Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • O‘RTA ASR DINLAR TARIXIGA OID MANBALARDA YAHUDIYLIK OQIMLARI E’TIDOQLARINING AKS ETISHI

    Mumin Mirzo Murodjon ugli ABDUPATTAYEV, Bibigulnar Amalbaevna ERBOSYNOVA (Muallif)

    Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri boʼlgan Yahudiylik taxminan mil.avv. 2-ming yillikda Misrda paydo boʼlgan. Ushbu din taʼlimotiga koʼra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay togʼida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Yahudiylikning muqaddas kitobi Tavrotga ko‘ra, barcha insonlar bir ajdoddan tarqalgan bo‘lib, Nuh payg‘ambar o‘g‘illari davrigacha odamlar o‘rtasida irqiy kamsitish bo‘lmagan. An’anaviy yahudiy tushunchasiga ko‘ra, Nuh payg‘ambarning Xom, Som va Yofas ismli uchta o‘g‘li bor edi. Ularning har biri bir xalqning ajdodlariga aylandi. Xom xomiylar (qora tanlilar)ning ajdodi, Som somiylar (arab va yahudiylar)ning ajdodi, Yofas esa ajamlarning ajdodi edi. Ular orasida Som va uning nasl-nasabi boshqalardan ajralib turgan. Som avlodidan bo‘lgan Abar Ibrohim payg‘ambarning katta bobosi edi. Shuning uchun Ibrohim payg‘ambar ibroniy (ibri) ya’ni “Abar avlodi” deb atalgan va u gapiradigan til ibroniy (ivrit) deb nomlangan.


    Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va paygʼambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik oʼzaro birlashib ketgan boʼlib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas. Barcha dinlarda boʼlgani kabi yahudiylikda ham uzoq tarixiy taraqqiyot davomida ichki boʼlinishlar yuzaga kelgan.


    O‘rta asrlarda faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy kabi musulmon dinshunos olimlarining dinlar tarixiga oid asarlarida milliy din hisoblangan yahudiylik dini doirasida paydo bo‘lgan oqimlar e’tiqodlari ham zikr qilingan. Bunda olimlar “73 firqa hadisiga” tayanishgan. Oqimlar aqidasi esa ularning Tavrot va “xaloskor” (Messiah, Meyshah)ga bo‘lgan ishonchlari asosida yoritilgan.


    Ushbu maqolada o‘rta asr manbalari asosida yahudiylik oqimlari e’tiqodlarining o‘xshash va farqli jihatlari tahlil etilgan.

    78-85
    246
    23
    18-07-2026
  • MUSULMОN DINSHUNОSLIGIDА ISRОILIYОT QISSАLАRINING TАDQIQ ETILISHI

    Dilorom MUMINJONOVA (Muallif)

    Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, maʼrifiy tarixini o‘z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. Dinshunoslik fanining yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta  asr Sharqida ham alohida o‘rganilgan va bu fanning ilk asoschilari aynan Sharq zaminidan yetishib chiqqan. Sharq musulmon jamiyatida, dinlarni qiyosiy o‘rganishdagi omillardan biri, rost va yolg‘on xabar va rivoyatlarni ajratish hisoblangan. Bu borada ikki xil qarash mavjud bo‘lib, birinchi qarashga ko‘ra, islom dinini haq din ekanligini isbotlash bo‘lsa, keyingi qarashga ko‘ra, islom dini,xususan, Qur’on tafsirlari va hadislarga kirib kelgan isroiliyot rivoyatlarini tekshirish, ularning ishonchliligini aniqlash uchun yahudiylik va xristianlik manbalari o‘rganilgan. Shu sabablarga asoslangan holda, musulmonlar tomonidan yozilgan asarlarda isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.


     Ushbu maqolada Qur’on tafsirlari va hadislarni kengroq sharhlash maqsadida yahudiylik va nasroniylik manbalari asosidagi isroiliyot qissalarining kirib kelish sabablari o‘rganilgan. Isroiliyot qissalarining islom dini manblariga kirib kelishining asosiy sababi, Qur’onda zikr etilgan qissalarni kengroq o‘rganish va tahlil qilish hisoblangan. Sahobalar davrida isroiliyot rivoyatlari, Qur’onda keltirilgan qissalarni kengroq tushunish uchun Madinada istiqomat qiluvchi yahudiy va nasroniylardan yoki islom dinini qabul qilgan, dastlab e’tiqod qilgan dinlarining muqaddas manblaridan xabardor bo‘lgan musulmonlardan so‘rab o‘rganishlik natijasida kirib kelgan. Tobeinlar davriga kelib, ishonchsiz xabarlar va qissalardan foydalanish natijasida, keyinchalik barcha isroiliyot roviylari tomonidan rivoyat qilingan qissalardan foydalanilgan tafsirlar ishonchlilik darajasini yo‘qotgan. Ammo, bunga qaramasdan yahudiylik, xristianlik va islom dinlarning asosi va ildizlari bir bo‘lganligi sababli, ushbu dinlarning muqaddas manbalarini qiyosiy tahlil etishda isroiliyot qissalari muhim hisoblanadi.


