- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
TEMURIYLAR VA USMONIYLAR O‘RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR
Elyorbek TURDIMIRZAYEV (Muallif)Uch mi ng yillik o'zbek davlatchiligi tarixida Temuriylar sulolasi madaniy, iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan eng yuksak bosqichlardan biri sifatida boshqa sulolalardanfarqlanadi. Bu esa nafaqat ichki siyosat va madaniyat taraqqiyoti, balki tashqi siyosat borasida ham katta muvaffaqiyatlar bilan xarakterlanadi.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur (1336-1405) va uning vorisi Shohruh Mirzo (1377-1447) hukmronligi davrida Temuriylar sulolasi Usmoniylar sulolasi bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarda siyosiy va geosiyosiyjihatdan ancha ustun mavqeda bo 'lgan. Bu ustunlik ikki sulola о ‘rtasidagi strategik aloqalarda, harbiy-diplomatik munosabatlarda hamda mintaqaviy kuchlar muvozanatini shakllantirish jarayonida yaqqol namoyon bo ‘Igan.
Mazkur maqolada arab, fors, usmonli va ovropa manbalariga suyangan holda Temuriylar va Usmoniylar sulolalari о ‘rtasidagi diplomatik munosabatlar qayyo 'sinda olib borilganligi va qanday natijalar bo'lganligi tahlil qilingan.30-371912814-05-2026 -
TEMURIYLAR DAVLATI TASHQI SIYOSATI ARAB MANBALARIDA: TEMURIYLAR VA MAMLUKLAR
Elyorbek TURDIMIRZAYEV (Muallif)Temuriylar davri bilan bog‘liq manbalarning ko‘pi fors tilida bo‘lishi bilan birgalikda arab manbalarida ham bu davr bo‘yicha muhim ma’lumotlar mavjud. Xususan, temuriylar va mamluklar o‘rtasidagi munosabatlar ham keng va ancha batafsil yoritilgan. Bu ishimizda ko‘proq arab tarixchilarining asarlariga tayandik. Shaxsan Amir Temur bilan uchrashgan yoki u bilan bir davrda yashagan arab tarixchilarining asarlaridan foydalandik.
Ma’lumki, XIV asr oxiri XV asr boshida Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Yaqin Sharq va Onado‘lida to‘rtta buyuk davlat bor edi. Bulardan birinchisi Movarunnahr va Eronda hukmron temuriylar, ikkinchisi Dashti Qipchoqda Oltin O‘rda xonligi, uchinchisi Misr va Suriyada mamluklar davlati, to‘rtinchisi Onado‘lida usmoniylar davlatidir.
Bizning tadqiqot mavzuyimiz temuriylar va mamluklar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar bo‘lishiga qaramasdan har ikki davlatga qo‘shni bo‘lgan va bevosita ular bilan diplomatik aloqada bo‘lgan davlatlarning munosabatlarini ham o‘rganishdan iborat.
Ushbu maqolada Amir Temur o‘zi tug‘ilib o‘sgan mintaqada hokimiyatni qo‘lga olib, uni mustahkamlagandan so‘ng, butun e’tiborini mamluk davlati hukmronligi ostida bo‘lgan Sharqiy Onado‘li va Suriya mintaqasiga qaratishi sabablarini o‘rganilgan.
Maqolada bu ikki davlatning o‘zaro aloqalari qachon boshlanganligi, bu davlatlar orasidagi munosabatlarni taranglashtirgan omillar, bu ikki davlatning bir-biriga qarshi tuzgan ittiqfoqchiliklar, elchilik aloqalari, o‘zaro maktub almashinuvlari va ular o‘rtasida sodir bo‘lgan harbiy harakatlar ochib berilgan. Bundan tashqari, bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlari va o‘zaro ilmiy faoliyatlari qanday bo‘lganligi tadqiq etilgan.
12-201711918-07-2026 -
ISLOMDA GAROV MASALALARINING KLASSIK VA ZAMONAVIY TALQINI: «MAJALLA AL-AHKAM AL-ADLIYA» VA AAOIFI SHARIAT STANDARTLARI MISOLIDA
Ilhomjon BEKMIRZAYEV, Iroda NOROVA (Muallif)Mazkur maqolada islom huquqidagi garov (rahn) institutining klassik va zamonaviy talqinlari о ‘rtasida huquqiy-qiyosiy omillar tahlil qilingan. Tadqiqot obyekd sifatida XIX asrda Usmoniylar davlati tomonidan qabul qilingan ilk kodifikatsion hujjat - «Majalla al-ahkom al-adliya» kodeksidagi garovga old qoidalar hamda AA OIFI tomonidan ishlab chiqilgan 39-sonli «Garov (rahn) va uning zamonaviy amaliyotda qo 'llanilishi» nomli shariat standard tanlab olingan. Tadqiqot mazmunan ushbu hujjatlarning matnlariga tayanilgan holda, garov obyektining tabiati, egalik shakllari, tomonlar huquq va majburiyatlari, shartnomaning ijro etilishi kabi mezonlar asosida farqlarni aniqlashga qaratilgan. Tahlil natijalariga ко ‘ra, har ikki manba garov (rahn)ni ishonch asosidagi, shariatga muvofiq ta 'minot vositasi sifatida tan olgan bo ‘lsa-da, ularning yondashuvlarida zamon, huquqiy muhit va amaliy ehtiyojlar bilan bog ‘liq muhim tafovutlar mavjud.
Mazkur maqolada klassik fiqhiy merosning zamonaviy moliyaviy standartlar rivojiga asos bo ‘Igani yoritilib, Garov (rahn) institutining hozirgi islom moliyaviy amaliyotdagi ahamiyad ochib berilgan.4-94572517-05-2026
