DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2024/2/57-64Kalit so‘zlar:
TaNaX Qadimgi Ahd Tavrot Neviim Ketuviim Mikra Septuaginta Talmud “Buyuk majlis” Ruah ha-Kodesh Ben Sira soferim.Annotasiya
Yahudiylik diniy manbalarining aksariyat qismini jamlagan to‘plam TaNaX deb nomlanadi. TaNaX tarkibidagi birinchi qism Tavrotga 5 ta, ikkinchi qism Neviimga 8 ta va uchinchi qism Ketuviimga 11 ta kitob to‘g‘ri keladi. Yahudiylik e’tiqodiga ko‘ra, mazkur kitoblar payg‘ambarlarga vahiy qilingan yoki payg‘ambarlar vasiyati asosida shakllantirilganligi jihatidan “muqaddas” (kanonik) hisoblanadi.
TaNaX tarkibidagi “Neviim” bo‘limi kitoblari yahudiylik tarixini payg‘ambarlar obrazida yoritib bergani uchun uni din tarafdorlari yuksak izzat-hurmat qilinadi. Neviim bo‘limi shartli ravishda ikki qismga taqsimlanadi: "Birinchi Payg'ambarlar” (Neviim Rishonim) va "Keyingi Payg'ambarlar” (Neviim Aharonim). Bu bo‘linish payg'ambarlar xronologiyasiga ko‘ra TaNaXda ularning nomlari paydo bo‘lish tartibini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Neviim tarkibidagi kitoblarda uchraydigan umumiy xususiyat, bu – ularning yozuv uslubidir. Yana bir umumiy xususiyat sifatida kitoblarning mazmunini ko‘rsatish mumkin. “Yunus” kitobidan tashqari, boshqa Neviim kitoblari, odatda, rivoyatlar, bashoratlar va payg'ambar haqidagi kichik ma'lumotlardan iborat. Neviim tarkibidagi matnlarni tanlashda asosiy mezon sifatida xalq og‘zaki ijodida eng ko‘p qo‘llaniladigan rivoyatlar tanlab olingan. Neviim kitoblarini kanonlashtirish jarayonida “banu isroilliklardan Ruach ha-Kodeshning ko‘tarilishi bilan payg'ambarlikning tugaganligi” haqidagi rivoyat, kitoblarning mazmuni va ular yozilgan davr, turli adabiyotlarda ushbu kitoblarga havolalar keltirilishi kabi mezonlar hisobga olingan. Neviim bo‘limi o‘zining yakuniy shaklini olgan sana – “Doniyor kitobi”ning so‘nggi boblari tugallangan deb taxmin qilinadigan miloddan avvalgi II asrga to‘g'ri keladi. TaNaX turli bosqichlardan o‘tib hozirgi ko‘rinishiga yetib kelgan. Sahifalangan va jildlangan shaklda Neviim kichik o‘zgarishlarga duch kelgan. Ushbu jarayonda soferim (muqaddas kitob yozuvchilari) faoliyati katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu ta’sir bosmaxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan yo‘nalishini o‘zgartirdi. Neviimning bosmaxonada bosilgan dastlabki matnlari va bugungi kundagi variant o‘rtasida kitoblarning tartibi va nomlanishida muayyan farqlarni uchratish mumkin. Dastlabki ba’zi qo‘lyozmalarda Neviim bo‘limi kitoblari tartibi Talmudda keltirilgan ro‘yxatga mos kelsa, ba'zilarida Masoret (an'ana) matnlari bo‘yicha shakllantirilgan. Mikra (TaNaX) ilk marotaba 1488 yilda Italiyaning Sonchino shahrida, keyinroq 1493 yilda Breshiyada nashr qilinganda Masoret matnlari va Talmudda zikr qilinaganidan farqli tartibda bosib chiqarilgan. Keyinchalik, bu tartib asos sifatida qabul qilindi va bosmaxona tomonidan ommalashtirildi.
Ushbu maqolada TaNaX tarkibidan joy olgan Neviim bo‘limining shakllanish tarixi, undagi kitoblarning tartiblash shartlari va kanonlashtirish mezonlari hamda bosmaxona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mazkur bo‘lim kitoblari bilan bog‘liq kechgan tarixiy jarayonlar tadqiq va tahlil etilgan.
Yuklab olishlar
Bibliografik manbalar
1. Bandstra, B. L. (1995). Reading the Old Testament: an introduction to the Hebrew Bible. Wadsworth Publ.
2. Ben Zvi, E. (2006). De-historicizing and historicizing tendencies in the Twelve
3. Dempster, S. G. (2012). Canon, Canonization. Dictionary of the Old Testament Prophets.
4. Gerçekcioğlu, F. (2017). Samiriliğin Ortaya Çıkışı ve Kutsal Metinler Işığında Erken Dönem Samiri-Yahudi İlişkileri. Basılmamış Yüksek Lisans Tezi, Ankara Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, Ankara.
5. Good News Bible. – USA.: American Bible Society, 1992.
6. Leiman, S. Z. (1976). The Canonization of Hebrew Scripture: The Talmudic and Midrashic Evidence. Archon Books.
7. Prophetic Books: a case study of the heuristic value of a historically anchored systemic approach to the corpus of prophetic literature. Israel's prophets and Israel's past.
8. Rogerson, J. W., & Davies, P. (1989). The Old Testament World. CUP Archive.
9. Zeitlin, S. (1952). Is a Revival of a Sanhedrin in Israel Necessary for Modification of the Halaka? The Jewish Quarterly Review, 42(4).
10. Schart, A. (2012). Twelve, Book of the: History of Interpretation / Dictionary of the Old Testament Prophets, ed. Mark J. Boda ve J. Gordon McConville, Illinois: InterVarsity Press.
11. Van der Woude, A. (2005). Ancient Israelite and Early Jewish Literature. In Ancient Israelite and Early Jewish Literature. Brill.
12. Webber, A. (1998). A consideration of the dimensions of walls contained in Mishnah Bava Batra 1: 1. Journal for the Study of Judaism, 29(1).

