Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ТОЖУ-Ш-ШАРИА – УБАЙДУЛЛОҲ ИБН МАСЪУД ФАОЛИЯТИ ВА УНИНГ “МУХТАСАРУ-Л-ВИҚОЯ” АСАРИ

    Nematullo NASRULLAEV (Muallif)

    Бухоронинг уч минг йилдан ортиқ тарихи давомида яшаб ўтган кўплаб маърифат дарғаларининг ибратли ҳаёт йўли, хулқ одоби, касбкори, илм-маънавияти, иймон-эътиқоди ҳақида ҳали етарлича маълумотларга эга эмасмиз. Мўғуллар босқини натижасида Бухоронинг хароб этилиши шаҳардаги ижтимоий-иқтисодий ҳолат, илм-фан ва маданиятга ўз таъсирини ўтказди.


    Мақолада Убайдуллоҳ ибн Масъуд Тожу-ш-шари’анинг айнан мўғуллар истилоси даврига тўғри келган фаолияти ва ва ўша давр тарихий жараёнларни тадқиқ этилган. Бу даврда мўътазилий, қадарий, жабарий, қирмитий каби турли ботил оқим вакилларининг таъсири кучайган эди.Ўз даврида алломаталабаларга ибодат масалаларини енгил ва тез қабул қилиб, уни мустаҳкам ўзлаштиришга интилган. Чунки, мўғуллар даврида илм-маърифатнинг сусайиши одамларни бирлаштирувчи омилларга ҳам ўз таъсирини ўтказган эди. Лекин Убайдуллоҳ ибн Масъуд каби фақиҳлар ўз анъаналари ва урф-одатларга содиқ туриб, халқнинг диний-маърифий ҳаётини оширишга интилишган.


    Айни давр ва ҳолат учун фиқҳий масалалар тўғрисида ихтилофлардан йироқ ва мукаммал асарларга эҳтиёж мавжуд бўлган. Бу асар ёзилишидаги бирламчи сабаб бўлса, иккинчиси уни одамларга тез ва тушунарли етказишда эди. Олимнинг “Мухтасарул Виқоя” асари пухта, аниқ ва лўндалиги билан шуҳрат қозонган.


    Муаллиф асарини ёритишда қисқаликка интилиб, фиқҳий масалаларни ўзига хос равишда осон услубда тушунтирган. Натижада талабалар уни қулай ва тез ўзлаштирган. Ҳанафий мазҳаби қоидаларига амал қилиб ёзилган ушбу асар, ўзидан аввал ёзилган манбаларни тўлдириши билан аҳамиятлидир.


    Мақолада Мовароуннаҳр ва унинг қатор шаҳарлари хусусан, Бухоро шаҳрининг XIII-XIV асрлардаги ижтимоий-маданий муҳити, Убайдуллоҳ ибн Масъуд илмий-маънавий мероси,фақиҳнинг “Мухтасару-л-Виқоя” асари матни, унга ёзилган шарҳлар, ҳошиялар ва таржималари таҳлил қилинган. Шунингдек, асарнинг минтақа илмий муҳити учун таъсири, таълим тизимидаги ўрни, аҳли илм ва омма орасидаги аҳамиятига урғу берилган.Муаллиф ўз даврининг етук олими бўлиб, фиқҳий масалаларни чуқур билган ва уларни илмий таҳлил қилиш қобилияти ва услублари ўрганилиб, таҳлил этилган.

    10 - 21
    313
    24
    06-07-2026
  • BURHONUDDIN MARG‘INOYNING “HIDOYA” ASARINING MUSULMON FIQHINING RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI

    Mavlidin GADJIYEV (Muallif)

    Annotatsiya. Ushbu maqola XII asrda yozilgan Burhoniddin al-Marginoniy tomonidan “Hidoya ” asariga bag'ishlangan bo‘lib, hanafiy mazhabi rivoji va islom huquqshunosligida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fundamental asar huquqiy me'yorlarni tizimlashtirib, tartibga solib, taxminan 4800 huquqiy masalani qamrab olgan. “Hidoya" 4 jilddan iborat bo'lib, har biri huquqiy tadqiqotlarning turli jihatlariga bag'ishlangan: ibodat masalalari, ijtimoiy va tijorat munosabatlari, jinoiy huquq va adolat, shuningdek, qasamlar, urush va tinchlik, vasiyat va meros. Asar sodda va tushunarli tilda bo ‘lib, и nqfaqat huquqshunoslar, balki talabalar uchun ham tushunarli holda yo ‘zilgan. “Hidoya ” musulmon huquqshunoslari va talabalar uchun muhim bilim manbai bo ‘lib qolmoqda va huquqiy bilimlarni yangi muammolarga moslashtirishga yordam beradi. Ushbu asar chuqur tahlil vafanlararo yondashuvning namunasidir, musulmon olimlari va huquqshunoslari о ‘rtasida muloqot va о ‘zaro anglashuvni rivojlantirishga hissa qo ‘shadi.
    Maqolada mazkur asarning afzalliklari vafarqlari tahlil qilingan, uning zamonaviy dunyodagi roli ochib berilgan. Maqolada "Hidoya"ning o'zgaruvchan dunyoda islom huquqini rivojlantirish va moslashtirishga ко ‘maklashuvchi davomiy huquqiy bilim manbai sifatida ahamiyati ta 'kidlangan. Shunday qilib, Burhoniddin al-Marginoniy “Hidoya ” asari islom huquqshunosligida muhim asar ho ‘lib qolmoqda, huquqshunoslik an 'analarining davom etishiga ко ‘maklashadi va zamonaviy huquqiy masalalarni hal qilish uchun zarur bilimlar bilan huquqshunoslar va talabalar uchun manba sahaladi. Ushbu asar ilmiy ishlarning huquqiy madaniyat va zamonaviy jamiyatdagi qaror qabul qilish jarayonidagi ahamiyatini ко ‘rsatadi. Maqola “Hidoya "ning zamonaviy huquqni qo ‘Hash va huquqiy nazariyaga ta sirini, global kontekstda uning ahamiyati va tez о ‘zgarish sharoitida yuzaga keladigan muammolarni hal qilishga yordam berishini e ’tiborga oladi.

    44-51
    267
    37
    01-04-2026
1 - 2 from 2

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling