaviy tendeywiyalari tahlil qilingan. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, qo‘llab-quvvatlash chora-tadbiralari, shu jumladan, transport logistikasini, infratuzulmasini, mehmonxonalarni rivojlantirish, viza protseduralari soddalashtirish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Maqolada turizmning global, mintaqviy hamda milliy rivojlanish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy turizm bozori, jumladan, shahar sayohatlari, halol turizmi va boshqa turistik yo‘nalishlarning rivojlanish tendensylari va istiqbollari yoritilgan, shu jumladan , shahar sayohati, halol turizm, ziyorat turizmiva boshqalar. Xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari hamda istiqbollari tadqiq etilgan.
192 - 2021811829-06-2026