    Musulmon olimlari tomonidan isroiliyot qissalari uch qisimga ajratilgan:



    1. Mavquf xabarlar. Ularning sahihligi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) hadislari orqali tasdiq etilgan bo‘lib, bunga misol sifatida Qur’ondagi Muso payg‘ambar bilan solih kishi qissasidagi shaxsning Xizr payg‘ambar ekanligi Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda keltirilgan.

    2. Sukut qilinadigan xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma'lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va ibrat uchun hikoya qilingan. Lekin ularning sahihligiga iymon keltirilmaydi, yolg‘onga ham chiqarilmaydi.

    3. Inkor etiladigan xabarlar. Bunday xabarlar islom dini aqidasiga zid kelganligi sababli bunday rivoyatlar tasdiq etilmaydi. Bunga misol sifatida, Iso payg‘ambarning xochga mixlangani haqidagi rivoyat.


    Maqolada, shuningdek, Qur’on tafsirlarida keng foydalanilgan, isroiliyot qissalari va ularni rivoyat qilgan roviylar haqida ma’lumot berilgan. Bir necha  isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.

    49-58
    274
    20
    16-09-2026
  • YAHUDIYLIK DINIY MANBALARI SHAKLLANISHI TARIXI: NEVIIM KITOBI

    Odiljon ERNAZAROV (Muallif)

    Yahudiylik diniy manbalarining aksariyat qismini jamlagan to‘plam TaNaX deb nomlanadi. TaNaX tarkibidagi birinchi qism Tavrotga 5 ta, ikkinchi qism Neviimga 8 ta va uchinchi qism Ketuviimga 11 ta kitob to‘g‘ri keladi. Yahudiylik e’tiqodiga ko‘ra, mazkur kitoblar payg‘ambarlarga vahiy qilingan yoki payg‘ambarlar vasiyati asosida shakllantirilganligi jihatidan “muqaddas” (kanonik) hisoblanadi.


    TaNaX tarkibidagi “Neviim” bo‘limi kitoblari yahudiylik tarixini payg‘ambarlar obrazida yoritib bergani uchun uni din tarafdorlari yuksak izzat-hurmat qilinadi. Neviim bo‘limi shartli ravishda ikki qismga taqsimlanadi: "Birinchi Payg'ambarlar” (Neviim Rishonim) va "Keyingi Payg'ambarlar” (Neviim Aharonim). Bu bo‘linish payg'ambarlar xronologiyasiga ko‘ra TaNaXda ularning nomlari paydo bo‘lish tartibini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Neviim tarkibidagi kitoblarda uchraydigan umumiy xususiyat, bu – ularning yozuv uslubidir. Yana bir umumiy xususiyat sifatida kitoblarning mazmunini ko‘rsatish mumkin. “Yunus” kitobidan tashqari, boshqa Neviim kitoblari, odatda, rivoyatlar, bashoratlar va payg'ambar haqidagi kichik ma'lumotlardan iborat. Neviim tarkibidagi matnlarni tanlashda asosiy mezon sifatida xalq  og‘zaki ijodida eng ko‘p qo‘llaniladigan rivoyatlar tanlab olingan. Neviim kitoblarini kanonlashtirish jarayonida “banu isroilliklardan Ruach ha-Kodeshning ko‘tarilishi bilan payg'ambarlikning tugaganligi” haqidagi rivoyat, kitoblarning mazmuni va ular yozilgan davr, turli adabiyotlarda ushbu kitoblarga havolalar keltirilishi kabi mezonlar hisobga olingan. Neviim bo‘limi o‘zining yakuniy shaklini olgan sana – “Doniyor kitobi”ning so‘nggi boblari tugallangan deb taxmin qilinadigan miloddan avvalgi II asrga to‘g'ri keladi. TaNaX turli bosqichlardan o‘tib hozirgi ko‘rinishiga yetib kelgan. Sahifalangan va jildlangan shaklda Neviim kichik o‘zgarishlarga duch kelgan. Ushbu jarayonda soferim (muqaddas kitob yozuvchilari) faoliyati katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu ta’sir bosmaxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan yo‘nalishini o‘zgartirdi. Neviimning bosmaxonada bosilgan dastlabki matnlari va bugungi kundagi variant o‘rtasida kitoblarning tartibi va nomlanishida muayyan farqlarni uchratish mumkin. Dastlabki ba’zi qo‘lyozmalarda Neviim bo‘limi kitoblari tartibi Talmudda keltirilgan ro‘yxatga mos kelsa, ba'zilarida Masoret (an'ana) matnlari bo‘yicha shakllantirilgan. Mikra (TaNaX) ilk marotaba 1488 yilda Italiyaning Sonchino shahrida, keyinroq 1493 yilda Breshiyada nashr qilinganda Masoret matnlari va Talmudda zikr qilinaganidan farqli tartibda bosib chiqarilgan. Keyinchalik, bu tartib asos sifatida qabul qilindi va bosmaxona tomonidan ommalashtirildi.


    Ushbu maqolada TaNaX tarkibidan joy olgan Neviim bo‘limining shakllanish tarixi, undagi kitoblarning tartiblash shartlari va kanonlashtirish mezonlari hamda bosmaxona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mazkur bo‘lim kitoblari bilan bog‘liq kechgan tarixiy jarayonlar tadqiq va tahlil etilgan.

    57-64
    277
    26
    17-07-2026
1 - 3 from 3

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling