- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
UNITWIN AKADEMIK DIPLOMATIYA VA MADANIYATLARARO MULOQOT PLATFORMASI SIFATIDA
Nurulloh TURAMBETOV (Muallif)Maqolada UNESCOning UNITWIN va UNESCO kafedralari dasturi zamonaviy globallashuv sharoitida akademik diplomatiya, madaniyatlararo muloqot hamda tinchlikni mustahkamlash vositasi sifatida tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi 1992-yilda UNESCO tomonidan universitetlararo hamkorlik mexanizmi sifatida tashkil etilgan ushbu dastur qanday qilib diniy bag‘rikenglik va tinchlik madaniyatini rivojlantiruvchi “yumshoq kuch” kanaliga aylanganini aniqlashdan iborat.
Maqolada UNESCO hujjatlari, Buxoro deklaratsiyasi hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha UNESCO kafedrasi materiallari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi akademik diplomatiya va dinlararo hamkorlikning amaliy namunasi sifatida ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqot natijalari UNITWIN/UNESCO kafedralari dasturi nafaqat ta’lim va ilmiy faoliyat, balki diplomatik va tinchlikparvarlik vazifalarini ham bajarishini ko‘rsatadi. UNESCO kafedralari dinlararo muloqotni rivojlantirish, global fuqarolikni targ‘ib qilish hamda barqaror xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada universitetlar va xalqaro akademik tarmoqlar zamonaviy dunyoda tinchlikni mustahkamlash hamda madaniyatlararo o‘zaro tushunishni rivojlantirishning muhim subyektlari ekanligi haqida xulosa qilingan.
50-571652124-07-2026 -
SOMONIYLAR DAVLATIDA ILMIY HAYOT JABHALARI VA MOVAROUNNAHR OLIMLARINING ILM-FANGA QO‘SHGAN HISSASI
Ahmad SAAD AL-DAMANHURI (Muallif)Ushbu maqolada Movarounnahr tarixining muhim davrlaridan biridagi ilmiy hayotning ba’zi muhim jihatlari tadqiq etilgan. O‘rganilgan davr yuksak ilmiy taraqqiyotga erishgan Somoniylar davridir. Maqola Somoniylar davlatining kelib chiqishi va uning tarixdagi o‘rnini yoritish bilan boshlangan. So‘ngra mazkur davrdagi ilmiy hayotni o‘zida aks ettiruvchi bir qator jihatlar qamrab olingan. Avvalo, somoniylar davlati va somoniy amirlar haqida so‘z yuritilgan. Islomning Movarounnahr diyoriga kirib kelish jarayoni tahlil qilingan. Bunda islom tufayli mazkur o‘lka yuksak mavqega erishgani, mahalliy aholiga islomni ta’lim bergan ilk muallimlar, sahoba va tobeinlar bo‘lganiga e’tibor qaratilgan. So‘ngra tolibi ilmlar uchun ilm bekati vazifasini o‘tagan muhim ilmiy markazlar va olimlar haqida so‘z yuritilgan. Mazkur davrda Movarounnahrdagi ilmiy muhit, faqih, muhaddis va mutakallim olmilar faoliyatiga to‘xtab o‘tilgan. So‘ngra olimlarning mavqeyi va somoniy amirlarning ilm-fanga homiylik qilganlari va buning ilmiy muhitga ijobiy ta’sir ko’rsatgani ochib berilgan. O’sha davrda faol bo‘lgan din va mazhablar, ularning xilma-xilligi natijasida ro‘y bergan ilmiy faollik ko‘rib chiqilgan. Mazkur davrda ilm-fan va adabiyot tili bo‘lgan arab tili bilan raqobatlasha boshlagan fors tili va madaniyatining keng tarqalishi bilan bog’liq muhim jihatlar tahlil qilingan. So‘ngra, ilmiy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan yana bir jihat, ya’ni tasavvufda muhim sanalgan maqbara va ziyoratgohlar bilan bog‘liq omma orasidagi rivoyatlar va qarashlar yoritilgan.
4-10642622-07-2026
