- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MUSULMON MAMLAKATLARIDA AHOLINI DERADIKALIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN FATVOLARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLINI ILMIY-USLUBIY O‘RGANISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI
Bakhromjon MAMADIEV (Muallif)Maqolada musulmon mamlakatlarida aholini deradikalizatsiya qilishda qo‘llaniladigan fatvolarning tartibga soluvchi rolini ilmiy-uslubiy tadqiq qilish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot ob’ekti – Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni Podshohligi ulamolari tomonidan aholi ongini deradikalizatsiya qilishga qaratilgan fatvolar va predmeti – fatvolarni tartibga soluvchi roli va qo’llash jarayonlari.
Mavzuni o’rganish tarixiy, teologik, huquqiy, ijtimoiy-psixologik va siyosiy jihatlarni taqdim etadi va qo’yilgan vazifalarni hal qilish uchun bir qator ilmiy yondashuv va usullarni talab qiladi. Teologik va akademik yondashuvlarni qo’llashning ahamiyati asoslanadi.
Teologik yondashuvga ko’ra, ijtimoiy va boshqa barcha jarayonlar ilohiy nuqtai nazardan izohlanadi. Shuning uchun, asosan, jamiyatning real hayoti emas, balki diniy manbalarning tegishli normalari o‘rganiladi. Bu ilmiy yondashuv islom hukmlari va ularning asosiy tarkibiy qismlarini o‘rganishda qo‘l keladi. Tanlangan fatvoning har bir asosi – sura, Qur’on oyati, hadis yoki nufuzli ulamolarning xulosasi avvalo, diniy nuqtai nazardan tahlil va ko’rib chiqilishi kerak. Ammo, agar tadqiqot teologik jihat bilan bir qatorda tadqiqot ob’ekti va predmetining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa xususiyatlarini o’rganishni talab qiladigan radikallashuv muammosini nazarda tutsa, bu yondashuv amaliy xulosalar bermaydi. Shunday qilib, ilohiy yondashuv bilan bir qatorda akademik islomshunoslik yondashuvlarini ham qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Fatvolarning umumiy shakllari, turlari, munosabatlari, qoida va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ularning shakllanishi, qo‘llanilishi va samaradorligi bo‘yicha to‘plangan tajribalarni o‘rganuvchi qiyosiy metod ushbu tadqiqotning ilmiy-uslubiy asosining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usul fatvolarning oʻxshash shakllarini, shuningdek, oʻrganilayotgan har bir davlatning holati va sharoitiga qarab farqlarini ochib beradi.
Fatvolarni shakllantirish xususiyatlarini aniqlash uchun genetik usulni qo’llash kerak, ya’ni, ijtimoiy hodisalarni ularning rivojlanishini tahlil qilish asosida o‘rganish usuli. Ushbu ilmiy usulni qo’llashning ahamiyati birlamchi muammoni - ma’lum bir diniy masala bo’yicha paydo bo’lgan tushunmovchilik yoki nizoni aniqlash zaruratidadir.Fatvoning muhim tarkibiy qismi Qur’on me’yorlari, sunnat va nufuzli ulamolar xulosalariga tayanish bo’lib, chuqur tahlil qilish uchun rivoyat, mazmun tahlili usullarini, shuningdek, empirik yondashuvni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
46 - 5522306-07-2026 -
DINIY VAZIYATNI O‘RGANISH, TAHLIL ETISH VA BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Utkirbek HASANBOYEV (Muallif)Mazkur maqolada “diniy vaziyat” tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda diniy vaziyat tushunchasining zamonaviy dinshunoslik, sotsiologiya va siyosatshunoslikdagi talqinlari o‘rganilib, Pol Tilik, A.N. Leshinskiy, R.A. Lopatkin kabi olimlarning nazariy qarashlari asosida ushbu tushunchaning mohiyati yoritilgan. Muallif diniy vaziyatni muayyan hudud va davrda din bilan bog‘liq jarayonlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy munosabatlar barqarorligiga ta’siri bilan bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa sifatida tavsiflaydi.
Maqolada diniy vaziyatning obyekti, predmeti, subyektlari, ichki va tashqi omillari tizimli ravishda tahlil qilinib, davlat va din munosabatlari, konfessiyalararo aloqalar, diniy tashkilotlar faoliyati, ommaviy axborot vositalari va internet makonidagi diniy kontentlarning ta’siri yoritilgan.
Tadqiqot davomida diniy vaziyatni monitoring qilish, baholash va tahlil etishning milliy xavfsizlik hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Misr, Saudiya Arabistoni va Singapurdagi diniy-siyosiy jarayonlarni tadqiq etuvchi ilmiy markazlar faoliyati misol tariqasida keltirilgan. Shuningdek, diniy vaziyat barqarorligini ta’minlashning asosiy omillari sifatida dunyoviylik tamoyilini mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, diniy sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish, ma’rifiy islom g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda radikallashuv va ekstremizmning oldini olish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari diniy vaziyatni ilmiy asosda boshqarish jamiyatdagi bag‘rikenglik, fuqarolik birdamligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biri ekanini ko‘rsatadi.
23-2912624-07-2026
