DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2026/2/23-29Kalit so‘zlar:
Diniy vaziyat diniy omil din va davlat munosabatlari sekulyarizm vijdon erkinligi konfessiyalararo muloqot diniy barqarorlik radikallashuv deradikalizatsiya milliy xavfsizlik.Annotasiya
Mazkur maqolada “diniy vaziyat” tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda diniy vaziyat tushunchasining zamonaviy dinshunoslik, sotsiologiya va siyosatshunoslikdagi talqinlari o‘rganilib, Pol Tilik, A.N. Leshinskiy, R.A. Lopatkin kabi olimlarning nazariy qarashlari asosida ushbu tushunchaning mohiyati yoritilgan. Muallif diniy vaziyatni muayyan hudud va davrda din bilan bog‘liq jarayonlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy munosabatlar barqarorligiga ta’siri bilan bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa sifatida tavsiflaydi.
Maqolada diniy vaziyatning obyekti, predmeti, subyektlari, ichki va tashqi omillari tizimli ravishda tahlil qilinib, davlat va din munosabatlari, konfessiyalararo aloqalar, diniy tashkilotlar faoliyati, ommaviy axborot vositalari va internet makonidagi diniy kontentlarning ta’siri yoritilgan.
Tadqiqot davomida diniy vaziyatni monitoring qilish, baholash va tahlil etishning milliy xavfsizlik hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Misr, Saudiya Arabistoni va Singapurdagi diniy-siyosiy jarayonlarni tadqiq etuvchi ilmiy markazlar faoliyati misol tariqasida keltirilgan. Shuningdek, diniy vaziyat barqarorligini ta’minlashning asosiy omillari sifatida dunyoviylik tamoyilini mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, diniy sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish, ma’rifiy islom g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda radikallashuv va ekstremizmning oldini olish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari diniy vaziyatni ilmiy asosda boshqarish jamiyatdagi bag‘rikenglik, fuqarolik birdamligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biri ekanini ko‘rsatadi.
Yuklab olishlar
Bibliografik manbalar
1. Paul Tillich. The Religious Situation. P. 13-15. https://media.sabda.org/alkitab-2/Religion Online.org%20Books/Tillich%2C%20Paul%20%20The%20Religious%20Situation.pdf. Murojaat sanasi: 27.07.2025-y.
2. M.Ebertz. Relegionssoziologie, Uhr, in: Staatslexikon8 online, Version 08.06.2022, https://www.staatslexikon-online.de/Lexikon/Religionssoziologie. Murojaat sanasi: 25.07.2025-y.
3. Leщinskiy A. N. (2004) Veroispovednaya politika i religioznaya situatsiya v sovremennoy Rossii // Sotsialnaya politika i sotsiologiya. №2. – S.90/
4. Lopatkin R. A. Sotsiologicheskaya interpretatsiya ponyatiya “Religioznaya situatsiya”.https://studme.org/151963/sotsiologiya/metodologiya_izucheniya_religioznosti_religioznoy_situatsii. Murojaat sanasi: 24.07.2025-y.
5. Meщeryakova A. F. (2024) Obespecheniye religioznoy bezopasnosti v usloviyax ideologicheskogo plyuralizma i svetskogo gosudarstva // Elektronnыy nauchnыy jurnal “Nauka. Obщestvo. Gosudarstvo”. T. 12, № 3. S. 53–62.
6. Vыdrina G.A. Religioznaya situatsiya kak obyekt gosudarstvennogo regulirovaniya: Na materialax Xantы-Mansiyskogo avtonomnogo okruga. https://www.dissercat.com/content/religioznaya-situatsiya-kak-obekt-gosudarstvennogo-regulirovaniya-na-materialakh-khanty-mans . Murojaat sanasi 28.07.2025-y.
7. Ye.Elbakayan, V.Storchak. Issledovaniye sostoyaniya religioznosti i religioznoy situatsii. https://studme.org/151965/sotsiologiya/issledovanie_sostoyaniya_religioznosti_religioznoy_situatsii. Murojaat sanasi: 25.07.2025-y.
21. ansar-aktobe.kz.

